Djurabayeva Z. A. Ona tili


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/214
Sana05.01.2022
Hajmi1.49 Mb.
#225945
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   214
Bog'liq
66onatilipdf

Tayanch iboralar:  unli tovush, old qator unlilar, orqa qator unlilar, til oldi 
unlilari,  o‘rta  keng  unlilar,  quyi  keng  unlilar,  lablangan  unlilar,  lablanmagan 
unlilar, vokalizm.   
 
Topshiriq.  Mahmud  az-Zamaxshariy  qalamiga  mansub  hikmatli  so‘zni 
yozing, unli tovushlarni aniqlab, ularga tavsif bering.  
 
Yoki  ilmli  bo‘l,  yoki  ilmga  tayanib  ish  tutadigan  bo‘l,  loaqal  ilmni  tinglab 
eshitadigan bo‘l, biroq to‘rtinchisi bo‘lma, chunki kasodga uchrab halok bo‘lasan.  
 
Har bir tilda unli tovushlarning o‘ziga xos tizimi mavjud bo‘ladi. Bu tizimga 
vokalizm  deyiladi.  Unli  tovushlarni  talaffuz  qilganimizda  o‘pkadan  chiqayotgan 
havo  burun  hamda  og‘iz  bo‘shlig‘ida  hech  qanday  to‘siqqa  uchramaydi,  tilning 
vertikal  hamda  gorizantal  holatlariga,  shuningdek,  og‘izning  ochilish  darajasiga 
qarab turib, turlicha pozitsiyaga ega bo‘ladi. 
Unli tovushlar nutqni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Ular inson nutqiga 
o‘ziga  xos  ohang,  joziba  baxsh  etib  turadi.  Nutqning  bo‘linib-bo‘linib  chiqishini 
ta’minlaydi.  Bu  esa  ketma-ketlik  tamoyiliga  asoslanib  yuzaga  chiqariladigan 
nutqning qulay va oson bo‘lishini ta’minlaydi. 
Unlilarning  o‘ziga  xos  sifat  va  miqdor  belgilari  mavjud  bo‘ladi.  Tilning 
vertikal  hamda  garizontal  holatiga  ko‘ra  unlilarning  bir  necha  turlarga  bo‘linib 
ketishi, lablarning ishtirokiga ko‘ra ham alohida qatorlarni tashkil qilishi ularning 
sifat belgilari sanalsa, cho‘ziq va qisqaligi miqdor belgilari hisoblanadi. 
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida 6 ta  unli tovush mavjud: i, u, ye, o‘, a, o. O‘zbek 
xalq  shevalarida  ularning  miqdori  turlicha  ko‘rinishlarda  uchraydi.    Masalan, 
Andijon,  Namangan,  Marg‘ilon,  Samarqand,  Qarshi  shevalarda  ularning  miqdori 
9-10 taga yetsa, Xorazm shevalarida 17-18 tagacha yetishi kuzatiladi. 
Hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi unli tovushlar bir necha jihatdan tasnif qilinadi. 
1.  Tilning  oldinga  va  orqaga  harakat  qilishi,  ya’ni  gorizontal  holatiga  ko‘ra 
unlilar ikkiga bo‘linadi. 
a) oldingi qator yoki til oldi unlilari: i,ye.a; 
b) orqa qator yoki til orqa unlilari: u,o‘,o. 
O‘zbek xalq shevalarida ularning old va orqa qator variantlari ham uchraydi. 
Masalan: ilm, bil, til, qirq, chiq, xirmon  eshik, bel, kel, erk, ertak, ena   aka, balli, 
kam,  qora,  g‘arb,  xarob,o‘zbek,  bo‘l,  ko‘l,  ko‘rmoq,  o‘roq,  un,  ulkan,  tulki, 
burmoq, ur, tur. 
Tilning vertikal holatiga ko‘ra unlilarning bo‘linishi. 
Unli  tovushlarning  artikulyatsiyasida  tilning  qaysi  tomonga  qarab 
harakatlanishi  muhim  ahamiyatga  ega.  Ma’lum  bir  tovushlarni  talaffuz  qilishga 


nutq organlarining moslashuviga artikulyatsion baza deyiladi. Shunga ko‘ra tilning 
yuqori tanglayga ko‘tarilish holatini hisobga olib turib, unlilar uch turga ajratiladi. 
Yuqori ko‘tarilish (tol) unlilar: i,u 
O‘rta ko‘tarilish (keng) unlilar: e,o‘ 
Quyi ko‘tarilish (keng) unlilar: a,o 
Bunday  bo‘linish  shunga  asoslanadiki,  ularni  talaffuz  qilganimizda  tilning 
tanglayga ko‘tarilishi va quyi jag‘ning pastga tushishi hisobga olinadi. 
Masalan i, o‘ unlisining talaffuzida til va jag‘ maksimum darajada ko‘tariladi, 
og‘iz bo‘shlig‘idagi havo yo‘li o‘ta torayadi. Shu bois, ular tor yoki yopiq unlilar 
deb yuritiladi. 
I  va  u  tovushlarinig  tahlili  shundan  dalolat  beradiki,  ularning  o‘xshash  va 
noo‘xshash farqlari mavjud. 
Tilning  gorizontal  va  vertikal  holatiga  ko‘ra  ular  bir  qatorga  mansub  bo‘lsa-
da, lablarning ishtirokiga ko‘ra bir-biridan farqlanadi: i lablanmagan, u lablangan. 
Aynan  mana  shu  xususiyati  ularni  bir-biriga  qarshilantiradi,  alohida  fonema 
sifatida tilda bo‘linishi ta’minlaydi. 
Keng yoki ochiq unlilarning talaffuz chog‘ida pastki jag‘ quyiga tushadi, til 
tanglaydan maksimum uzoqlashadi: a,o. 
E va o‘ tovushlarining talaffuz holati esa i, u hamda a, o ga nisbatan o‘rtacha 
pozitsiyani  egallaydi,  lekin  ularning  talaffuzida  ham  og‘izning  ochilishi  keng 
bo‘lganligi sababli, ular ham o‘rta keng unlilari deb yuritiladi. 
Yuqori tor unlilari so‘zlarning boshi, o‘rtasi va oxirida kela oladi. 
I  unlisi  yig‘i, bilim, gilam,  kiyik,  kino  kabi  so‘zlarda  old  qator  unlisi  sifatida 
aytiladi. 
Q,  g‘,  x  undosh  tovushlari  bilan  yonma-yon  kelganda  orqa  qatorga  o‘tib 
ketadi:  qiliq, qirg‘oq, g‘ir-g‘ir, xira, xina kabi 
Ikki    jarangsiz  undosh  o‘rtasida  kelsa,  ikkinchi  undosh  n,  l,  r,  z  tovushlari 
bo‘lsa, i qisqa aytiladi: bilan, birga, milk, koq, siz kabi. 
U unlisi ulkan, kulmoq, gulshan so‘zlarida old qator, vulqon, quymoq, xurkak 
kabi so‘zlarda orqa qator unlisi kabi aytiladi. 
Quruq, tutun, tushum, urush singari so‘zlarda kuchsizlanibi ga moyillashadi. 
E  tovushi  so‘z  boshida  va  ochiq  bo‘g‘inda  kelganda  ochiqroq  talaffuz 
qilinadi: elak, beibo, ekosan. 
Zehn,  ber,  zebra,  mergan  kabi  so‘zlarda  ikki  undosh  orasida  biroz  yopiqroq 
aytiladi. 
O‘  unlisi  ko‘sak,  go‘lax,  ko‘z  kabi  so‘zlarda  old  qator,  g‘o‘ra,  qo‘ltiq, 
chimxo‘r singari so‘zlarda orqa qator unlisi sifatida talaffuz etiladi. 
A  unlisi  vakil,  kalaka,  lagan  singari  so‘zlarda  old  qator,  xalq,  qora,  g‘am 
singari so‘zlarda orqa qator unlisi kabi talaffuz qilinadi. 
O tovushi so‘zning barcha o‘rinlarida keladi. Ruscha-baynalmilal so‘zlarda 
kabi talaffuz etiladi: optika, organik va hokazo. Tort, orden, organ so‘zlarida o‘ ga 
moyil aytiladi. 
Lablarning ishtirokiga ko‘ra unlilar tasnifi. 
Nutq a’zolari ichidan lablar boshqalariga nisbatan ancha faol sanaladi. Sababi 
og‘iz  ochilmasa,  tilda  birorta  ham  tovush  sodir  bo‘lmaydi.  Shunga  ko‘ra  unli 
tovushlar lablangan va lablanmagan unlilarga bo‘linadi. 


A,  o,  i,  e  unlilari  lablanmagan  unlilar  sanaladi.  Ularni  talaffuz  qilgan 
chog‘imizda  og‘izning  ochilishi  darajasi  ancha  kengayadi  va  lablar  bir-biridan 
uzoqlashadi. 
U  va  o‘  tovushlarining  talaffuzida  esa  lablar  bir-biriga  yaqinlashib, 
cho‘chchayadi. 
Ba’zi  bir  adabiyotlarda  o  tovushiga  nisbatan  ham  lablangan  yoki  yarim 
lablangan  unli  deb  qarashlar  mavjud.  Bu  holat  o  ning  artikulyatsion  vaziyatlariga 
bog‘liq.  Masalan,  orqa,  olim,  bor  so‘zlarida  og‘izning  ochilish  darajasi  yaqqol 
sezilyapti, birov, ov, darrov so‘zlarida o  yopiq talaffuz qilinyapti, yonidagi v ning 
ta’sirida lablashgan unli sifatida namoyon bo‘lyapti. 
Unlilar  haqida  aytganda,  yana  ularning  nazalizatsiya  hodisasiga  uchragan 
turlari  haqida  ham  aytib  o‘tish  joiz.  Bunda  yumshoq  tanglayning  pastga  tushishi 
natijasida havoning bir qismi burun orqali o‘tadi va unlilar nazalizatsiyalashadi. Bu 
kabi unlilar fransuz tilida uchraydi. 
 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling