PISA tadqiqoti haqida asosiy ma’lumotlar
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi “Xalq
ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish
chora-tadbirlari toʻg‘risida‖gi 997-sonli qarori bilan Xalqaro baholash dasturlari
boʻyicha xalqaro tadqiqotlarda Oʻzbekiston Respublikasining ishtirok etishiga
tayyorgarlik koʻrish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” tasdiqlangan. Unda eng ustivor vazifa
qilib quyidagilar olindi:
– xalqaro tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda oʻqish, matematika va tabiiy
yoʻnalishdagi fanlardan davlat ta’lim standartlari, oʻquv dasturlari hamda oʻquv
adabiyotlari mazmuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;
– PISA baholash dasturi yoʻnalishidagi savollar milliy bazasini yaratish va oʻquv
dasturlariga integratsiya qilish;
– oʻquvchilar savodxonligini baholashning milliy tizimini yaratish va 2019-2021
yillarda amaliy koʻnikmalarini shakllantirilishini baholashga qaratilgan sinovlarni
tizimli ravishda oʻtkazib borish.
Shuning uchun PISA tadqiqotiga batafsilroq nazar tashlaylik:
Hozirgi kunda milliy innovatsion tizimni rivojlantirish hamda innovatsion
potentsialini takomillashtirmoq mamlakatning iqtisodiy oʻsishning eng muhim
omillari hisoblanmoqda. Shuning uchun mazkur omillarni tadqiq etish muammolari
dunyoning koʻplab davlatlar va xalqaro tashkilotlar uchun dolzarbdir. Shu munosabat
bilan innovatsion rivojlanishning darajasini tezkor va ishonchli tahlil qilishga
moʻljallangan baholash tizimi mavjudligi katta ahamiyatga ega.
Bunday baholash tizimlari sifatida obroʻli xalqaro tashkilotlari tomonidan
yaratilgan xalqaro reyting tizimlari qoʻllanilmoqda. Shulardan eng mashhur reyting
tizimi sifatida INSEAD biznes-maktabi, Kornel universiteti va intellektual mulk
Jahon tashkiloti tomonidan qoʻllanilayotgan Global innovatsion indeks hizmat
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |