Djurabayeva Z. A. Ona tili
-§. NUTQ A’ZOLARI VA ULARNING VAZIFALARI. NUTQ
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
66onatilipdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
12-§. NUTQ A’ZOLARI VA ULARNING VAZIFALARI. NUTQ APPARATI Reja: 1. Nutq apparati haqida ma’lumot. 2. Faol nutq a’zolari va ularning vazifalari. 2. Passiv nutq a’zolari. Tayanch iboralar: nutq apparati, faol nutq a’zolari, passiv nutq a’zolari, til, nafas apparati, bo‘g‘iz bo‘shlig‘i, kichik til (lak-luk), lablar, milk, tishlar, tanglay, o‘pka, un paychalari, qalqonsimon, piramidasimon bezlar. Topshiriq. Nizomiy Ganjaviyning quyidagi baytini yodlang, undagi g‘oya haqida gapiring. Birinchi so‘zdagi tovushlarni hosil qilishda qaysi nutq a’zolari ishtirok etayotganini aniqlang. Hunar o‘rgan, chunki hunarda ko‘p sir, Yopiq eshiklarni ochar birma-bir. Inson o‘n sakkiz ming olamning sarvari, Yaratganning suyukli bandasi sanaladi. Unga boshqa bironta ham tirik jonzotga ato etilmagan buyuk ilohiy ne’mat – til berib qo‘yilgan. Til asrlar osha avlodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan noyob ijtimoiy hodisa sanaladi. Uning asosiy materiali esa tovush sanaladi. Nutq tovushlari esa nutq apparati yordamida hosil qilinadi. Nutq apparati barcha jonzotlarda bor. Masalan, qushlar, parranda va darrandalar, uy va yovvoyi hayvonlarning fiziologik tuzilishi insonlarnikiga o‘xshab ketadi. Ayiqda, bo‘rida, maymunda, g‘ozda, bulbulda va hokazo qushlar hamda hayvonlarda nutq apparati mavjud. Ayiqlar o‘kirishi, bo‘rilar uvullashi, qushlar sayrashi mumkin. Amaliyotda to‘tilar, maynalarning insonlarniki kabi tovushlar chiqarishiga duch kelingan. Biroq, ularning tovushi ijtimoiy qiymat kasb etmaydi. Eng ko‘p so‘z biladigan to‘tilar ham insonlar kabi muloqot qilish qobiliyatiga ega emas. Jonzotlar ichidan yolg‘iz insonlargina ongli ravishda tovush chiqarish va bu tovushlari orqali ma’no anglata olish fazilatiga ega. Bu tovushlar nutq apparati yordamida turfa ohanglarda, usullarda hosil qilinadi. Insonning tana a’zolari ko‘p: qo‘l, oyoq, yurak, miya, yelka, peshona, soch kabi. Ularning birontasi ham nutq tovushlarini hosil qilishda qatnashmaydi. Nutq tovushlarini hosil qilishda qatnashadigan maxsus nutq a’zolari mavjud. Til, og‘iz bo‘shlig‘i, o‘pka, kichik til, tish, lab singari. Nutq tovushlarini hosil qilish uchun qatnashadigan bu kabi nutq organlarining yig‘indisiga nutq apparati deyiladi. Nutq apparati to‘rt qismdan iborat Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling