- Diqqat obyekti — ongimiz atrofdagilardan ajratib olgan holda yo‘naltirilgan va faol to‘plangan narsa yoki hodisa. Diqqat obyekti faqat obyektiv narsalar emas, balki subyektiv hodisalar, o‘z his-tuyg‘ularimiz, fikrlarimiz, xayol yoki xotira tasavvurlarimiz va boshqa shu kabilar ham bo‘lishi mumkin.
- Ixtiyorsiz diqqat — ongimizning oldindan belgilangan maqsadsiz ravishda muayyan obyektga yo‘naltirilishi va unga to‘planishidan iborat diqqat turi. Ixtiyorsiz diqqat obyektlari narsa va hodisalarning odatdan tashqari holati, belgisi, sifati va boshqalardir.
DOBRININNING DIQQAT HAQIDA QARASHLARI - Diqqatsizlik — diqqatni obyektga yo‘naltira va to‘play olmaslik, atrofdagi kishilarga nisbatan e’tiborsizlik yoki iltifotsizlikdan iborat salbiy xarakter xislati.
- Diqqatning o‘zgarib turishi — idrok, xotira, tasavvur yoki tafakkur jarayonida diqqatning ma’lum vaqt ichida dam kuchayib, dam susayib turishdan iborat qonuniyat; diqqat ba’zan daqiqaga 25—30 marta ham o‘zgaradi. Diqqatning o‘rtacha o‘zgarish tebranish chastotasi 2—3 sekundga tengdir.
Xulosa - Harakat esa diqqatni ob’ektga yanada ko`proq jalb etadi. Shunday qilib, diqqat harakatga qo`shilib va u bilan o`zaro chatishib, ob’ekt bilan mustahkam bog`lanish hosil qiladi”. Diqqatning barqarorligi uning harakatchanlik xususiyatlari bilan uzviy bog`liqdir. Diqqatning ko`chishi sub’ektning bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga, bir ob’ektdan ikkinchi ob’ektga, bir harakatdan ikkinchi harakatga ataylab o`tishda namoyon bo`ladi. Diqqatni ko`chirishning muvaffakiyati bir qancha shart sharoitlariga bog`liqdir. Ko`chirishi oldingi va keyingi faoliyatning xususiyatlari bilan bog`liq bo`ladi. Diqqatning ko`chirilishi ko`p jihatdan yangi faoliyat maqsadning shaxs uchun ahamiyati, uning aniq ravonligi va soddaligi bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |