Djurabayeva Z. A. Ona tili


-mashq.  Uyga  vazifa.  Mahmudxo‘ja  Behbudiy  tomonidan  aytilgan


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/214
Sana05.01.2022
Hajmi1.49 Mb.
#225945
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   214
Bog'liq
66onatilipdf

70-mashq.  Uyga  vazifa.  Mahmudxo‘ja  Behbudiy  tomonidan  aytilgan 
hikmatli so‘zni daftaringizga ko‘chiring. Unli tovushlarga izoh bering. O‘zbek 
ma’rifatparvarlarining  XX  asr  boshlarida  ona  tilimiz  mavqei  uchun 
kurashlari haqida bilganlaringizni yozib keling. 
 
Badbaxt ul kishidurki, anga so‘z ta’sir etmas. 
 
15-§. ONA TILI KONSONANTIZMI. UNDOSH TOVUSHLAR VA 
ULARNING TASNIFI 
 
Reja: 
1. Undosh tovushlar haqida umumiy ma’lumot. 
2. Hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra unlilar tasnifi.  
3. Hosil bo‘lish usuliga ko‘ra unlilar tasnifi. 
4. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra unlilar tasnifi. 
 
Tayanch  iboralar:    undosh  tovush,  konsonantizm,  lab  undoshlari,  lab-lab 
undoshlari, lab-tish undoshlari, til oldi undoshlari, chuqur til orqa undoshlari, til 
orqa  undoshlari,  til    o‘rta  undoshi,  bo‘g‘iz  undoshi,  jarangli  undosh,  jarangsiz 
undosh,  titroq  tovush,  yon  tovush,  burun  undoshlari,  dorsal,  kakuminal,  palatal, 
uvulyar, sonar.    
 
Topshiriq.  Gapni  o‘qing,  undosh  tovushlarga  tavsif  bering.    Har  bir 
millatning  saodati,  davlatlarning  tinch  va  rohati  yoshlarning  yaxshi  tarbiyasiga 
bog‘lidir.   (Abdulla Avloniy)      
 
Undosh  tovushlar  o‘pkadan  chiqayotgan  havoning  bo‘g‘iz  va  og‘iz 
bo‘shlig‘ida  ma’lum  bir  to‘siqlarga  uchrashi  natijasida  hosil  bo‘ladi.  Tildagi 
undosh tovushlar tizimiga konsonantizm deyiladi. 


O‘zbek  tilida  24  ta  undosh  tovush  bor.  Ular  yozuvda  23  ta  harf  bilan 
ifodalanadi. 
Undoshlar  nutqni  qat’iylashtiradi,  unga  o‘ziga  xos  ohang,  ton  berib  turadi. 
Shu bois ularni turli tomonlardan tasnif qilish mumkin. 
Undosh tovushlarning tasnifida paydo bo‘lish o‘rniga ko‘ra ularni guruhlarga 
ajratish  birinchi  planda  turadi.  Bu  tasnifga  ko‘ra  undoshlar  tubandagi  guruhlarga 
bo‘linadi. 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling