Djurabayeva Z. A. Ona tili
-§. URG‘U VA UNING TURLARI
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
66onatilipdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- Topshiriq.
17-§. URG‘U VA UNING TURLARI
Reja: 1. Urg‘u va uning turlari haqida ma’lumot. 2. So‘z urg‘usi va uning turlari. 3. Ma’no urg‘usi haqida ma’lumot. Tayanch iboralar: bo‘g‘in, urg‘u, so‘z urg‘usi, urg‘uli bo‘g‘in, urg‘usiz bo‘g‘in, erkin urg‘u, turg‘un urg‘u, ko‘chib yuruvchi urg‘u, kvantativ urg‘u, musiqiy urg‘u, fraza urg‘usi. Topshiriq. Gapni o‘qing, so‘zlardagi urg‘u tushayotgan bo‘g‘inlarni belgilang. Dunyodagi eng ulug‘ martaba, eng ulug‘ sharaf Vatan ozodligi uchun xizmat qilishdir. (Abdulla Oripov) Nutqda bo‘g‘inlarning barchasi bir xil temp bilan aytilganda edi, bunday nutq zerikarli va amaliy jihatdan yaroqsiz sanalib qolgan bo‘lardi. Shu bois, nutqiy qulayliklar, ohangdagi o‘ziga xos jozibadorliklar, cho‘ziqlik va qisqaliklarni, ovoznigorlikni yuzaga keltirish uchun urg‘udan foydalaniladi. Gap ichidagi ma’lum bir so‘z yoki so‘zdagi bo‘g‘inlardan birining boshqalariga nisbatan kuchliroq aytilishiga urg‘u deyiladi. Birinchi galda so‘z urg‘usi va ma’no urg‘usi bir-biridan farqlanadi. Ma’no urg‘usi gapdagi ma’lum bir so‘zga tushadi. Masalan: Yoshlar Vatanning qanotlaridir. Gap va jumladagi so‘z bo‘g‘inlaridan birining ajratib aytilishiga fraza urg‘usi deb ataladi. So‘z urg‘usi bo‘g‘inlardan biriga tushadi. Urg‘u so‘zda doimiy o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. Masalan, o‘zbek, fransuz tillarida urg‘u hamisha so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga tushadi. Chex, venger tillarida birinchi bo‘g‘inga, rus, ingliz tillarida esa har xil bo‘g‘inlarga urg‘u tushishi kuzatiladi. Shunga ko‘ra urg‘ular turg‘un va erkin urg‘ularga bo‘linadi. O‘zbek tilidagi urg‘u turg‘un sanaladi. U doimo so‘zning oxiriga tushadi. Qo‘shimchalar qo‘shilishi bilan u ko‘chib yuradi. Masalan, bolá, bolalár, bolalargá. Talaffuzdagi asosiy og‘irlik talaffuz kuchi yoki intensivlik zimmasiga tushsa, bunday urg‘ularga dinamik (ekspirator) urg‘u deyiladi. Asosiy tonning ko‘tarilib tushishiga asoslangan urg‘ular muzikal urg‘u sanaladi. Ularga melodik urg‘u ham deyiladi. Urg‘u tushgan bo‘g‘inda cho‘ziqlik yuzaga kelsa, kvantativ (miqdoriy yoki cho‘ziqlik) urg‘u yuzaga keladi. So‘z urg‘usi ma’noni farqlash uchun ham ishlatiladi. Bunda urg‘u birinchi va ikkinchi bo‘g‘inga tushganda so‘z ma’nolari o‘zgarishi kuzatiladi. ko‘zlár (ko‘plik) – kó‘o‘zlar (sifatdosh) bog‘lár (ko‘plik) – bóg‘lar (sifatdosh) hozúr (sifat) – hózir (ravish) yangú (sifat) – yángi (ravish) etúk (ot) – étik (etikaga oid, sifat) ákademik (ot) – akadémik (sifat) O‘zbek tilida urg‘u olmaydigan qo‘shimchalar ham bor. Shaxs-son qo‘shimchalari, dona va chama son yasovchi -ta, -tacha qo‘shimchalari, ravish yasovchi -cha, -dek, -day qo‘shimchalari, bo‘lishsizlik shaklini hosil qiluvchi -ma qo‘shimchasi, -u, -yu, -ku, -mi, -chi, oq, -yoq, -da, - gina, -kina, -qina kabi yuklamar urg‘u olmaydi. Umuman olganda, urg‘uning nutqni ravon va tushunarli tarzda suhbatdoshga yetkazishda ahamiyati beqiyosdir. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling