Djurabayeva Z. A. Ona tili


-§. ARTIKULYATSIY. ARTIKULYATSIYA O‘RNI VA


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/214
Sana05.01.2022
Hajmi1.49 Mb.
#225945
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   214
Bog'liq
66onatilipdf

 
13-§. ARTIKULYATSIY. ARTIKULYATSIYA O‘RNI VA 
ARTIKULYATSIYA USULI. FONETIK AKUSTIKA 
 
Reja: 
1. Artikulyatsiya haqida ma’lumot. 
2. Artikulyatsiya o‘rni. 
2. Artikulyatsiya usuli. Fonetik akustika. 
 
Tayanch  iboralar:    artikulyatsiya  o‘rni,  artikulyatsiya  usuli,  akustika,  nutq 
apparati, nutq a’zolari, fonema, fonetik akustika.  
 
Topshiriq.  Gapni o‘qing, h, q, i, n, l, m, d, b, z, s, tovushlarining talaffuziga 
e’tibor bering. Ularning o‘rtasidagi farqlarni toping. 
 
Haqiqiy  inson  hamisha  ilm  va  hunar  olishga  intiladi.  Ilm  bir  daraxt  bo‘lsa, 
odob uning mevasidir. Odobsiz olim mevasiz daraxtdir. (Muhammad Zehniy)  
 
Tovushlarning  balandligi  tebranishning  bir  sekund  ichidagi  miqdori  bilan 
belgilanadi. Shu vaqt ichida tebranish miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, tovush ham shu 
qadar  baland  bo‘ladi.  Tebranish  ko‘lami  qancha  katta  bo‘lsa,  tovush  ham 
shunchalik kuchli chiqadi. 
Tebranishning oz yoki ko‘p davom etishi natijasida tovushlarning cho‘ziqligi 
aniqlanadi. 
Tovush  tembri  tovushlarning  sifat  belgisi  sanaladi.  O‘pkadan  chiqayotgan 
havo  asosiy  tonlardan  iborat  bo‘lsa,  sodda  tebranish,  unga  qo‘shimcha  ton 
qo‘shilsa,  murakaab tebranish sodir bo‘ladi.  Murakkab  tebranishda bo‘g‘iz,  og‘iz 
va burun bo‘shlig‘i alohida o‘rin tutadi va rezanator vazifasini o‘taydi.  
Masalan l, r, n, ng, m kabi undashlar hosil qilinganda, o‘pkadan chiqayotgan 
havo oqimi turlicha yo‘nalishlar oladi. Bu yo‘nalishlarda nutq a’zolarining holati 
muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  L  va  r  tovushlarining  talaffuzida  tilning  uch  qismi 
yuqori tanglayga yopishadi, l talaffuz etilganda til uchi tanglayga tekizilada, havo 
oqimi  tilning  ikki  tomonidan  chiqib  ketadi;    r  talafuz  etilganda  esa  tilning  uch 
qismi titraydi va titroq tovush yuzaga keladi.      
Anglashiladiki, tovushlarni talaffuz qilganda nutq a’zolarining holati turlicha 
bo‘ladi  va  muayyan  tovush  talaffuz  etilayotganda,  nutq  apparati  o‘ziga  xos 
pozitsiyada turadi. Shunga ko‘ra tovush (fonema) ning uch tomoni ajratiladi. 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling