Doiralari,tushunchalari


Download 30.5 Kb.
bet6/6
Sana23.03.2023
Hajmi30.5 Kb.
#1287800
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6. Elektr tarmoqlari va tizimlari. 1-mavzu

Shartlar atrof-muhit

Elektr kabelining turi va joylashtirish usuli

Simlar va kabellar

Yashirin elektr o’tkazgichlar

Barcha turdagi binolar va tashqi qurilmalar

Qurilish konstruksiyalarining yopiq kanallarida. Yonuvchan materiallardan (o’zini-o’zi o’chiruvchi polietilen va boshqalar) tayyorlangan metall bo’lmagan quvurlarda. Suvoq ostida.
Istisnolar:

  1. Nam, o’ta nam xonalarda va tashqi qurilmalarda metall qobiqli izolyasion quvurlarni ishlatish taqiqlanadi.

  2. Nam, o’ta nam xonalarda va tashqi qurilmalarda devor qalinligi 2mm va undan kam bo’lgan po’lat quvurlar va po’lat berk qutilarini ishlatish taqiqlanadi.

Himoyalanmagan va himoyalangan, bitta va ko’p tolali simlar. Metall bo’lmagan qobiqdagi kabellar.

Quruq, nam va zax xonalar

Qurilish kontruksiyalarini ishlab chiqarishda monolit qilingan bo’lsa

Himoyalanmagan simlar

Ochiq va yashirin elektr o’tkazgichlar

Barcha turdagi binolar va tashqi qurilmalar

Metall egiluvchan quvurlarda. Po’lat quvurlarda (oddiy va ingichka devorli) va berk po’lat qutilarda. Qiyin yonuvchan materiallardan tayyorlangan metall bo’lmagan quvurlar va metall bo’lmagan berk qutilarda. Metall qobiqli izolyasiya quvurlarida.
Istisnolar: 1. Nam, o’ta nam xonalarda va tashqi qurilmalarda metall qobiqli izolyasion quvurlarni ishlatish taqiqlanadi. 2. Nam, o’ta nam xonalarda va tashqi qurilmalarda devor qalinligi 2mm va undan kam bo’lgan po’lat quvurlar va po’lat berk qutilarini ishlatish taqiqlanadi.

Himoyalanmagan va himoyalangan, bitta va ko’p tolali simlar. Metall bo’lmagan qobiqdagi kabellar.

Elektr o’tkazgichlarda ishlatiladigan sim va kabellarning qobig’i va izolyasiyasi-yotqizish usuli va atrof-muhit sharoitlariga mos kelishi kerak. Bundan tashqari, izolyasiya nominal tarmoq kuchlanishiga mos kelishi kerak.
O’rnatish hususiyatlariga bog’liq maxsus talablar mavjud bo’lganda, simlar va kabellarning himoya qoplamalari va izolyasiyasi ushbu talablarni hisobga olgan holda tanlanishi kerak.
Ishchi nol izolyasiyasi faza o’tkazgichlarni izolyasiyasiga teng bo’lgan izolyasiyaga ega bo’lishi kerak.
Kuchlanish 42 V ga qadar bo’lgan tarmoqlarda ishlaydigan liniyalarni o’tkazgichlaridan biri sifatida, ishlab chiqarishning normal xonalarida ochiq elektr o’tkazgichlarning po’lat quvurlari va troslaridan, shuningdek, ochiq o’rnatilgan elektr o’tkazgichlar metall qobiqlari, binolarning metall konstruksiyalari, ishlab chiqarishga mo’ljallangan konstruksiyalar (masalan, fermalar, ustunlar, kran yo’llari) va mexanizmlardan foydalanishga ruxsat etiladi. Bu holda bu o’tkazgichlarning uzluksiz va yetarli o’tkazuvchanligi hamda biriktirilgan joylarini ko’rinishi va ishonchli payvandlanishi ta’minlangan bo’lishi kerak.
Agar konstruksiyalar binolar yoki inshoatlarning yonayotgan qismlariga yaqin bo’lsa, yuqorida ko’rsatilgan konstruksiyalardan ishchi o’tkazgich sifatida foydalanishga yo’l qo’yilmaydi.
Yong’in xavfsizligi shartlariga muvofiq simlar va kabellar, quvurlar va kabellarni yotqizish ushbu qoidalar 2.1.3 jadvalining talablariga javob berishi kerak.
Yonuvchan materialdan tayyorlangan qobiqli himoyalangan sim (kabel)larni va himoyalanmagan o’tkazgichlarni ochiq yotqizilishida, sim (kabel)dan tagliklar, konstruksiyalar, yonuvchan materiallarning qismlarigacha bo’lgan yorug’likdagi masofa kamida 10 mm bo’lishi kerak. Agar ushbu masofani ta’minlash imkoni bo’lmasa, sim (kabel)ning har tomonidan kamida 10 mm gacha chiqib turadigan yonmaydigan material yordamida sirt (osnovaniye)dan ajratilishi kerak.
Yonuvchan materialdan tayyorlangan qobiqli himoyalangan sim (kabel)larni va himoyalanmagan o’tkazgichlarni yopiq tokchalarda, qurilish konstruksiyalari bo’shliqlarida (masalan, devor va qoplama o’rtasida) va hokazolarda yopiq yotqizilishida, yonuvchan materiallar mavjud bo’lsa simlar va kabellarni har tomondan yonmaydigan material yordamida to’liq himoya qilish kerak.\
Yonmaydigan va qiyin yonuvchan asoslar (osnovaniye) va konstrukisyalar orqali, qiyin yonuvchan materiallardan tayyorlangan quvurlar va qutilarni ochiq yotqizilganda, quvur (quti)lardan yonuvchan materiallardan tayyorlangan konstruksiyalar yuzasigacha bo’lgan yorug’lik masofasi kamida 100 mm bo’lishi kerak. Agar bu masofani ta’minlash imkoni bo’lmasa, quvur (quti) har tomonidan bu sirtlardan kamida 10 mm qalinlikdagi yonmaydigan materila (gips, alebaster, sement, ohak, beton va boshqalar) qatlami bilan ajratilishi kerak.
Qiyin yonuvchan materiallardan tayyorlangan quvur va qutilarni yopiq tokchalarda, qurilish konstruksiyalarining bo’shliqlarida (masalan, devor va qoplama o’rtasida) va hokazolarda yopiq yotqizilishida, quvur va qutilar yonuvchan materialdan tayyorlangan konstruksiya va qismlaridan har tomondan kamida 10 mm qalinlikdagi yonmaydigan material qatlami bilan ajratilishi kerak.
Atrof-muhitning yuqori harorati tufayli, normal issiqlikka ichdamli izolyasiya va qobiqqa ega sim va kabellardan foydalanilishi imokni bo’lmagan yoki rangli metalldan nooqilona foydalanishga olib kelishi mumkin bo’lsa, u holda yuqori issiqlikka chidamli bo’lgan sim va kabellar qo’llanilishi kerak.
Nam va o’ta nam xonalarda hamda tashqi qurilmalarda simlarni izolyasiyasi va izolyasiyalangan tayanchlar, shuningdek, tayanch va ushlab turuvchi bo’lmagan konstruksiyalar, quvurlar, qutilar va lotoklar namlikka chidamli bo’lishi kerak
Download 30.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling