Djurabayeva Z. A. Ona tili


-§. NUTQNING ASOSIY FONETIK BIRLIKLARI


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/214
Sana05.01.2022
Hajmi1.49 Mb.
#225945
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   214
Bog'liq
66onatilipdf

16-§. NUTQNING ASOSIY FONETIK BIRLIKLARI 
 
Reja: 
1. Til va nutq tushunchalari, ular o‘rtasidagi farqlar. 
2. Nutqning asosiy fonetik birliklari. Segment bo‘laklar.  
3. Tovush, bo‘g‘in, so‘z, takt, fraza haqida ma’lumot. 
 
Tayanch  iboralar:    til,  nutq,  uyadoshlik  munosabati,  fonetik  tuzilish, 
segmentatsiya, segment, tovush, fonetik so‘z, bo‘g‘in, ochiq bo‘g‘in, yopiq bo‘g‘in, 
takt, prokliza, proklitika, enkliza, enklitika, takt, jumla, gap.  
 
Topshiriq.  Gapni o‘qib, uni fonetik jihatdan bo‘laklarga ajrating.  
 
Har  bir  kishi  kasb-korini  mukammal  bilmog‘i,  go‘zal  tarbiya  olmog‘i  va 
yaxshi xulq-odob, fazilatlarga ega bo‘lmog‘i kerak. (Abu Nasr Farobiy) 
 
Biz  yuqorida  til  va  nutq  hodisalarini  bir-biridan  farqlagan  edik.  Til  ijtimoiy 
hodisa sifatida nutq orqali yuzaga chiqishini ta’kidlagandik. 
Nutq alohida-alohida tovushlardan tashkil topmagan. Nutq tovushlari bir-biri 
bilan  aloqaga  kirishar  ekan,  ularda  sintagmatik  va  paradigmatik  aloqalar  mavjud 
bo‘ladi.  Nutq  tovushlarining  ketma-ketlik  asosida  birlashuviga  sintagmatik 
munosabat deyiladi. Uyadoshlik (paradigmatik) munosabat esa nutq tovushlarning 
umumiy  xususiyatlariga  ko‘ra  bir  yerga  to‘planishiga,  muayyan  semantik  uyani 
tashkil qilishiga asoslanadi. 
Mana shu ikki munosabat negizida nutqning fonetik tuzilishi yotadi. 
Nutqda  ketma-ket  kelgan  tovushlarning  yig‘indisi  yoki  zanjirsimon 
ulanishidan  iborat  bo‘lib,  ma’lum  bir  fonetik  birliklardan  tashkil  topadi.  Bu 


bo‘linishga  fonetik  bo‘linish  deyiladi.  Tilshunoslikda  bu  hodisa  segmentatsiya 
(lotincha: segmentus – bo‘lak degani) deb ham  yuritiladi. Har bir bo‘lak segment 
hisoblanadi. 
Nutq  quyidagi  5  ta  segmentga  bo‘linadi.  1.  Tovush.  2.  Bo‘g‘in.  3.  So‘z.                
4. Takt. 5. Fraza (jumla) 
Nutqning  boshqa  bo‘laklarga  bo‘linmaydigan  eng  kichik  birligiga  nutq 
tovushi deyiladi. Masalan: k, u, ch, b, i, l, i, m, v, a, t, a, f, a, k, k, u, r, d, a kabi. Bu 
birliklarning  har  biri  nutq  tovushi    sanaladi  va  boshqa  bo‘laklarga  bo‘linmaydi, 
balki  nutqning  keyingi  bo‘lagini  hosil  qilish  uchun  muhim  material  vazifasini 
o‘taydi.  Tovushlarning  artikulyatsiyasi  uch  bosqichdan  iborat  bo‘ladi:                                 
a) ekskursiya – boshlanish nuqtasi; b) o‘rta faza; v) rekursiya –  tugash nuqtasi. 
Nutq tovushlaridan bo‘g‘inlar tashkil topadi. Bir havo zarbi bilan aytiladigan 
nutq tovushi yoki nutq tovushlari  yig‘indisiga bo‘g‘in deyiladi. Yuqoridagi nutq 
tovushlari  kuch, bi, lim, va,  ta, fak, kur, da  bo‘g‘inlarini tashkil etadi. 
Bo‘g‘inlar  kuch,  bilim,  va,  tafakkurda    kabi  so‘zlarni  hosil  qiladi.  Nutq 
tovushi va ma’noning organik birligiga so‘z deyiladi.  
So‘zlarning  bir  urg‘u  yordamida  nutqiy  bo‘laklar  tashkil  qilishiga  takt 
deyiladi.  Jannatmakon  O‘zbekiston,  ko‘hna  tarix,  qimmatbaho  kitob  singari 
so‘zning  oldidan  kelib  ulanish  sodir  bo‘lsa,  bunga  prokliza,  ulangan  so‘zga 
proklitika deyiladi. 
Mustaqillik  shukuhi,  Vatan  sarhadlari,  mardlar  jasorati  ko‘rinishidagi 
orqadan kelib ulanishga enkliza, ulanayotgan so‘zga esa enklitika deyiladi. 
O‘zbek tilida proklitika va enklitika hodisasi juda ko‘p kuzatiladi.  
Har  ikki  tomonidan  chuqur  pauza  bilan  ajratiladigan  fonetik  birlikka  fraza 
(jumla)  deyiladi.  Masalan:  Kuch  bilim  va  tafakkurda.  Fraza  gapga  to‘g‘ri 
kelmaydi. Gap – sintaktik birlik, fraza – fonetik birlik. 
Demak,  nutqning  fonetik  bo‘linishi  o‘ziga  xos  qonuniyatlari  asosida  ro‘y 
beradi. Uning bir tomoni talaffuzga borib taqaladi. 
Nutqda  bo‘g‘in  o‘ziga  xos  o‘ringa  ega.  Bir  havo  zarbi  bilan  aytilgan    nutq 
tovush  yoki  nutq  tovushlari  yig‘indisiga  bo‘g‘in  deyiladi.  Bo‘g‘inning  amaliy 
ahamiyati  keng.  So‘zlarni  o‘rganishda,  ularning  imlosida,  she’r  tuzilishida 
bo‘g‘indan unumli foydalaniladi. Har bir tilda bo‘g‘in o‘ziga xos tuzilishga ega. 
O‘zbek  tilidagi  bo‘g‘inlar  unlilar  yordamida  hosil  qilinadi.      Unlilarni 
vokalizm  atamasiga  nisbat  berilib  V,  undoshlarni  esa  konsonantizmga  asoslanib            
C  harflari  bilan  belgilanishi  odat  tusiga  kirgan.  Tilimizda  bo‘g‘inning  quyidagi 
ko‘rinishlari ko‘p uchraydi: 
1.  Bir  unlidan  iborat  bo‘lgan  bo‘g‘inlar:  u-ka,  i-lon,  a-sal.  (VCV,  VCVC, 
VCVC) 
2. Bir unli va bir undoshdan tashkil topgan bo‘g‘inlar: un, ol, oq.  (VC) 
3. Bir unli va ikki undoshdan iborat bo‘lgan bo‘g‘inlar: ahd, ost, ilm. (VCC) 
4.  Bir  unli  va  uch  undoshdan  iborat  bo‘lgan  bo‘g‘inlar:  past,  dard,  baxsh
(CVCC) 
Ko‘rinib  turibdiki,  o‘zbek  tili  uchun  bir  bo‘g‘inli  so‘zlar  xos  sanaladi. 
Undoshlarning  yonma-yon  kelishi  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  so‘zlarning  aksariyati 
tilimizga boshqa tillardan o‘zlashgan. 
Bo‘g‘in unliga tugasa, ochiq bo‘g‘in sanaladi: bo-la, ta-ma-ki, da-la kabi. 


Bo‘g‘in  oxirida  undosh  kelsa,  u  yopiq  bo‘g‘in  hisoblanadi:  tut-zor,  ol-moq, 
tor-tib. 
 
62-mashq. Abdurauf Fitratning  quyidagi  fikrini  daftaringizga  ko‘chirib  oling 
va    har  doim  unga  amal  qilishga  odatlaning.  Birinchi  gapdagi  fonetik  birliklarni 
aniqlang. 
 
Bu  dunyo  kurash  maydonidir.  Bu  maydonning  quroli  sog‘lom  jismu  tan, 
o‘tkir aql va yaxshi axloqdir.   
 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling