3. Ijtimoiy tomoni (ma’no ajratish xususiyati). Inson tovushlarining
boshqa tirik mavjudodlarga xos bo‘lgan tovushlardan farqi shundaki, ular ma’noni
farqlash uchun xizmat qiladi. Masalan, yovvoyi va uy hayvonlari turli xil tovushlar
chiqarishi mumkin. SHerlar na’ra tortganda, qo‘ylar ma’raganda, ilonlar
vishilllaganda, chumchuqlar chirqillaganda, bulbullar sayraganda hech qanday
ma’no anglashilmaydi, ammo inson tomonidan bitta tovush talaffuz etilsa ham u
ma’no anglatishi muqarrar.
Misol uchun Abdulla Oripovning quyidagi to‘rtligini olib ko‘raylik:
Bir umr kurashdik orzular uchun,
Havoyi so‘z aytib o‘rtama jonni.
Dunyo karvonining boshida bir kun,
Ko‘rsam yetarlidir O‘zbekistonni.
To‘rtlikdagi “jonni” so‘zidagi j tovushini k tovushiga aylantirish bilan
kutilgan mazmunni butunlay boshqa tomonga burib yuborish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |