74-mashq. Uyga vazifa. Matnni o‘qing, undagi g‘oya haqida
suhbatlashing. Birinchi gapdagi undoshlarga tavsif bering.
Aytishlaricha, Farobiy juda kambag‘al bo‘lib, hatto qog‘oz sotib olishga ham
ba’zan imkoniyati yo‘q ekan. O‘rmonga chiqqan kezlarida xayoliga kelgan
narsalarni daraxt yaproqlariga yozib qo‘yar ekan.
Farobiydan so‘rabdilar:
– Kim ko‘p narsa biladi? Sizmi yoki Aristotelmi?
– Agar men u yashagan davrda yashab, ijod etganimda, u bilan uchrashgan va
uning qo‘lida o‘qiganimda edi, men uning eng yaxshi shogirdi bo‘lishim mumkin
edi, –deb javob bergan ekan olim.
Do'stlaringiz bilan baham: |