130-mashq. Matnni o‘qing, shevaga oid so‘zlarni topib, izohlang. O‘z
shevangizda ishlatiladigan so‘zlarga misollar ayting.
Bir kuni radioda tuyachilikni rivojlantirish, O‘zbekistonda tuya chorvasining
istiqboli haqida gap borardi. Ko‘rib turibsizki, bu mavzu nihoyatda shu kunimiz
uchun dolzarb masala. Quloq solib o‘tirsam, bir joyda “tuyaning ayroni” degan
so‘z ishlatib yuborildi. Shunaqa hafsalam pir bo‘ldiki, radioni shartta o‘chirdim.
Buni qarang-a, tuyaning “ayroni”mish. Tuyaning suti bo‘ladi, sutini achitib,
qimron (chubot) qilishadi. Chorva mollari mahsulotlariga xalqning o‘zi qo‘ygan
atamalari mavjud: sigirning sutidan qatiq, ayron, saryog‘, qaymoq, pishloq
qilinadi; biyaning sutidan qimiz; tuyaning sutidan qimron. Nahotki, o‘rtog‘imiz
shuni bilmasa! (Nosir Fozilov)
Do'stlaringiz bilan baham: |