61-mashq. Erkin Vohidovning “So‘z latofati” asaridan olingan parchani
o‘qing va u haqda fikringizni ayting. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni talaffuz
qilishda faol ishtirok etayotgan nutq a’zolarini belgilang.
Ona tili umummillat mulkidir. Demak, til oldidagi mas’uliyat ham
umummilliy. Men o‘zbekman, degan har bir inson o‘zbek tili uchun qayg‘urmog‘i
kerak. Unutilgan so‘zlarni tiklash, borini boyitib borish, xorijiy atamalarga
munosib istilohlarni topish yolg‘iz tilshunoslarning emas, millatning ishidir.
Ostanovka turganda bekat, rayon turganda tuman, vilka turganda sanchqi deyishga
nama bor, deguvchilarning davri o‘tdi. Tilimiz sekin-astalik bilan bo‘lsa-da,
o‘zbekchalashib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |