Djurabayeva Z. A. Ona tili


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/214
Sana05.01.2022
Hajmi1.49 Mb.
#225945
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   214
Bog'liq
66onatilipdf

3.  Og‘iz  bo‘shlig‘i.  Kichik  til  (lak-luk),  tanglay,  til,  milk,  tish,  lablar  nutq 
tovushlarini hosil qilishda muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa, tilning turli xil holatlari 
nutq tovushlarining har xil ko‘rinishda yuzaga chiqishini ta’minlaydi. 
4.  Burun  bo‘shlig‘i.  Burun  bo‘shlig‘i  nutq  tovushlarini  hosil  qilishda 
rezonator vazifasini o‘taydi, ya’ni ularga o‘ziga xos ohang qo‘shib turadi. 


Nutq  a’zolarini  tovushlarni  hosil  qilish  chog‘idagi  harakat  va  holatlariga 
qarab turib ikkiga bo‘lish mumkin. 
1. Faol nutq a’zolari. Bunga til, un paychalari va lablar kiradi. Bular barcha 
nutq tovushlarini hosil qilishda ishtirok etadi. 
2.  Passiv  nutq  a’zolari.  O‘pka,  bronxlar,  bo‘g‘iz  devori,  tanglay,  kichik  til, 
milk,  tish,  burun  bo‘shlig‘i  passiv  nutq  a’zolari  sanaladi.  Sababi  bir  tovushni 
talaffuz  qilganda  faol  ishtirok  etgan  ma’lum  bir  organ  ikkinchi  tovushning 
artikulyatsiyasida passiv  pozitsiyaga  o‘tishi  mumkin.  Masalan,   d,  t,  ch,  k,  l,  z, s 
tovushlarini  talaffuz  qilayotganimizda,  burun  bo‘shlig‘i  hech  qanday  ahamiyat 
kasb  etmaydi,  ammo  l,  m,  n,  ng,  r  tovushlarining  talaffuzini  usiz  tasavvur  qila 
olmaymiz. 
Demak, nutq tovushlarini hosil qilishda ularning aytilishi (akustik tomoni) va 
fiziologiyasi (eshitilish) tomoni muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari nutq 
tovushlarining  muayyan  ijtimoiy  qiymatga  ega  ekanligi  ularning  so‘zlashish 
jarayonida asosiy material vazifasini o‘tashini ta’minlaydi.  
Nutq tovushlari jarayoni oliy nerv sistemasi tomonidan boshqarilib turadi. 
 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling