Djurabayeva Z. A. Ona tili
-§. FONEMA. HOZIRGI ONA TILINING FONEMALARI
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
66onatilipdf
11-§. FONEMA. HOZIRGI ONA TILINING FONEMALARI
Reja: 1. Fonema haqida ma’lumot. 2. Fonologiya haqida ma’lumot. 2. Fonemaning turlari. Unli va undosh fonemalar. Tayanch iboralar: fonema, tovush, fonologiya, unli fonema, undosh fonema, ma’no. Topshiriq. Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniyning o‘gitlarini o‘qing, ularda ilgari surilgan g‘oya haqida bahslashing. So‘zlar tarkibida kelayotgan fonemalarga diqqat qiling. Yaxshi nomga ega bo‘lay desang, nom chiqarma. Birovning maqtoviga uchma. Birov yomonlasa xafa bo‘lma. Xalq bilan chiroyli muomala qil. Doimo adab saqla. Til o‘ziga xos tizim sanaladi. Har qanday tizim muayyan ichki elementlardan tashkil topgan bo‘ladi. Bu tizimda tilning eng kichik birligi sanalgan nutq tovushi muhim ahamiyat kasb etadi. Tildagi tovushlar tizimiga fonologiya, nutq tovushlari tizimiga fonetika deyiladi. Fonologiya so‘zi grekcha phone tovush, ovoz va logos ta’limot so‘zlaridan olingan bo‘lib, til tovushlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganadigan tilshunoslikning bo‘limi sanaladi. Har qanday so‘z tovushlar, ya’ni fonemalarning ketma-ketlik asosidagi birikuvidan iborat bo‘ladi. Masalan, sohibqiron so‘zi s+o+h+i+b+q+i+r+o+n ko‘rinishidagi o‘nta tovushning sintakmatik va paradigmatik aloqalari asosiga qurilgan. Nutq tovushlari (fonemalar) har bir tilda o‘ziga xos sifat va miqdor belgilariga ega bo‘ladi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida 6 ta unli va 25 ta undosh tovushlar (fonemalar) mavjud. Tilimizdagi barcha tovushlar mana shu tovushlarning turli xil o‘rinlarda kelib, so‘z ma’nolarini farqlash uchun xizmat qilishi asosiga qurilgan. Masalan, Amir Temur, shoh, amir, yurt egasi, lashkarboshi, sarkarda so‘zlarini hosil qilishda yuqoridagi tovushlardan unumli foydalanilgan. So‘zlardagi bir tovushning o‘zgarishi so‘z ma’nosining butunlay o‘zgarib ketishiga sababchi bo‘ladi. Misol uchun yuqoridagi keltirilgan shoh so‘zidagi bo‘g‘iz undoshi h tovushini chuqur til orqa undoshi x tovushiga almashtirish bilan daraxtning tanasidan o‘sib chiqadigan qismini ifodalovchi boshqa bir so‘z paydo bo‘ladi. So‘z ma’nosini farqlash uchun xizmat qiladigan va boshqa bo‘laklarga bo‘linmaydigan eng kichik tovushlarga fonema deyiladi. Masalan: bil, dil, jil, zil, til, xil, qil so‘zlarida ma’noni farqlash vazifasi b, d, j, z, t, x, q tovushlari orqali amalga oshirilmoqda. Tovushlar miqdori ko‘p, ammo fonemalarning soni chegaralangan bo‘ladi. Har qanday fonema tovush sanaladi. Ammo har qanday tovush fonema bo‘la olmaydi. Fonemalar bir-biriga zidlanganda ularning o‘ziga xos xususiyatlari namoyon bo‘ladi. Fonemalar diffrensial (farqlovchi) hamda integral (birlashtiruvchi) belgilarga ega. Masalan, x va h tovushlari bir-biriga zidlanganda ular hosil bo‘lish hosil bo‘lish usuliga hamda ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra birlashishi, sirg‘aluvchi, jarangsiz undosh tovush ekanligi ma’lum bo‘ladi. Ularni farqlab turuvchi belgi hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra aniqlanadi, x hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra chuqur til orqa, h bo‘g‘iz undoshi sanaladi. Shu tariqa barcha fonemalar bir-biriga zidlanadi. Nutq tovushlarining ma’no ajratish uchun xizmat qilmaydigan turiga fonemaning variantlari deyiladi. Misol uchun bilim, lim-lim, il so‘zlarida i tovush qisqa, badiiy, ruhiy, siyosiy so‘zlarida cho‘ziq, qirq, g‘ilay, xirqiroq so‘zlarida qattiq eshitiladi, biroq ularning barchasi fonema sanaladi. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling