Dmt-57 guruh talabasi yuldashev orifjon “Moliya” fanidan joriy nazorat savollari


Download 21.22 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi21.22 Kb.
#213788
Bog'liq
DMT 57. Yuldashev Orifjon


DMT-57 GURUH TALABASI YULDASHEV ORIFJON
Moliya” fanidan joriy nazorat savollari


  1. “Moliya” so‘zi, eng avvalo, qanday ma’noni anglatadi?

  2. Tarixiy kategoriya sifatida moliyaning vujudga kelishi nimalarga bog‘liq?

  3. Moliya kimlar (nimalar) o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlarini ifodalaydi?

JAVOBLAR:

  1. Moliya” so‘zi, eng avvalo, qanday ma’noni anglatadi?

«Moliya» arabcha so'z bo'lib, o'zbek tilida «pul mablag'lari» ma’nosini anglatadi. Bu so’z ona tilimizda quyidagi ko'rinishlarda ishlatiladi:

• maqsadli pul fondlarini hosil qilish, jamlash, taqsimlash va ishlatish yuzasidan paydo bo'ladigan iqtisodiy munosabatlar majmui; pul mablag'larini shakllantirish, taqsimlash, ulami sarf qilish tizimi (masalan, moliya yili, moliya kapitali, moliya tizimi);

• biror shaxs, oila, jamoa, muassasa, tashkilot yoki davlat tasarrufidagi pul mablag'lari (masalan, korxona moliyasi);

Arab tilidagi «mol», ya’ni «boylik, mulk; pul jamg'armasi», shuningdek, «moliyat», ya’ni «pul mablag'lari; soliq» so'zlari ham moliyaga daxldordir.

Lug'aviy ma’nosi jihatidan «moliya» so'zi fransuzcha «finance», lotincha «fmancia» va ruscha «finansi» so'zlarining ekvivalenti yoki ma’lum ma’noda sinonimi hisoblanib, eng avvalo, «daromad», «pul mablag'lari» yoki «to'lov» degan ma’nolarda ham ishlatiladi.

Moliya deb– markazlashgan va markazlashmagan maqsadli pul fondlarini hosil qilish, jamlash, taqsimlash va qayta taqsimlash yoki ishlatish yuzasidan paydo bo’ladigan iqtisodiy munosabatlarga aytiladi.

Moliya daromad hosil qilish va uni sarflashni anglatadi. Daromadlar ilk bor, ya’ni birlamchi taqsimlanganda korxona, davlat va xonadon moliyasi yuzaga keladi.



  1. Tarixiy kategoriya sifatida moliyaning vujudga kelishi nimalarga bog‘liq?

Tarixiy kategoriya sifatida ham moliyaning vujudga kelishi jamiyatning sinflarga bo'linishi va davlatning paydo bo'lishi bilan bog'liq. Ya’ni davlatlar paydo bo’lganda davlatni boshqarishda, aholiga, ishchilarga, askarlarga ish haqi berganda oltin tangalar va qog’oz pullardan foydalanilgan va bu o’z navbatida moliyani vujudga kelishiga olib kelgan. Moliyaning tarixiy xarakterga ega ekanligi har qanday davlat o'z funksiyalarini amalga oshirishi uchun zarur fondlarni shakllantirish va ulardan foydalanish tizimini yaratadi, degan xulosani chiqarishga imkon beradi.

3. Moliya kimlar (nimalar) o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlarini ifodalaydi?

Moliya quyidagilar o'rtasida vujudga keladigan pul munosabatJarini ifodalaydi:

• tovar-moddiy boyliklarni sotib olish, mahsulot va xizmatlami realizatsiya qilish jarayonida korxonalar o'rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;

• markazlashtirilgan pul mablag'lari fondlarini yaratish va ularni taqsimlash borasida korxonalar va ulaming yuqori organlari o'rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;

• byudjet tizirniga soliqlarni to'lash va xarajatlarni byudjetdan moliyalashtirish davomida korxona va davlat o'rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;

• soliqlar va boshqa ixtiyoriy to'lovlarni to'lash jarayonida davlat va fuqarolar o'rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;

• to'lovlarni amalga oshirish va resurslarni olish jarayonida korxonalar, fuqarolar va nobyudjet fondlari o'rtasida vujudga keladigan pul rnunosabaUari;

• byudjet tizirnining alohida bo'g'inlari o'rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;



• sug'urta badallarini to'lash va zararlarni qoplash, sug'urta hodisasi ro'y bergan paytda aholi, korxonalar harnda mulkiy va shaxsiy sug'urta organlari o'rtasida vujudga keladigan pul rnunosabatlari;

• korxona fondlarining doimiy doiraviy aylanishiga xizmat qiluvchi pul munosabatlari ifodalaydi.
Download 21.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling