Djurabayeva Z. A. Ona tili
-§. NUTQNING ASOSIY FONETIK BIRLIKLARI
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
66onatilipdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
16-§. NUTQNING ASOSIY FONETIK BIRLIKLARI
Reja: 1. Til va nutq tushunchalari, ular o‘rtasidagi farqlar. 2. Nutqning asosiy fonetik birliklari. Segment bo‘laklar. 3. Tovush, bo‘g‘in, so‘z, takt, fraza haqida ma’lumot. Tayanch iboralar: til, nutq, uyadoshlik munosabati, fonetik tuzilish, segmentatsiya, segment, tovush, fonetik so‘z, bo‘g‘in, ochiq bo‘g‘in, yopiq bo‘g‘in, takt, prokliza, proklitika, enkliza, enklitika, takt, jumla, gap. Topshiriq. Gapni o‘qib, uni fonetik jihatdan bo‘laklarga ajrating. Har bir kishi kasb-korini mukammal bilmog‘i, go‘zal tarbiya olmog‘i va yaxshi xulq-odob, fazilatlarga ega bo‘lmog‘i kerak. (Abu Nasr Farobiy) Biz yuqorida til va nutq hodisalarini bir-biridan farqlagan edik. Til ijtimoiy hodisa sifatida nutq orqali yuzaga chiqishini ta’kidlagandik. Nutq alohida-alohida tovushlardan tashkil topmagan. Nutq tovushlari bir-biri bilan aloqaga kirishar ekan, ularda sintagmatik va paradigmatik aloqalar mavjud bo‘ladi. Nutq tovushlarining ketma-ketlik asosida birlashuviga sintagmatik munosabat deyiladi. Uyadoshlik (paradigmatik) munosabat esa nutq tovushlarning umumiy xususiyatlariga ko‘ra bir yerga to‘planishiga, muayyan semantik uyani tashkil qilishiga asoslanadi. Mana shu ikki munosabat negizida nutqning fonetik tuzilishi yotadi. Nutqda ketma-ket kelgan tovushlarning yig‘indisi yoki zanjirsimon ulanishidan iborat bo‘lib, ma’lum bir fonetik birliklardan tashkil topadi. Bu bo‘linishga fonetik bo‘linish deyiladi. Tilshunoslikda bu hodisa segmentatsiya (lotincha: segmentus – bo‘lak degani) deb ham yuritiladi. Har bir bo‘lak segment hisoblanadi. Nutq quyidagi 5 ta segmentga bo‘linadi. 1. Tovush. 2. Bo‘g‘in. 3. So‘z. 4. Takt. 5. Fraza (jumla) Nutqning boshqa bo‘laklarga bo‘linmaydigan eng kichik birligiga nutq tovushi deyiladi. Masalan: k, u, ch, b, i, l, i, m, v, a, t, a, f, a, k, k, u, r, d, a kabi. Bu birliklarning har biri nutq tovushi sanaladi va boshqa bo‘laklarga bo‘linmaydi, balki nutqning keyingi bo‘lagini hosil qilish uchun muhim material vazifasini o‘taydi. Tovushlarning artikulyatsiyasi uch bosqichdan iborat bo‘ladi: a) ekskursiya – boshlanish nuqtasi; b) o‘rta faza; v) rekursiya – tugash nuqtasi. Nutq tovushlaridan bo‘g‘inlar tashkil topadi. Bir havo zarbi bilan aytiladigan nutq tovushi yoki nutq tovushlari yig‘indisiga bo‘g‘in deyiladi. Yuqoridagi nutq tovushlari kuch, bi, lim, va, ta, fak, kur, da bo‘g‘inlarini tashkil etadi. Bo‘g‘inlar kuch, bilim, va, tafakkurda kabi so‘zlarni hosil qiladi. Nutq tovushi va ma’noning organik birligiga so‘z deyiladi. So‘zlarning bir urg‘u yordamida nutqiy bo‘laklar tashkil qilishiga takt deyiladi. Jannatmakon O‘zbekiston, ko‘hna tarix, qimmatbaho kitob singari so‘zning oldidan kelib ulanish sodir bo‘lsa, bunga prokliza, ulangan so‘zga proklitika deyiladi. Mustaqillik shukuhi, Vatan sarhadlari, mardlar jasorati ko‘rinishidagi orqadan kelib ulanishga enkliza, ulanayotgan so‘zga esa enklitika deyiladi. O‘zbek tilida proklitika va enklitika hodisasi juda ko‘p kuzatiladi. Har ikki tomonidan chuqur pauza bilan ajratiladigan fonetik birlikka fraza (jumla) deyiladi. Masalan: Kuch bilim va tafakkurda. Fraza gapga to‘g‘ri kelmaydi. Gap – sintaktik birlik, fraza – fonetik birlik. Demak, nutqning fonetik bo‘linishi o‘ziga xos qonuniyatlari asosida ro‘y beradi. Uning bir tomoni talaffuzga borib taqaladi. Nutqda bo‘g‘in o‘ziga xos o‘ringa ega. Bir havo zarbi bilan aytilgan nutq tovush yoki nutq tovushlari yig‘indisiga bo‘g‘in deyiladi. Bo‘g‘inning amaliy ahamiyati keng. So‘zlarni o‘rganishda, ularning imlosida, she’r tuzilishida bo‘g‘indan unumli foydalaniladi. Har bir tilda bo‘g‘in o‘ziga xos tuzilishga ega. O‘zbek tilidagi bo‘g‘inlar unlilar yordamida hosil qilinadi. Unlilarni vokalizm atamasiga nisbat berilib V, undoshlarni esa konsonantizmga asoslanib C harflari bilan belgilanishi odat tusiga kirgan. Tilimizda bo‘g‘inning quyidagi ko‘rinishlari ko‘p uchraydi: 1. Bir unlidan iborat bo‘lgan bo‘g‘inlar: u-ka, i-lon, a-sal. (VCV, VCVC, VCVC) 2. Bir unli va bir undoshdan tashkil topgan bo‘g‘inlar: un, ol, oq. (VC) 3. Bir unli va ikki undoshdan iborat bo‘lgan bo‘g‘inlar: ahd, ost, ilm. (VCC) 4. Bir unli va uch undoshdan iborat bo‘lgan bo‘g‘inlar: past, dard, baxsh. (CVCC) Ko‘rinib turibdiki, o‘zbek tili uchun bir bo‘g‘inli so‘zlar xos sanaladi. Undoshlarning yonma-yon kelishi bilan bog‘liq bo‘lgan so‘zlarning aksariyati tilimizga boshqa tillardan o‘zlashgan. Bo‘g‘in unliga tugasa, ochiq bo‘g‘in sanaladi: bo-la, ta-ma-ki, da-la kabi. Bo‘g‘in oxirida undosh kelsa, u yopiq bo‘g‘in hisoblanadi: tut-zor, ol-moq, tor-tib. 62-mashq. Abdurauf Fitratning quyidagi fikrini daftaringizga ko‘chirib oling va har doim unga amal qilishga odatlaning. Birinchi gapdagi fonetik birliklarni aniqlang. Bu dunyo kurash maydonidir. Bu maydonning quroli sog‘lom jismu tan, o‘tkir aql va yaxshi axloqdir. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling