TECHИКА 1-2021
28
TECHИКА
mulohazalarida nisbiylik, sub’ektivlik
alomatlari
mavjud. U hammaga aynan birdek to’g’ri
munosabatda bo’la olmasligi mumkin, lekin u
hamma talabalarga nisbatan xolis niyatli,
yaxshilik
qilishga intiluvchi, adolatli kishi
ekanligiga barchaning ishonchi komil bo’lmog’i
lozim. Sinfda o’qituvchi
“yaxshi ko’radigan”,
“yomon ko’radigani” bor degan taassurot
tug’ilmasligi kerak.
Fanning muhim muammolari yuzasidan
erkin fikr yurita olishi va nihoyat talabalarni ham
ijodiy fikrlashga, tadqiqot ishlariga o’rgatish va
jalb etishni talab qiladi. Xullas, yaxshi o’qituvchi
bo’lish uchun bo’lajak muallim yuksak pedagogik
odob madaniyatini egallashi zarur. Buning uchun
bo’lajak o’qituvchi pedagogik odobning talab va
qoidalarini bilib, o’zlashtirib olishi,
tajribada
pedagogik
faoliyatda
qo’llashi,
o’zining
dunyoqarashi va axloqiy tajribasi bilan boyitishi
lozim, fikrlash va his etish, turmushda sinab
ko’rish natijasida pedagogik odobning talab va
qoidalari o’qituvchining shaxsiy e’tiqodiga,
axloqiy fazilatlariga aylanadi [2].
Do'stlaringiz bilan baham: