Djurabayeva Z. A. Ona tili


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/214
Sana05.01.2022
Hajmi1.49 Mb.
#225945
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   214
Bog'liq
66onatilipdf

2-topshiriq. Abdulla Qodiriyning quyidagi fikriga munosabat bildiring.  
 
O‘zbek tili kambag‘al emas, balki o‘zbek tilining kambag‘al deguvchilarning 
o‘zi kambag‘al. Ular o‘z nodonliklarini o‘zbek tiliga to‘nkamasinlar. 
Ona  tili  millat  dahosi,  milliy  ong  va  tafakkurning  betakror  timsoli,  xalq 
tarixining  yorqin  ko‘zgusi  sanaladi.  Shu bois,  ona  tilining  mavqei va  rivojlanishi 
har  vaqt  jamiyat  e’tiborida  turgan.  Tilda  millatning  maqsad-muddaolari,  orzu-
intilishlari,  butun  hayoti  aks  etadi.  Shu  ma’noda  80-yillarning  ikkinchi  yarmida 
Mustaqillik uchun kurashning o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berish to‘g‘risidagi 
talab bilan uyg‘un holda kechganiga ajablanmasak bo‘ladi. Ozodlik, hurlik o‘zbek 
tiliga juda katta imkoniyatlar eshigini ochib berdi. Mamlakatimiz, xalqimiz singari 
tilimiz  ham  dunyoga  yuz  ochdi.  Ilgarilari  rus  tili  bilangina  yaqin  munosabatlarda 
bo‘lgan  bo‘lsa,  bugungi  kunda  o‘zbek  tili  dunyodagi  barcha  tillar  bilan  teng 
munosabatga  kirishmoqda.  Shundoq  ham  go‘zal,  betakror,  ifoda  imkoniyatlari 
keng  o‘zbek  tili  yanada ko‘rkamlashib, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida faol 
ishlatila boshlandi.  
Ma’lumki,  XIX  asrning  ikkinchi  yarmidan  to  XX  asrning  90-yillargacha 
xalqimiz sobiq ittifoqqa qaram bo‘lgani sababli o‘zbek tiliga nisbatan bepisandlik 
bilan  qarab  kelindi,  uning  rivojlanishi  uchun  to‘sqinliklar  qilindi.  Bu  holat  uzoq 
davom etmadi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 
mislsiz  ma’naviy  jasorati,  sa’y-harakatlari  natijasida  1989-yilning  21-oktabr  kuni 
Mustaqillik  uchun  bo‘lgan  kurashning  ilk    g‘alabasi,  nishonasi  sifatida  “O‘zbek 
tiliga  Davlat  tili  maqomi  berish  to‘g‘risida”  Qonun  qabul  qilindi.  Shu  kundan 
e’tiboran ona tilimizning rivojlanish yo‘lidagi barcha sun’iy to‘siqlar olib tashlandi 
va u davlat tomonidan qonun himoyasiga ostiga olindi.   
1991-yili  O‘zbekiston  o‘z  mustaqilligini  qo‘lga  kiritgach,  siyosiy,  ijtimoiy, 
ma’naviy  va  ma’rifiy  hayotimizda  tub  o‘zgarishlar,  yangilanishlar  sodir  bo‘ldi. 
“Davlat tili to‘g‘risida” Qonunning ko‘pgina bandlarida nazarda tutilgan holatlarga 
erishildi.  Shunga  ko‘ra,  1995-yil    21-dekabr  kuni  O‘zbekicton  Respublikasi  Oliy 
Majlisining IV sessiyasida “Davlat tili to‘g‘risida” Qonunning yangi tahriri qabul 
qilindi.    
Qonunning  1-moddasidagi “O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili o‘zbek 
tilidir”  degan  yozuv  millatimizning  asriy  orzu-umidlarini,  kelajagimizni 
belgilovchi  bebaho  so‘zlardir.  Unda  birinchi  galda  o‘zbek  tilining  bugungi  jahon 
hamjamiyatidagi 
mavqei, 
 
davlatimizning, 
muhtaram 
Yurtboshimizning 
demokratiyaga  asoslangan  tinchliksevarlik,  insonparvarlik    va  bag‘rikenglik 
siyosati  o‘zining  yaqqol  ifodasini  topgan.    Qonunda  Respublikamizda  istiqomat 
qiluvchi boshqa xalqlar tillarining erkin faoliyat ko‘rsatishi, rivojlanishi uchun ham 
yetarlicha shart-sharoitlar  yaratib berish hisobga olingan. Bu holat 2-, 4-, 6-, 10-, 


14-moddalarda o‘z aksini topgan. Masalan, 2-moddadagi “O‘zbek tiliga Davlat tili 
maqomining berilishi Respublika hududida yashovchi millat va elatlarning o‘z ona 
tilini  qo‘llashdan  iborat  konsitutsiyaviy  huquqlariga  monelik  qilmaydi”,                         
6-moddadagi “O‘zbekiston Respublikasida yashovchi shaxslarga ta’lim olish tilini 
erkin tanlash huquqi beriladi,”–degan yozuvlar  buning yaqqol isbotidir.  
Tilimizga  Davlat  tili  maqomi  berilgandan  keyin  o‘tgan  qisqa  davr  juda  ko‘p 
ijobiy  o‘zgarishlar  sodir  bo‘ldi.  Jumladan,  o‘zbek  tilida  uzoq  yillar  mobaynida 
qo‘llanib  kelingan  ruscha-baynalmilal  so‘zlar  o‘zbekcha  muqobillariga 
almashtirildi. Adres – manzil, aktiv – faol, aktual – dolzarb, alternativ – muqobil, 
arxitektor – me’mor, byurokrat – rasmiyatchi, arenda – ijara, viza – ruxsatnoma, 
vitrina – ko‘rgazma, gruppa – guruh, doklad – ma’ruza, zakaz – buyurtma, injener 
– muhandis, akt – dalolatnoma, kandidat – nomzod, reforma – isloh, straxovaniye 
– sug‘urta, separatizm – ayirmachilik kabi ko‘rinishlar bunga misol bo‘la oladi.  
Nutqimizda  faol  ishlatilgan  ijtimoiy-siysiy  atamalar  o‘z  o‘rnini  ilgari  o‘zbek 
tilida faol qo‘llangan leksik birliklarga bo‘shatib berdi. Ministr – vazir, redaksiya – 
tahririyat, spravka – ma’lumotnoma, tekst – matn, terrutoriya – hudud, traditsiya – 
an’ana,  ensiklopediya  –  qomus,  tema  –  mavzu,  repressiya  –  qatag‘on,  dogma  – 
aqida,  dogatizm  –  aqidapaarstlik,  nektar  –  gulshira,  pechat  –  muhr,  sekretar  – 
kotib,  plan  –  reja,  titul  –  sarvaraq,  tiraj  -  nusxa  singari.  Eng  muhimi,  bu 
o‘zgarishlarning  sezilarli  qismi  tilimizning  ichki  imkoniyatlari  hisobiga  sodir 
bo‘ldi.    
Shu bilan birga o‘tish davrining belgisi sifatida ruscha-baynalmilal so‘zlarni 
o‘rinsiz  kalkalash    yoki  noto‘g‘ri  tarjima  qilish  kabi  holatlarni  ham  boshimizdan 
kechirganimizni  eslab  o‘tmoq  joiz.  Tilimizda  videoxona,  tijoratxona,  tayyora, 
tayyoragoh,  urchitmaxona,  nusxakash,  mashg‘ulotboshi,  oynaso‘z,  oliy  bilimgoh, 
bemorxona,  qog‘ozjild,  patta    kabi  sun’iy  atamlar  ham  qo‘llanib  ko‘rildi,  ammo 
vaqt  o‘tishi  bilan  ular  videosalon,  birja,  samolyot,  aeroport,inkubatoriy,natarius, 
trener, rukn, institut,   klinika, konvert   ko‘rinishidagi asl holatiga qaytarildi.    
Yuqorida  ta’kidlanganidek,  ona  tilimizga  Davlat  tili  maqomining  berilishi 
natijasida  o‘zbek  tili  dunyodagi  barcha  tillar  bilan  o‘zaro  aloqaga  kirishish 
imkoniyatiga  ega  bo‘ldi.  U  kundan-kunga  ko‘rkamlashib,  sayqal  topib,  boyib 
bormoqda.  
Qisqa  davr  ichida  tilimizga  kollej,  litsey,  test,  supermarket,  kompyuter, 
printer, birja, firma, ofis, reyting, paynet, biznes, dizayner, kredit, terminal, tender, 
sayt,  noutbuk,  flejka  kabi  so‘zlar  kirib  keldi.  Ishbilarmon,  tadbirkor,  vazirlik, 
hokim,  dastur,  rayosat,  milliy  g‘oya,  milliy  mafkura  singari  ichki  imkoniyatlar 
asosida  yasalgan  so‘zlar  paydo  bo‘ldi.  Kurash,  dakki,  yonbosh,  chala,  halol, 
g‘irrom  kabi  so‘zlarimiz  dunyo  tillariga  o‘zlashdi.  Ona  tilimiz  hamma  sohada 
bizga  beminnat  dastyor  vazifasina  bajarishga  kirishdi.  Bunga  til  taraqqiyotidagi 
ijobiy hol deb qarash lozim bo‘ladi.    
XXI  asr  taraqqiyoti,  O‘zbek  tiliga  Davlat  tili  maqomining  berilishi  ona 
tilimizning  barcha  sohalarda,  xususan,  uning  ilm-fan,  texnika  tili  sifatida  keng 
ko‘lamda qo‘llanilishi uchun katta taraqqiyot eshiklarini ochib berdi.   
Tilimiz  bugungi  kunda  to‘lishib,  sayqallashib,  tinimsiz  ravishda  boyib 
bormoqda. Bir tomondan  SMS, MMS, ZiyoNet  ta’lim  tarmog‘i,  interfaol  o‘yinlar, 
mobil telefon, veb-sayt, audio-videoyozuv,   kompyuterlashtirish, nanotexnologiya 
singari  so‘zlar  o‘zlashayotgan,  nutqda  qo‘nim  topib  borayotgan  bo‘lsa,  ikkinchi 


tomondan  homiylik,  vasiylik,  qo‘mita,  vazirlik,  hokimlik,  tabobat  kabi  minglab 
so‘zlarda ma’no kengayishi  jarayonlari kechmoqda.   
Kelajakda o‘zbek tilining mashinaviy tilini yaratish, uni kompyuter, internet 
tiliga aylantirish borasida keng ko‘lamda amaliy ishlar olib borilmoqda.  
Sayt, provayder, dasturchi, dasturlash, server, giperhavola, interfays, tarmoq, 
elektron  ta’lim,  elektron  resurs,  virtual  olam,  internet  magazin,  operator  kabi 
leksik birliklar  o‘zbek tili leksikasida sodir bo‘layotgan yangilanishlardan nishona 
berib turibdi.  
Yaqin kelajakda o‘zbek tili dunyo tillari orasida hamma sohada o‘z  o‘rni va 
mavqeiga ega bo‘ladi. 
  

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling