She’rdagi undosh tovushlarga tavsif bering.
Navoga aylandi dildagi dardlar,
Ko‘zlarga jamlandi bari basma-bas.
Barmoqlar imosi ko‘ngilga yoqar,
Dilxiroj – egningda beqasam atlas.
O‘zbekning o‘ziday tanti, beminnat,
Yurt kezdi voqor-la yuzda ibosi.
Avloddan avlodga o‘tar omonat,
Dilxiroj – xalqimning oltin merosi.
Savol va topshiriqlar.
1. Undosh tovushlarning hosil bo‘lishini tushuntirib bering.
2. Lab undoshlari qaysilar?
3. Til undoshlarini ayting.
4. Til oldi undoshlarining hosil bo‘lishi haqida so‘zlang.
5. Til orqa undoshlari nima sababdan ikkiga bo‘linadi?
6. Bo‘g‘iz undoshiga tavsif bering.
7. Sirg‘aluvchi undoshlar qaysilar?
8. Portlovchi undoshlarga xarakteristika bering.
9. Jarangli undoshlarni sanang.
10. Jarangsiz undoshlarni aytib bering.
11. Sonorlarga tavsif bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |