53-mashq. Xisrav Dehlaviyning quyidagi baytini yodlang va hayotingizda
unga amal qilishga urining. Gapdagi fonemalarni aniqlab, ularga ta’rif
bering.
Qisqa so‘zlik, qara, ne yaxshi holdir,
Sergaplik tamoman dilga maloldir.
54-mashq. Virus va xaker so‘zlariga berilgan izohlarni o‘qing,
so‘zlardagi fonemalarni aniqlang.
VIRUS [lotincha virus o‘simlik shirasi, zahar] 1 Faqat tirik hujayralarda
ko‘payib odam, hayvon, o‘simliklarda yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchi
mikroorganizmlar. Gripp virusi.
2 Kompyuter tizimlarini, fayllardagi ma’lumotlarni yo‘qotish, zararlantirish
maqsadida tuzilgan maxsus dasturlar.
3 Atrofdagilarga zarar keltiruvchi, yomon so‘zli inson.
XAKER [inglizcha haker, hack buzmoq; kesmoq, qirqmoq] 1 Kompyuter
dasturlarini yaratishga o‘ta ishqiboz odam.
2 Kompyuter dasturlari va qoidalarini buzuvchi – huquqi bo‘lmagan holda
kompyuter dasturlariga o‘zgartirishlar kiritadigan shaxs; yuqori malakali
programist
3 Bank, tijorat, davlat, harbiy va b. tashkilotlardagi axborotlarning himoya
vositalarini yo‘qotib, o‘ta qimmatli ma’lumotlarni qo‘lga kiritish, o‘zga hisob
raqamlaridagi pulni o‘zlashtirish, kompyuterlarga virus yuqtirish kabi ishlarni
amalga oshirishga urinuvchi shaxs.
Do'stlaringiz bilan baham: |