52-mashq. Uyga vazifa. Gaplarni o‘qing, belgilangan so‘zlardagi
urg‘ularni aniqlang.
1. Tumov kishi gul hidini sezmaganidek, nodon hikmat lazzatini tuymaydi.
(Mahmud Zamaxshariy) 2. Tarbiyachi birovni hayotga tarbiyalamog‘i uchun,
avvalo, o‘zi hayotni chuqur bilmog‘i lozim. (Lev Tolstoy) 3. Ulug‘ aql egalari o‘z
oldilariga maqsad qo‘yadilar. Qolgan odamlar o‘z istaklari orqasidan ergashadilar.
(Vashington Irving) 4. Hamma ulug‘ fazilatlar xokisorlik zaminida o‘sadi. (Seneka)
5. Odamlar o‘qishdan to‘xtashlari bilan fikrlashdan ham to‘xtaydilar. (Daniel
Didro) 6. Hayot senga bemaza bo‘lib qolmasligi uchun hasad gunohiga botma.
(“Avesto”) 6. Nodonlarning ko‘ngillari qum cho‘li kabi bo‘ladi. Yemish, giyoh
o‘sishi u yoqda tursin, uga daryo oqib kirsa ham to‘lmaydi. (Yusuf Xos Hojib)
7. Bilim bilan saodat yo‘li ochiladi, shunga ko‘ra ilmli bo‘l, baxt yo‘lini izla.
(Ahmad Yugnakiy) 8. Eng a’lo zavq tahsil, ilm-u ma’rifatdir. (Mahmudxo‘ja
Behbudiy)
Do'stlaringiz bilan baham: |