Доцент, б ф. н. Г. С. Турсинбаеванинг “ботаника” фанидан “Қопловчи тўқима ва уларнинг турлари”
Download 4.43 Mb.
|
4438 63 203559 Копловчи Дарс ишланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- Тошкент – 2017 QOPLOVCHI TО‘QIMA VA ULARNING TURLARI. Ma’ruza rejasi
- Adabiyotlar
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИНОМИДАГИ ТОШКЕНТ ДАВЛАТ ПЕДАГОГИКА УНИВЕРСИТЕТИ “БОТАНИКА” КАФЕДРАСИ Доцент, б.ф.н. Г.С.Турсинбаеванинг “БОТАНИКА” фанидан “Қопловчи тўқима ва уларнинг турлари” мавзусидаги очиқ дарси Тошкент – 2017 QOPLOVCHI TО‘QIMA VA ULARNING TURLARI. Ma’ruza rejasi: Qoplovchi tо‘qimalarning paydo bо‘lishi va tuzilishi haqida tushuncha Epiderma Periderma Pо‘kak haqida tushuncha Gaz almashinuv, suv bug‘latish hamda mexanik himoya vazifasini bajaruvchi chegaralovchi tо‘qimalar guruhini qoplovchi tо‘qima deb ataladi. Qoplovchi tо‘qimalar kelib chiqishi va tuzilishiga kо‘ra epiderma, periderma va pо‘stloq (ritidom) kabi turlarga bо‘linadi. Qoplovchi tо‘qimalar – о‘simlik tanasini ta’shqi ta’sirlardan himoya qiladi. U о‘simlik tanasining tashqi qismlarida joylashgan. Masalan – о‘simlikning bargalri va yosh novdalari epidermus bilan qoplangan bо‘lib, u bir-biriga zich taqalib turuvchi bir qator parenhima hujayralaridan iborat. Epidermusning tashqi yuzasi rangsiz yupqa parda bilan qoplangan va u kutikula deyiladi. Barg yuzasida shuningdek maxsus teshikchalar bо‘ladi, ular barglarda gaz almashinuvi va suvni bug‘lanish uchun xizmat qiladi, hamda og‘izcha yoki ustitsa deyiladi. Shu bilan birga о‘simlik poyasi va bargini qizib ketishidan saqlovchi va suvni kam bug‘latuvchi tuklar ham mavjud. Periderma. Kо‘p yillik о‘simliklarning birinchi yilgi vegetatsiyasi oxirida ildiz va poyalardagi epiderma ikkilamchi kо‘p qavatli chegaralovchilari tо‘qima periderma bilan almashinadi. Periderma bir necha turdagi hujayralardan: pо‘kak fellogen va fellodermadan tashkil topgan. Unda hujayrani tashqi muhit bilan bog‘lovchi yasmiqchalar joylashgan. Pо‘stloq. Kо‘pgina daraxtlarning asosiy tanasidagi peridermasi pо‘stloq bilan almashinadi. U periderma qavatlari va о‘lik tо‘qimalar yig‘indisidan iborat. Qalin qavatli pо‘stloq daraxt tanasini har xil noqulay tashqi ta’sirlardan saqlaydi. О‘simliklarning qattiq mevalarida sklereidlar bо‘ladi (masalan, shaftoli, о‘rik, olxо‘ri danagidagi tosh hujayralar). Asosiy tо‘qimalar о‘simlik tanasining asosiy massasini tashkil qiladi, vazifasiga kо‘ra 4 tur; assimiliatsion, g‘amlovhi, shimuvchi, aerenhima kabi turlarga ajratiladi. Assimiliatsion tо‘qimalar о‘simliklarning ma’lum bir organlaridagi hujayralar guruhi hisoblanadi. Ular fotosintez jarayonini amalga oshiradi. G‘amlovhi tо‘qimlalar hujayralarida oqsil, uglevod va moy tо‘planadi, hamda ular о‘simlik о‘sishi va rivojlanishi jarayonida tejab sarflanadi. Ildizning uchlarida joylashgan shimuvchi tо‘qimalar tuproqdan suv va unda erigan mineral moddalarni shimadi. Hujayra oraliqlari taraqqiy etgan parenximani aerenxima deyish mumkin. U asosan assimiliatsiyon tо‘qimani kislorod bilan taminlaydi. Epidermis barg hujaraylarining tashqi qavatini ,gul qisimlarini ,meva va urugni hamda poyaning ikkilamchi tuzilish,ildizning ikkilamchi tuzilish xolatlarini qoplb turadi. Funksional va morfologik jixatdan epidermal hujaraylar bir xil emas va ular orasida odatdagi xujarayalardan tashqari ontogenezda ma’lum darajada epidermis kelib chiqishi bir xil toqimalarni xosil etadi. Ildiz va novda epidermislari ontogenetic rivojlanishining eng boshlangich etaplarida farqi bо‘ladi. Bu fakt sababli bazi botaniklar ildizning tashqi qavati uchun maxsus termin ishlatishni yaniy epiblemani taklif qildishdi . Shunga qaramsdan agar epidermisning rivojlanishi protodermdan bо‘lsa , nay tolali osimliklar har hil guruhlarining barcha organlari uchun epidermis termini ishlatiladi. Epidermis odatda ikkilamchi yug‘olashish xususiyati bо‘lmagan organlarning umri davomida saqlanadi.Bazi osimliklarda uzoq yashuvchi bir palali ikkilamchi yug‘olashmaydigan о‘simlklarda epidrmisning urnini pо‘kak tо‘qimasi egallaydi. Epidermisni davomiyligi ikkilamchi yug‘olashadigan organlarni о‘sishida о‘zgaradi; qoydaga binoan poya va ildizda epidermisni о‘rnini periderma osimlikning birinchi yilida egallaydi, masalan Acer striatum da periderma faqat bir necha yildan keyin ikkilamchi organlarning osishida egallaydi ( de Barri, 1877). Bu holatda epidermalniy hujayralar tangential bо‘linib kо‘payadi. The epiderms constitutes the outermost layer of cells of the leaves, floral parts, fruits and seeds, and of the stems and roots before they undergo considerable secondary thickening. Functionally and morphologically the epidermal calls are not uniform and among them, apart from the ordinary cells, many types of hairs, stomatal guard cells and other specialized cells are found. Topographically, however, and to a certain extent alsi ontogenetically, the epidermis constitutes a uniform tissue. The epidermis usually exists throughout the entire life of those organs that have no secondary thickening. In a few plants, such as long-lived monocotyledons with no secondary growth differs; usually in stems and roots the epidermis is replaced by the periderm during the plant’s first year , but there are certain trees, e.g. Acer striatum, in which the periderm develops only after deveral years of secondary growth of the organ ( de Bary,1877). In such cases the epidermal cells continue to divide anticlinally and to enlarge tangentially1. Birlamchi qoplag‘ich tо‘qima (epiderma) yosh novda, poya va barglarni ustki qismidan qoplab turadi. Ikkilamchi va uchlamchi tо‘qimalar – periderma va ritidomlar esa о‘simlikning poya va ildizlarini qoplaydi. Shimish vazifasi kuchliroq bо‘lgan tashqi chegaralovchi tо‘qimalar ildizlar uchun xarakterli bо‘lgan velamen va rizodermalardir. Ichki chegaralovchi tо‘qimalar о‘simlikning turli organlarida uchraydi: endoderma poya va ildizlarda, ekzoderma ildizda, о‘tkazuvchi boylamlarni о‘rab turuvchi hujayralar guruhi esa asosan barg uchun xarakterlidir. Epiderma uchki meristemaning tashqi qavatidan hosil bо‘lgan birlamchi qoplovchi tо‘qima hisoblanadi. U о‘simlikning yosh davrida barcha organlarini qoplab turadi. Keyinchalik kо‘p yillik organ ikkilamchi qoplovich tо‘qima bilan almashinadi. Poya va barglardagi birlamchi qoploichi tо‘qima epiderma deb ataladi. Epidermaning muhim vazifasi gaz almashinuvi boshqarish va suv sarfini kamaytirishdan iboratdir. Bulardan tashqari epiderma о‘simlikning ichki tо‘qimalariga kasallik tug‘diruvchi mikroorganizmlarni kirishidan va mexanik zararlanishdan saqlaydi. Organlarga mustahkamlik beradi. Epiderma orqali efir moylari, suv tomchilari va tuzlar ajralib chiqishi mumkin. Epiderma tо‘qimasi parenxima yoki bir oz chо‘zilgan tirik hujayralardan tashkil topgan. Hujayradagi yirik vakuol shira bilan tо‘la bо‘ladi. Odatda hujayrada rangli plastidalar bо‘lmaydi, ammo mag‘iz atrofida leykoplastlar kuzatiladi. Epiderma tashqi muhit bilan maxsus og‘izchalar yordamida bog‘lanadi. Og‘izchilar orqali gaz almashinuv va suv bug‘latish kabi muhim hayotiy jarayonlar amalga oshadi. Og‘izchilar ikkita loviyasimon hujayralardan va ular о‘rtasida joylashgan hujayra oralig‘i – og‘izchadan iborat. Og‘izchalar atrofida joylashgan epiderma hujayralari kо‘pincha boshqa hujayralardan farq qiladi va ularni og‘izchaning yordamchi hujayralari deyiladi. Loviyasimon hujayra bilan birga yordamchi hujayralar murakkab og‘izcha apparatini hosil qiladi. Og‘izchaning ustki va ostki tomonlarida oldingi va keyingi dahlizlar hamda og‘izcha tagida havo bо‘shlig‘i joylashgan. Og‘izchalarning ochilib va yopilib turishi ichki va tashqi omillarga bog‘liq. Tashqi omillardan biri о‘simlikni suv bilan ta’minlanganlagiga qarab og‘izchalarning ochilishi va yopilishi kuzatiladi, shu bilan о‘simlik bug‘lantiradigan suv miqdori boshqarib turiladi. Loviyasimon hujayralarning harakati turgor va plazmoliz hodisalariga ham asoslangan. Trixomalar. Epiderma hujayralari hosil qilgan о‘simtalar trixomalar deb ataladi. Ular nihoyatda xilma–xil bо‘lib, ayrim sistematik guruhlar uchun xarakterli belgi hisoblanadi. Trixomalardan tashqari о‘simlikda uchraydigan emergenslarni farqlash kerak. Emergenslarni hosil bо‘lishida epiderma tо‘qimasidan tashqari uning ostida joylashgan tо‘kimalar ham qatnashadi. Periderma. Kо‘p yilik о‘simliklarning birinchi yilgi vegetatsiyasi oxirlarida ildiz va poyalardagi epiderma ikkilamchi kо‘p qavatli chegaralovchi tо‘qima bilan almashinadi. Periderma tuzilishi va bajaradigan vazifasiga kо‘ra bir necha turdagi hujayralardan tashkil topgan. Ular quyidagilardan iborat: a) asosan himoya vazifasining bajaruvchi fellema (pо‘kak), b) peridermaning eniga о‘sishini ta’minlovchi fellogenni moddalar bilan ta’minlab turuvchi felloderma. Fellogen ikkilamchi meristema tо‘qima hisoblanib, u (olcha, olhuri, nok kabi о‘simliklarda) epiderma tо‘qimasidan yoki asosiy tо‘qimadan (qoraqat, shumrut va boshqalar) shakllanadi. Pо‘kak kambiysi tangental yо‘nalishda bо‘linishi natijasida ikki tur tо‘qima ajralib chiqadi. Ularning biri pо‘kak kambiysining tashqi tomonidagi hujayralar bо‘lib, pо‘kak qavatini hosil qilsa ichki markazga tomon ajralib chiqqan hujayralardan asosiy tо‘qima – felloderma hosil bо‘ladi. Pо‘kak tо‘qimalar hujayralari bir necha qavatdan iborat. Hujayra qobig‘ining suberin moddasini shimishi tufayli suv va gazlarni о‘tkazmay qо‘yadi va hujayralarning protoplasti halok bо‘ladi. Keyinchalik hujayra bо‘shligi havo, oshlovchi yoki smolasimon moddalar bilan tо‘lib qoladi. Pо‘kak tо‘qimasida hujayralarning tashqi muhit bilan aloqasini amalga oshirish uchun yasmiqchalar xizmat qiladi. Ularning о‘lchami va shkali nihoyatda xilma–xildir. Odatda ular mayda va shakli chо‘zinchoq yoki yumaloq bо‘ladi. Pо‘stloq (ritidom). Kо‘pchilik daraxtlarning eski tanalari va ildizlari silliq periderma о‘rniga pо‘stloq bilan almashinadi. U turli о‘simliklarda har xil davrlarda hosil bо‘ladi. Olma, oddiy qarag‘vay va noklarda hayotining 5 – 8 yillari, emanda – 25, grabda esa 50 yildan sо‘ng qoplaydi. U bir necha marta yangi periderma qavatlarini takrorlanishi natijasida pо‘stloq ostidagi tо‘qimalardan vujudga keladi. Bu vaqtda ushbu qavatlar orasidagi tirik hujayralar nobud bо‘ladi. Fellogen faoliyatining xarakteriga kо‘ra turli kо‘rinishdagi pо‘stloq hosil bо‘lishi mumkin. Fellogenning doira shaklda joy olishdan halkasimon pо‘stloq hosil bо‘ladi. Agarda fellogen ayrim bо‘laklar shaklida hosil bо‘lsa, tangachasimon pо‘stloq kelib chiqadi. Bu xildagi pо‘stloq kо‘p uchraydi. Qalin qatlamli pо‘stloq daraxt tanasini mexanik shikastlanishdan, yong‘indan va haroratning keskin shо‘garishidan saqlaydi. Ba’zi о‘simliklarda pо‘stloq umumdan hosil bо‘lmaydi (chinor, chetan, shumrut). Pо‘kak Ayrim daraxtlarning tanasida, kо‘p yillar mobaynida yangi periderma qavatlarining paydo bо‘lishidan hosil bо‘ladi. U yangi periderma qavatining ichkarisida yotgan tо‘qimalarning bir necha marotaba takrorlanishidan hosil bо‘ladi. Adabiyotlar: 1.M.I. Ikromov va boshqalar “ Botanika (O’simliklar morfologiyasi va anatomiyasi)” Toshkent 2002 2. .A.Fahn.PlantAnatomy.NewYork.University.USA2011. 3. S.M. Mustafayev “Botanika(anatomiya, morfologiya, sistematika)”Toshkent 2002 Download 4.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling