58-mashq. Xoja Samandar Termiziy ijodidan olingan baytga e’tibor
qiling. Siz ham o‘z fikringizni o‘ylab gapirasizmi? R, n, m, l, y, b, o‘, u
tovushlarini hosil qilishda faol ishtirok etayotgan nutq a’zolarini aniqlang.
Har so‘zki yaxshilab o‘ylangan emas,
Aytishu yozishga aslo yaramas.
59-mashq. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da dono, nodon, oqil, johil
so‘zlariga va ularning ishlatilish o‘rinlariga diqqat qiling.
DONO [forscha biluvchi, bilimdon, donishmand] 1 ot Aql-zakovatli,
donishmand, oqil. Dono qiz. Aytguvchi ahmoq bo‘lsa, tinglovchi dono bo‘lmog‘i
kerak. Maqol.
2 sifat Aql-zakovat bilan aytilgan, qilingan; aql-zakovatdan dalolat beradigan;
oqilona. Dono maslahat.
NODON [forscha bilmaydigan, xabarsiz; johil, ilmsiz; kaltafahm, befarosat]
1 Ilm-ma’rifatdan xabari yo‘q, ongi, tushunchasi past; o‘qimagan, bilimsiz; qoloq.
Nodon odam.
2 Fahm-farosati kam; tushunmaydigan, tentak.
OQIL [arabcha aqllli, farosatli, es-hushli; bama’ni] 1 O‘tkir aqli sohibi; aqlli,
dono. Oqil odam.
2 Aql bilan aytilgan, qilingan; bama’ni.
JOHIL [arabcha nodon, o‘qimagan, bilimsiz] jaholatdan qolgan, ilm-
ma’rifatdan mahrum; qoloq, madaniyatsiz, nodon. Jahl – johilning quroli. Maqol.
Do'stlaringiz bilan baham: |