67-mashq. Abu Nasr Farobiyning hikmatli so‘zini yodlang. Unda
qo‘llangan unli tovushlarga ta’rif bering.
Ta’lim faqat so‘z va o‘rgatish bilan bo‘ladi. Tarbiya esa amaliy ish, tajriba
bilan bo‘ladi.
68-mashq. So‘zlarni o‘qing va esda saqlab qoling. Unli tovushlarning
ishlatilishiga e’tibor qiling.
AZIM. [arabcha ulug‘, buyuk, katta]. 1 Ko‘rinish, tuzilish, e’tibori bilan
g‘oyat katta, ulkan. 2 Azim (erkaklar ismi).
AZM [arabcha qasd, qat’iy qaror, kirishish] Qasd, kirishish, qat’iy maqsad-
intilish.
YOVQUR Hech narsadan qo‘rqmaydigan; jasur, botir, mard. Yovqur yigitlar.
MING‘IRLAMOQ 1 Dimog‘da sekin va noaniq gapirmoq, ping‘illamoq.
2 Norozi ohangda nolib gapirmoq, nolimoq.
MING‘IR-MING‘IR 1 Dimog‘da aytilgan past va noaniq tovush yoki gapni
bildiradi. 2 Norozilik, nolish haqida.
XUSHFE’L Fe’l-atvori yaxshi, kishiga muomalasi yoqadigan. Xushfe’l
odam.
Do'stlaringiz bilan baham: |