qarating.
ADOVAT [arabcha dushmanlik, nafrat] 1 Dushmanlik munosabati, shunday
munosabatga xos his-tug‘u. 2 Kek, xusumat.
ADOLAT [arabcha odillik] 1 Odilona ish tutish, odillik. 2 Adolat (xotin-
qizlar ismi)
BEQASAM 1 O‘rishi ipak, arqog‘i ipdan to‘qiladigan, yo‘l-yo‘l gulli pishiq
gazlama; shu gazlamadan tayyorlangan kiyim. 2 ko‘chma Turli rangda
jilolanuvchi, beqasamdek taram-taram bo‘lib tovlanadigan.
DILXIROJ [forscha qalbni tirnovchi, yurakni ezuvchi] O‘zbek xalq
kuylaridan birining nomi.
MUNOFIQ [arabcha ikkiyuzlamachi; mug‘ombir] Tili boshqa, dili boshqa,
so‘zi va ishi bir-biriga to‘g‘ri kelmaydigan, samimiyligi yo‘q; ikkiyuzlama.
73-mashq. Dilnoz To‘xtayevaning “Dilxiroj” she’rini o‘qing. Shu kuyni
eshitganmisiz? Eshitgan chog‘ingizda xayolingizdan qanday uylar o‘tgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |