Dolzarb masalalari
Savol: O‘quvchilar nima uchun ushbu tajribani o‘tkazishganini tushuntiring
Download 356.92 Kb. Pdf ko'rish
|
Wrkxb1NuP9oXhZ4sHsQ4VzRKExu3ok6RMAHjopSy
- Bu sahifa navigatsiya:
- NON UCHUN XAMIR
Savol:
O‘quvchilar nima uchun ushbu tajribani o‘tkazishganini tushuntiring. ______________________________________________________________ _________________________________________________________________ Baholash mezoni Mazkur topshiriqni bajarish uchun o‘quvchilar tajribani to‘g‘ri tashkil etishni bilishlari kerak: tajribada tadqiq etilayotgan omilning ta’sirini o‘rganish va obyektiv, haqqoniy natijalar olish uchun ikki xil, ya’ni nazorat va sinov tajribalari qo‘yiladi. Marmar bo‘lakchasi distillangan suvga solinganda uning massasi kamaymaydi, chunki toza suv neytral bo‘lganligi sababli marmar bilan reaksiyaga kirishmaydi. Yuqorida keltirilgan tajriba marmardan yasalgan haykallarning yemirilishiga kislotali yomg‘irlar sabab ekanini ko‘rsatadi. Agar o‘quvchilar o‘z javoblarida kislota (sirka kislota) reaksiya borishining zarur sharti ekanini ifodalagan bo‘lishsa, javob to‘liq qabul qilinadi ( 1 ball). To‘g‘ri javoblar quyidagicha bo‘lishi mumkin: ► bunday reaksiya borishi uchun yomg‘ir suvi nordon bo‘lishiga ishonch hosil qilish kerak, chunki oddiy suvda reaksiya bormaydi; ► marmar bo‘lakchasida o‘yiqlar paydo bo‘lishining boshqa sabablari bor-yo‘qligini bilish; ► marmar bo‘lakchalari har qanday suyuqlik bilan reaksiyaga kirishmaydi, chunki suv neytraldir. Agar o‘quvchilar sirka kislota va marmar bo‘lakchasi o‘rtasidagi reaksiyani taqqoslash uchun deb javob berishsa-yu, ammo javobda kislota (sirka kislota) reaksiya borishining muhim sharti ekanini qayd etmagan bo‘lishsa, javob qisman qabul qilinadi (1 ball). Qisman qabul qilinadigan javoblar quyidagicha bo‘lishi mumkin: ► boshqa kolbadagi natija bilan taqqoslash uchun; ► marmar bo‘lakchalari toza suvda o‘zgaradimi-yo‘qmi, Shuni ko‘rish uchun; ► oddiy yomg‘ir marmarga tushganda nima sodir bo‘lishini ko‘rish uchun; ► oddiy suv bilan kislotali suv o‘rtasidagi farqni ko‘rish uchun. Javob yo‘q yoki boshqa javoblar bo‘lsa, javob qabul qilinmaydi (0 ball). NON UCHUN XAMIR Novvoy osh tuzi, un, suv va achitqilarni idishga solib, ularni aralashtiradi, xamir qoriydi. Shundan so‘ng xamirda achish jarayoni boshlanishi uchun bir necha soatga olib qo‘yiladi. Achish davomida xamirda kimyoviy jarayonlar kechadi: achitqilar (bir hujayrali zamburug‘lar) un tarkibidagi kraxmal va shakarni karbonat angidrid va spirtga aylantiradi. Savol: Bir necha soat o‘tib, xamir tayyor bo‘lgach, novvoy xamirni tarozida tortib ko‘rdi va uning massasi kamayganini aniqladi. Rasmda ko‘rsatilgan to‘rtta tajribaning boshlanishida xamirning massasi bir xil bo‘lgan. Novvoy qaysi ikkita tajriba natijalarini o‘zaro taqqoslab, xamirning massasi kamayishiga achitqilar sababchi ekanini aniqlashi zarur? A. Novvoy 1- va 2-tajriba natijalarini o‘zaro taqqoslashi kerak. B. Novvoy 1- va 3-tajriba natijalarini o‘zaro taqqoslashi kerak. C. Novvoy 2- va 4-tajriba natijalarini o‘zaro taqqoslashi kerak. D. Novvoy 3- va 4-tajriba natijalarini o‘zaro taqqoslashi kerak. Download 356.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling