Dolzarb masalalari


Tashkil etiladigan xalqaro baholash dasturlari


Download 493.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/12
Sana27.02.2023
Hajmi493.26 Kb.
#1234134
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
kWdaUIN6OTs7mkIsF7WWGeyDf8JAlhpu2PPv1Jyi

Tashkil etiladigan xalqaro baholash dasturlari. 
Vazirlar Maxkamasining 997-sonli qarorida quyidagi xalqaro baholash 
dasturlari boʻyicha xalqaro tadqiqotlar tashkil etilishi qayd etilgan: 

Progress in International Reading and Literacy Study (PIRLS) –
boshlang‘ich 4-sinf oʻquvchilarining matnni oʻqish va tushunish darajasini baholash 
uchun; 

Trends in International Mathematics and Science Study (TIMSS) – 4 va 
8- sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlardan oʻzlashtirish 
darajasini baholash uchun; 

The Programme for International Student Assessment (PISA) – 15 yoshli 
oʻquvchilarning oʻqish, matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlardan savodxonlik 
darajasini baholash uchun; 

The Teaching and Learning International Survey (TALIS) – rahbar va 
pedagog kadrlarning umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida oʻqitish va ta’lim olish 
muhitini hamda oʻqituvchilarning ish sharoitlarini oʻrganish uchun. 
Tadqiqotga asos qilib olingan matnlarning umumiy qisqacha tasnifi 
Yaxlit matnlar: 
➢ Tasvirlash (bayon) badiiy va texnikaviy topshiriqlar 13%; 
➢ Hikoya qilib berish (hikoya, hisobot, reportaj) 22%; 
➢ Tushuntirish (tushuntirib beradigan, insho, ta’riflash, izohlash,qisqa
xulosa (rezyume), sharhlash (interpretatsiya)13%; 
➢ Dalillash (kommentariy, ilmiy asoslash) 13%; 


➢ Instruktsiya – qoʻllanma (ishni bajarish uchun koʻrsatma, qoidalar, 
ustavlar, qonunlar) 5%. 
Yaxlit boʻlmagan matnlar: 
➢ Grafiklar –11%; 
➢ Diagrammalar –3%; 
➢ Jadvallar –11%; 
➢ Kartalar –3%; 
➢ Hujjat namunalari – (soliq hujjatlari, tashrif qog‘ozlari, anketalar) –3%; 
➢ Axborot qog‘ozlari va e’lonlar -2%. 
Savodxonlikni baholashda quyidagi besh jihatni hisobga olinadi: 
1) Matn mazmunining umumiy orientatsiyasi va uning mantiqiy butunligini 
tushunish (20% topshiriqlar); 
2) Ma’lumotlarni aniqlash (20%); 
3) Matnni sharhlash, izohlash (30%); 
4) Matn mazmunini tahlil qilish, mushohada yuritish (15%); 
5) Matnning uslubi ustida fikr yuritish (15%); 
Oʻqish savodxonligining barcha jihatlari bir-biri bilan oʻzaro bog‘liq. Ikkinchi 
jihatining muvaffaqiyatli ado etilishi birinchisining toʻg‘ri bajarilishiga bog‘liq. 
Matnni toʻliq tushunish oʻquvchilarni har bir jihat boʻyicha chuqur bilimga egalik 
darajasini koʻzda tutadi. 
Matn mazmunini nimaga qaratilganligini aniqlash va uning ma’no butunligini 
tushunish uchun bosh mavzuni umumiy maqsadini yoki matndan koʻzlangan 
maqsad nimaligini aniqlash lozim. Buning uchun oʻquvchining oʻziga matnga 
sarlavha oʻylab topish, matnning umumiy ma’nosini anglatuvchi tezis tuzish, 
matnda koʻrsatilgan yoʻl-yoʻriqlar tartibini tushuntirish, grafik yoki jadvallarning 
asosiy tarkibiy qismlari nimalardan iboratligini aniqlash, karta yoki rasmning 
maqsadini aniqlash kabi vazifalar beriladi. 
Umuman 
matnni 
tushungan-tushunmaganini 
aniqlashga 
qaratilgan 
topshiriqlar oʻquvchilarga matnning bir qismi va savol koʻrinishidagi umumiy 
g‘oyasi oʻrtasidagi moslikni, matn qismi va muallif tomonidan berilgan oʻziga xos 
izoh oʻrtasidagi moslikni aniqlash uchun berilishi mumkin. 
Matn g‘oyasining berilgan ta’riflar orasidan umumiyrog‘i, asosiyrog‘ini 
tanlashni taklif qilish oʻquvchining asosiy g‘oyani ikkinchi darajasidan ajrata olish 
mahoratini koʻrsatadi. 
Topshiriqlarni bajarish uchun oʻquvchi matnning tuzilishi, janr xususiyatlari 
haqidagi bilimga, matndagi istehzo, yumor soʻz ifodalangan ma’no nozikliklarini 
payqashi, muallif fikrini anglashi va tasvirlanganvoqea hodisaga muallif bergan 
bahoni farqlay olish qobiliyatiga ega boʻlishi kerak. 


Matn uslubini anglashni koʻrsatadigan topshiriqlar ish faoliyatining aynan 
tanqidiy tahlil, tasvirning muallif oʻylagan g‘oyaga mosligi yoki matnning uslubiy 
sharh sifatida oʻz maqsadiga mosligini baholash va boshqa usullarini kuchaytiradi. 
”Savodxonlik” atamasi aynan oʻquvchilarning olgan bilimlarini kundalik 
hayotga tadbiq eta olish mahoratini ta’kidlash uchun qoʻllaniladi. 
Masalan, funktsional oʻqish (xizmatga, ishga oid) deganda oʻquvchining 
ma’lumot olishi va uni baholash mahorati, diagrammalarni oʻqish, matndagi 
bog‘liqliklarni (aloqani) topish, izohlash, sharhlash, xulosa chiqarish mahorati 
nazarda tutiladi. 

Download 493.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling