Savol va topshiriqlar.
1. Artikulyatsiya deganda nimani tushunasiz?
2. Artikulyatsiya o‘rni haqida tushunganlaringizni aytib bering.
3. Artikulyatsiya usuli nima?
4. Tovushlar artikulyatsiya o‘rniga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?
66-mashq. Uyga vazifa. Pahlavon Mahmudning quyidagi ruboiysini
o‘qing. G, k, h, x, q, j undoshlarining artikulyatsiya o‘rni va usuliga ko‘ra
farqlanishini ko‘rsatib bering.
Shohlik tilasang, gadosi bo‘l xalqingning!
O‘zni unut-u, fidosi bo‘l xalqingning!
Boshiga ko‘tarsin desang, el toj yanglig‘,
Qo‘lin o‘p-u, xokiposi bo‘l xalqingning!
14-§. ONA TILI VOKALIZMI. UNLI TOVUSHLAR VA ULARNING
TASNIFI
Reja:
1. Unli tovushlar haqida umumiy ma’lumot.
2. Tilning gorizontal va vertikal holatiga ko‘ra unlilar tasnifi.
3. Lablarning ishtirokiga ko‘ra unlilar tasnifi.
Do'stlaringiz bilan baham: |