Djurabayeva Z. A. Ona tili


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/214
Sana05.01.2022
Hajmi1.49 Mb.
#225945
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   214
Bog'liq
66onatilipdf

Tayanch  iboralar:    milliy  til,  adabiy  til,  til  rivojlanishi,  til  taraqqiyoti,  til 
me’yori, millat tili, til bo‘limlari.   
 
Topshiriq.  Murodjon  Mansurning  “Judolik  diyori”  romanidan  olingan 
quyidagi parchani o‘qing. Og‘zaki so‘zlashuv tiliga oid bo‘lgan o‘rinlarni toping, 
ularning adabiy tilda qanday ishlatilishini aniqlang.  
 
– Esonmisan, og‘aynichalish? – Toyir zakun boshini burib, kulib qo‘ydi. – Bu 
shunaqa  asov.  Akangni  ham  bir  marta  opqochgan,  ha.  Birovga  mindirmaydigan 
xilidan. 
O‘zinikiyam zo‘rdir? – dedim beixtiyor. 
  I-i, qayoqda? Yolg‘iz akangqarag‘ayda bor. Uyam  mana shu.  – Keyin otini 
ko‘chaning o‘rtasidan gijinglatib borarkan, og‘zini to‘ldirib kuldi:                      – 
Jonoraliyam o‘zim, chopariyam o‘zim.   
Lug‘at: jonoral – general 
 
O‘zbek  xalqi  4000  yillik  davlatchilik  tarixiga  ega.  Moziyning  olis  va 
mashaqqatli yo‘llarida dunyodagi boshqa xalqlar singari o‘zbek xalqi ham qabila, 
elat,  xalq,  millat  bosqichlarini  bosib  o‘tgan.  O‘zbek  ma’naviyatining  bebaho 
xazinasi,  xalq  tafakkuri  va  g‘ururining  betakror  timsoli  sifatida  ona  tilimiz  ham 
qabila,  elat, xalq va milliy adabiy til bosqichlarini bosib o‘tdi. 
Tariximizga  nazar  tashlaydigan  bo‘lsak,  o‘zbek  xalqining  etnik  jihatdan 
nihoyatda  rang-barang  bo‘lganligini  ko‘rishimiz  mumkin.  Hatto  buyuk  Amur 
Temur ham o‘zining qo‘l ostida 40 aymoqni birlashtirganini, barlos, qipchoq, tatar, 
jaloyir, kenagas, yuz, qirq, ming kabi urug‘larning hammasini teng ko‘rganini faxr 
bilan yozadi. 


Otashabon shoir Turdi Farog‘iy: “Tor ko‘ngullik beglar «man-man» demang, 
kenglik qiling, To‘qson ikki bovli o‘zbek yurtidir  tenglik qiling”, – deb yozganida, 
o‘zbek  xalqining  to‘qson  ikkita  urug‘-qabiladan  tashkil  topganiga  e’tibor  qilib, 
ularni yakdillikka, birlikka chaqirgan edi. 
Har bir millatning millat bo‘lib shakllanishi va taraqqiy etishi uchun hududiy, 
etnik,  urf-odatlar  birligidan  tashqari,  eng  muhim  jihat  –  til  birligi,  jipsligi  muhim 
ahamiyatga ega. Ma’lum bir millatni tashkil etgan insonlar hududiy jihatdan turli 
joylarda  yashashiga  qaramasdan  yagona  bir  shaklda  gaplashgan  taqdirdagina, 
ularda  jipslik,  birdamlik  paydo  bo‘ladi.  Masalan,  o‘g‘uz  shevalarida  faol 
qo‘llaniladigan  yumurtqa,  qarindja,  uchak,  arna,  chiqan    so‘zlari  adabiy  tilda 
tuxum,  chumoli,  tom,  ariq,  dugona    shaklida  ishlatiladi  va  bu  o‘zbek  tilida 
gaplashadigan  hamma  uchun  me’yor,  qolip  sanaladi.    Adabiy  tilning 
takomillashishida lisoniy (lingvistik) va nolisoniy (ekstralingvistik) omillar alahida 
ahamiyat kasb etadi. 
Tilning  fonetik,  leksik,  grammatik  qurilishi,  so‘z  yasalishi,  turli-tuman 
funksional-uslubiy  xususiyatlarga  ega  bo‘lishi,  til  birliklari  o‘rtasidagi  o‘zaro 
munosabatlar adabiy til taraqqiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.    
Shuningdek,  jamiyatdagi  ijtimoiy-siyosiy  o‘zgarishlar,  ishlab  chiqarishdagi 
tub  yangilanishlar,  ta’lim-tarbiya  sohasidagi  islohotlar  adabiy  tilga  ta’sir 
o‘tkazmasdan  qolmaydi,  albatta.  Masalan,  Mustaqillik  yillarida  ta’lim-tarbiya 
tizimida amalga oshirilgan olamshumul ishlar adabiy tilga o‘z izini qoldirdi. 
Grammatik  jihatdan  shakllangan,  ma’lum  bir  qoliplarga  solingan,  hamma 
bo‘ysunishi majbur bo‘lgan xalq tili shakliga adabiy til deyiladi.      
Adabiy til quyidagi belgilariga ko‘ra milliy tildan farqlanib turadi: 
1.  Adabiy  til  milliy  tilning  yuqori,  tartibga  solingan,  me’yorlashtirilgan  oliy 
shakli,  mukammal  ko‘rinishi    sanaladi.  U  milliy  til  ichida  yashaydi  va  undan 
muntazam oziqlanadi.   
2.  Adabiy  til  shu  til  sohiblarining  barchasi  uchun  umumiy  sanaladi.  Hamma 
unga  bo‘ysunishi  shart.  Milliy  til  shu  til  sohiblarining  barchasiga  birdek  tegishli, 
lekin undagi birliklardan foydalanish erkin amalga oshiriladi.  
3.  Adabiy  tilning  yozma  va  og‘zaki  shakli  mavjud.  Uning  yozma  shakli 
amalda  qo‘llanilayotgan  yozuv  tizimiga  bog‘liq  bo‘ladi.  Xalq  tili  o‘z 
taraqqiyotining eng yuqori cho‘qqisiga chiqqandagina milliy tilga aylanadi.   
4. Adabiy tilning iste’mol doirasiga chegara qo‘yilmaydi. Xuddi shuningdek, 
sheva  ko‘rinishlaridan  tashqari  milliy  til  elementlarining  faoliyat  doirasi  ham 
cheklanmaydi.   
5.  Adabiy  tilda  davlat  ishlari:  ta’lim-tarbiya,  ilm-fan,  matbuot,  ommaviy 
axborot  vositalari  (radio-televideniye),    ma’muriy-idoraviy  ish  yuritish  amalga 
oshiriladi.  Ushbu  idoralardagi  barcha  faoliyat  jarayondlari  milliy  til  negizida 
rivojlanadi.  Davlat  milliy  va  adabiy  tilni  teng  rivojlantirishdan  manfaatdor 
sanaladi.   
6. Adabiy tilda sheva va dialektga xos so‘zlar, jargon va argolar qo‘llanmaydi. 
Milliy til o‘zida sheva elemantlarini, argo va jargonlarni saqlab turadi.    
7.  Adabiy  tilning  rasmiy,  ilmiy,  badiiy,  publitsistik  va  so‘zlashuv  uslublari 
bo‘ladi. Adabiy tilni takomillashtirishda badiiy uslubning alohida o‘rni bor. Milliy 
tilda  dostonlar,  maqol  va  matallar,  ertaklar,  topishmoqlar  tildan-tilga  ko‘chib, 
sayqal topib boradi.   


Hozirgi  o‘zbek  adabiy  tili  o‘zbek  milliy  tilining  eng  oliy  shakli        sanaladi. 
Unga 
asrlar 
davomida 
xalqimiz 
tomonidan 
sayqal 
berib 
kelingan, 
me’yorlashtirilgan.  Adabiy  til  millatimiz  vakillarining  barchasi  uchun  umumiy 
bo‘lgan barqaror shakllarni o‘z ichiga oladi. Uning quyidagi bo‘limlari bor:   
1. Fonetika va fonologiya. Bu bo‘limda til va nutq tovushlari, ular o‘rtasidagi 
farqlar,  unli  va  undosh  tovushlar  tizimi,  segment  va  supersegment  birliklar  (nutq 
tovushi, bo‘g‘in, fonetik so‘z, takt, fraza, urg‘u, ohang, melodika, pauza)    til va 
nutqdagi o‘rni o‘rganiladi. 
2.  Grafika  va  orfografiya.  Bu  bo‘limda  hozirgi  o‘zbek  adabiy  tili  alifbosi, 
orfografiya va imlo tamoyillari haqida ma’lumotlar beriladi. 
3.  Orfoepiya.  Bu  bo‘limda  to‘g‘ri  talaffuz  qilishning  qonun-qoidalari 
o‘rganiladi.   
4.  Leksikologiya  va  frazeologiya.  Bu  bo‘limda  o‘zbek  tilining  lug‘at 
jamg‘armasi,  leksema  va  so‘z,  so‘z  ma’nosining  ko‘chish  yo‘llari,  lug‘aviy 
birliklarning  leksik-semantik  guruhlari,  so‘zlarning  shakl  va  ma’no  munosabatiga 
ko‘ra  turlari,  iste’mol  doirasiga  ko‘ra  tarmoqlanishi,  tarixiyligiga  ko‘ra  turlari, 
emotsional-uslubiy jihatdan bo‘linishi kabi masalalar haqida gap yuritiladi.   
5. Leksikografiya. Bu bo‘limda lug‘at va lug‘at turlari, lug‘atlarning tuzilishi, 
lug‘atlarning amaliy ahamiyati to‘g‘risida bah yuritiladi.  
6. Etimologiya. So‘zlarning kelib chiqish tarixini o‘rganadi.  
7.  Morfemika.  Bu  bo‘limda  so‘zlarning  ma’noli  qismlarga  ajratilishi,  asos 
qism  va  ko‘makchi  morfema,  ularning  grammatik  xususiyatlari  haqida  gap 
yuritiladi.  
8. So‘z yasalishi. Bu bo‘limda so‘z yasalishi va so‘z yasash usullari, diaxron 
va sinxron so‘z yasalishi o‘rgatiladi. 
9.  Morfologiya.  Bu bo‘limda  grammatik ma’no  va grammatik  shakllar,  so‘z 
turkumlari, ularning ma’no turlari  va o‘ziga xos morfologik belgilari haqida so‘z 
boradi. 
10.  Sintaksis.  Bu  bo‘limda  so‘z  birikmalari,  ularning  turlari,  gap  va  gap 
turlari, gaplarning semantik, funksional-uslubiy xususiyatlari o‘rganiladi.    
11.  Punktuatsiya.  Bu  bo‘limda  tinish  belgilari,  ularning  qo‘llanilishi  bilan 
bog‘liq masallar yoritiladi.  
Yuqoridagi  bo‘limlarning  barchasi  yaxlit  holda  adabiy  tilni  tashkil  etadi. 
Ularni bir-biridan ayricha olish va mustaqil qo‘llash sira mumkin emas.   
 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling