Djurabayeva Z. A. Ona tili
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
66onatilipdf
2. Sirg‘aluvchi undoshlar. V, f, z, s, dj, s, y, l, r, g‘, x, h undoshlarining hosil
bo‘lishida havo bir-biriga mahkam jiplashgan ikki nutq orasidan sirg‘alib chiqadi. Ba’zi bir adabiyotlarda o‘pkadan chiqayotgan havoning burun bo‘shlig‘iga qisman o‘tishi natijasida hosil bo‘ladigan l, m, n, ng, r undoshlariga portlovchi- sirg‘aluvchi undoshlar deb qarash mavjud. Bu tovushlar sonar (yoki sonant) tovushlar deb ham yuritiladi. Bu holat undosh tovushlarning ovozning ishtirokiga ko‘ra ikkiga bo‘lish imkonini beradi. a) sonar (burun) undoshlari. Bularda ovoz kuchli bo‘ladi. Mazkur xususiyatiga ko‘ra ular unlilarga yaqinlashadi. b) Qolgan undoshlar bunday ovozdorlikka ega emas. Ular shovqinli undoshlar sanaladi. Shuningdek, undoshlar tarkibiga ko‘ra ham ikkiga bo‘linadi. Bunga binoan undoshlar sof va qorishiq bo‘ladi. Qorishiq undoshlar o‘zbek tilida 3 ta: ch, dj, s. Bu tovushlar tarixan ikki tovushdan tashkil topgan bo‘lib, keyingi takomili natijasida bir-biriga qo‘shilib ketgan (t+sh=ch, t+s=s, d+j=dj). Qorishiq tovushlar tilshunoslikda affrikat deyiladi. O‘zbek tilidagi ch va dj undoshlari tilimizga allaqachon singib ketgan: soch, chuchvara, chumchuq, garaj, tiraj, jirafa, ajdar kabi so‘zlar tarkibida kelayotgan affrikatlarni ikki tovush singari talaffuz qilib bo‘lmaydi. Sof undoshlarning talaffuzida hech qanday affikativ jarayonlar sodir bo‘lmaydi. Tilshunoslikda portlovchi tovushlarga eksploziv, sirg‘aluvchi tovushlarga esa imploziv deb baho berish ham bor. Xullas, undosh tovushlarning xususiyatlari ko‘p, lekin ularni tasniflash, qolipga solish mumkin. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling