Добавьте заголовок
Download 0.75 Mb.
|
I.ch.m.t prezentatsiya
MEK Elektrotexnika sohasidagi xalqaro hamkorlik ishlari 1881 yilda elektr boyicha birinchi Xalqaro kongressning o‘tkazilishidan boshlangan edi. 1906 yili Londonda 13 mamlakat vakillarining konferensiyasida maxsus idora – xalqaro elektrotexnika komissiyasi (XEK) tuzish to‘g‘risida bir fikrga kelindi. Bu idora elektr mashinalari sohasi boyicha atamalar va parametrlarni standartlashtirish masalalari bilan shug‘ullana boshladi. XEK (ko’pgina adabiyotlarda MEK deb berilgan, bu ruscha “Mejdunаrodnаya elektrotexnicheskаya komissiya” so’zlarining bosh harflaridan olingan) nizomiga ko‘ra, bu tashkilotning maqsadlari elektrotexnika va radiotexnika va ularga qo‘shni tarmoqlardagi muammolar sohalaridagi standartlashtirish masalalarini hal qilishdir. ISO va XEK faoliyatlari boyicha farqlanadi, XEK elektrotexnika, elektronika, radioaloqa, asbobsozlik sohalari boyicha shug‘ullansa, ISO esa qolgan boshqa hamma sohalar boyicha standartlashtirish bilan shug‘ullanadi. Hozirgi vaqtda 41 ta milliy qumitalar XEK ning a’zolari hisoblanadi. Bu mamlakatlarda Yer kurrasining 80% aholisi yashab, 95% dunyodagi ishlab chiqarilayotgan elektr quvvatining iste’molchisi hisoblanadi. Bu asosan sanoati rivojlangan hamda rivojlanayotgan mamlakatlardir. XEK ingliz, frantsuz va rus tillarida ish olib boradi. Birinchi standartlashtirish milliy tashkiloti – Britaniya Assotsiatsiyasi (Britich Enginezing Standards Accociation) 1901 yilda tashkil etilgan bo‘lib, biroz keyinroq, birinchi jahon urushi davrida Daniya byurosi, Germaniya qumitasi (1918 y), Amerika qumitasi (1918 y) va boshqalar tashkil topdi. Standartlashtirish sohasidagi ishlar xalqaro markaz kerakligini taqozo qildi. Shu maqsadda 1926 yili standartlashtirish milliy tashkilotlarning Xalqaro Assotsiatsiyasi (ISA) paydo bo‘ldi. ISA ning tarkibiga 20 ta mamlakat vakillari kirdi. 1938 yili Berlin shahrida standartlashtirish boyicha Xalqaro sezd ochildi. Unda texnikaning turli sohalari boyicha 32 ta qumita va kichik qumitalar tuzildi. 1939 yili boshlangan ikkinchi jahon urushi ISA ning faoliyatini to‘xtatib qoydi. Hozirgi Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (International Standards Organization) 1946 – 1947 yillari tashkil topdi, uni qisqacha ISO deb yuritiladi. Bu nufuzli tashkilot Birlashgan Millatlar Bosh Assambleyasi tarkibida faoliyat ko‘rsatib, rivoj topmoqda. ISO ning tuzilishidan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad – xalqaro miqyosdagi mol almashinuvida va o‘zaro yordamni yengillashtirish uchun dunyo ko‘lamida standartlashtirishni rivojlantirishga ko‘maklashish hamda aqliy, ilmiy, texnikaviy va iqtisodiy faoliyatlar sohasida hamdo‘stlikni rivojlantirishdir. Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun: - dunyo ko‘lamida standartlarni va ular bilan bog‘liq bo‘lgan sohalarda uyg‘unlashtirishni yengillashtirish uchun choralar ko‘rish; - xalqaro standartlarni ishlab chiqish va chop etish (agar har bir standart uchun uning faol tashkiliy va kichik qumitalarining ikkidan uch qismi ma’qullab ovoz bersa va umumiy ovoz beruvchilarning to‘rtdan uch qismi yoqlab chiqsa, standart ma’qullanishi mumkin); - o‘z qumita a’zolarining va texnikaviy qumitalarning ishlari haqida axborotlar almashinuvini tashkil qilish; - sohaviy masalalar boyicha manfaatdor bo‘lgan boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish ko‘zda tutiladi. ISO rahbar va ishchi qumita idoralaridan tashkil topgan. Rahbar idoralari tarkibiga Kengashning yuqori idorasi – Bosh Assambleya, Kengash, ijroiya byurosi, texnikaviy byuro, kengashning texnikaviy qumitalari va markaziy sekretariati kiradi Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling