Добавьте заголовок
Download 0.75 Mb.
|
I.ch.m.t prezentatsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- MOZM ,MEK,ISO XALQARO TASHKILOTLARI
Toshkent Arxitektura qurilish instituti qurilishni boshqarish fakulteti “ishlab chiqarishning metrologik ta’minoti” fanidan prezentatsiyaaTayyorladi: 27-20 guruh talabasi Rahimov TillavayTekshirdi: Xolbekov SirojiddinMOZM ,MEK,ISO XALQARO TASHKILOTLARIReja:1.MOZM tashkiloti2.MEK tashkiloti3.ISO tashkilotiXulosa.Foydalanilgan adabiyotlar.Xalqaro miqyosda metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi xalqaro tashkilot ham mavjuddir. Uni qisqartirilgan holda MOZM (Mejdunarodnaya organizatsiya zakonodatelnoy metrologii) deb ataladi. Bu tashkilotning asosiy maqsadi – davlat metrologik xizmatlarni va boshqa milliy muassasalarning faoliyatlarini xalqaro miqyosda muvofiqlashtirishdir. MOZM faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: – MOZMga a’zo bo‘lgan mamlakatlar uchun o‘lchash vositalarining uslubiy me’yoriy metrologik tavsiflarining birliligini belgilash; – qiyoslash uskunalarini, solishtirish usullarini, etalonlarni tekshirish va attestatlashini, namunaviy va ishchi o‘lchash asboblarini uyg‘unlashtirish; – xalqaro ko‘lamda birxillashtirilgan o‘lchash birliklarini mamlakatlarda qo‘llanishini ta’minlash; – metrologik xizmatlarning eng qulay shakllarini ishlab chiqish va ularni joriy etish boyicha davlat ko‘rsatmalarining birliligini ta’minlash; – rivojlanayotgan mamlakatlarda metrologik ishlarni ta’min etish va ularni zarur texnik vositalari bilan ta’minlashda ilmiy – texnikaviy yordamlashish; – metrologiya sohasida turli darajalarda kadrlar tayyorlashning yagona qonun – qoidalarini belgilash. MOZM ning Oliy rahbar idorasi metrologiyadan qonun chiqaruvchi Xalqaro konferensiyasi hisoblanib, u har to‘rt yilda bir marta chaqiriladi. Konferensiya tashkilotning maqsad va vazifalarini belgilaydi, ishchi idoralarining ma’ruzalarini tasdiqlaydi, byudjet masalalarini muhokama qiladi. MOZM ning rasmiy tili – fransuz tilidir. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling