21-mashq. O‘zbek allomalarining hikmatli so‘zlarni o‘qing. Gaplardagi
so‘zlarning ishlatilishiga va grammatik jihatdan bog‘lanishiga diqqat qiling.
1. Til so‘zlovchi istagini tinglovchiga yetkazuvchi tarjimondir. (Abu
Rayhon Beruniy) 2. Kishiini til ulug‘lasa bo‘lur baxtiyor, Kishi tubanlashsa, boshi
yorilur, (Yusuf Xos Hojib) 3. Ma’dani inson gavhari so‘zdurur, Gulshani odam
samari so‘zdurur. (Alisher Navoiy) 4. Yaxshi so‘zga uchar qushlar el bo‘lur,
Yomon so‘zga pashsha kuchi fil bo‘lur. (Andalib) 5. O‘ylab so‘zlagan er so‘zi so‘z
ko‘rki bo‘lur, Ko‘p yanglishgan til kishiga dushman bo‘lur. (Ahmad Yuknakiy)
Do'stlaringiz bilan baham: |