Djurabayeva Z. A. Ona tili
-§. ARTIKULYATSIY. ARTIKULYATSIYA O‘RNI VA
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
66onatilipdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
13-§. ARTIKULYATSIY. ARTIKULYATSIYA O‘RNI VA ARTIKULYATSIYA USULI. FONETIK AKUSTIKA Reja: 1. Artikulyatsiya haqida ma’lumot. 2. Artikulyatsiya o‘rni. 2. Artikulyatsiya usuli. Fonetik akustika. Tayanch iboralar: artikulyatsiya o‘rni, artikulyatsiya usuli, akustika, nutq apparati, nutq a’zolari, fonema, fonetik akustika. Topshiriq. Gapni o‘qing, h, q, i, n, l, m, d, b, z, s, tovushlarining talaffuziga e’tibor bering. Ularning o‘rtasidagi farqlarni toping. Haqiqiy inson hamisha ilm va hunar olishga intiladi. Ilm bir daraxt bo‘lsa, odob uning mevasidir. Odobsiz olim mevasiz daraxtdir. (Muhammad Zehniy) Tovushlarning balandligi tebranishning bir sekund ichidagi miqdori bilan belgilanadi. Shu vaqt ichida tebranish miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, tovush ham shu qadar baland bo‘ladi. Tebranish ko‘lami qancha katta bo‘lsa, tovush ham shunchalik kuchli chiqadi. Tebranishning oz yoki ko‘p davom etishi natijasida tovushlarning cho‘ziqligi aniqlanadi. Tovush tembri tovushlarning sifat belgisi sanaladi. O‘pkadan chiqayotgan havo asosiy tonlardan iborat bo‘lsa, sodda tebranish, unga qo‘shimcha ton qo‘shilsa, murakaab tebranish sodir bo‘ladi. Murakkab tebranishda bo‘g‘iz, og‘iz va burun bo‘shlig‘i alohida o‘rin tutadi va rezanator vazifasini o‘taydi. Masalan l, r, n, ng, m kabi undashlar hosil qilinganda, o‘pkadan chiqayotgan havo oqimi turlicha yo‘nalishlar oladi. Bu yo‘nalishlarda nutq a’zolarining holati muhim ahamiyat kasb etadi. L va r tovushlarining talaffuzida tilning uch qismi yuqori tanglayga yopishadi, l talaffuz etilganda til uchi tanglayga tekizilada, havo oqimi tilning ikki tomonidan chiqib ketadi; r talafuz etilganda esa tilning uch qismi titraydi va titroq tovush yuzaga keladi. Anglashiladiki, tovushlarni talaffuz qilganda nutq a’zolarining holati turlicha bo‘ladi va muayyan tovush talaffuz etilayotganda, nutq apparati o‘ziga xos pozitsiyada turadi. Shunga ko‘ra tovush (fonema) ning uch tomoni ajratiladi. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling