3. Morfemalar qanday turlarga bo‘linadi?
4. Yetakchi morfema deb qanday morfemalarga aytiladi?
5. Ko‘makchi morfemalarga ta’rif bering.
170-mashq. Uyga vazifa. O‘zbekistonga mehmon bo‘lib kelgan Buyuk
Britaniya davlatining fuqarosi Richard Xarvining quyidagi fikrlarini o‘qing,
yurtimizning tarovati, beqiyos go‘zalliklari haqida fikrlashing. Ajratib
ko‘rsatilgan so‘zlarni tarkibiga ko‘ra tahlil qiling.
Kasbim taqozosiga ko‘ra, juda ko‘p mamlakatlarda bo‘lganman, manaman
degan shaharlarni tomosha qilganman. Ularning har biri o‘ziga xos va maftunkor.
Ammo, O‘zbekistonning jozibasi, yurtingiz aholisining bir-biriga munosabati
boshqacha ekan.
Qayerda, tinchlik-osoyishtalik hukmron, odamlar esa hayotdan mamnun va
rozi bo‘lsa, o‘sha yerda rivojlanishga, har tomonlama taraqqiyotga erishiladi. Shu
ma’noda O‘zbekistondagi osuda hayot, qo‘lga kiritilayotgan yuksak marralarga har
qancha havas qilsa arziydi.
Do'stlaringiz bilan baham: