Dolzarb masalalari
Global innovatsion indeks
Download 493.26 Kb. Pdf ko'rish
|
kWdaUIN6OTs7mkIsF7WWGeyDf8JAlhpu2PPv1Jyi
Global innovatsion indeks (bundan buyon GII) innovatsion faoliyat toʻg‘risidagi
eng muhim axborot manbai hamda qaror chiqaruvchi organlar uchun foydali nazorat vositasi sifatida dunyo miqyosida e’tirof qilingan. Mazkur indeks ham iqtisodiy rivojlangan, ham bozor iqtisodiyoti endi shakllanayotgan davlatlarga qoʻllanilishi hamda innovatsiyalarga keng ravishda yondashgani uchun e’tiborga loyiq. Jamiyat va davlat hayotining barcha sohalari shiddat bilan rivojlanayotgani islohotlarni mamlakatimizning jahon tsivilizatsiyasi yetakchilari qatoriga kirish yoʻlida tez va sifatli ilgarilashini ta’minlaydigan zamonaviy innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarga asoslangan holda amalga oshirishni taqozo etadi. Shuning uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 sentyabrdagi PF-5544-son “2019–2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻg‘risida” Farmonida Oʻzbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib Global innovatsion indeks reytingi boʻyicha jahonning 50 ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishish vazifasi belgilangan. GII dagi “inson kapitali va tadqiqotlar” guruhning ma’lumotlarini tahlili doirasida Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining (Organisation for Economic Cooperation and Development (OECD)) oʻquvchilarni Xalqaro baholash dasturi (Programme for International Student Assessment (bundan buyon PISA baholash tadqiqoti))da olingan koʻrsatkichlarga e’tibor qaratish lozim. PISA – turli davlatlarda 15 yoshli oʻquvchilarning savodxonligini ( oʻqish, matematika, tabiiy fanlar) hamda bilimlarini amaliyotda qoʻllash qobiliyatini baholovchi test. 78 ta mamlakatda oʻtkaziladi. Har bir mamlakatda 4500 dan 10000 nafargacha oʻquvchi test sinovlariga jalb etiladi. PISA doirasida quyidagilar tadqiq etiladi: – Yoshlar kelajakda oʻzlari duch keladigan qarama-qarshiliklarga qay darajada tayyor? – Oʻquvchilar ziddiyatlar sabablarini tahlil qilish, izlash va aniqlash hamda oʻz g‘oyalarini taqdim etishga qodirmi? – Oʻquvchilar qay darajada oʻz bilim va koʻnikmalarini real hayotga tatbiq etish qobiliyatiga ega? PISA ning asosiy maqsadi maktabni tugatgandan soʻng oʻquvchilar faol hayotiy pozitsiyani egallashlariga imkon beradigan chuqur bilimga egalik darajasini baholashdir. Oʻquvchilar tayyorgarligini baholash uch yoʻnalishda (Oʻqish savodxonligi, Matematik savodxonlik, tabiiy-ilmiy savodxonlik) boʻyicha amalga oshiriladi. Bularning har biri ma’lum bir oʻquv faniga mos keladi. Asosiy e’tibor oʻquvchilar asosiy tushunchalarni anglashiga, yuqorida koʻrsatilgan uch yoʻnalish doirasida oʻrganilayotgan asosiy usullarni egallashlariga va oʻz bilimlarini turli vaziyatlarda ishlata olish qobiliyatiga qaratiladi. Baholashda oʻquvchilarni oʻquv fanlarini toʻliq mazmun mohiyatini oʻzlashtirishiga alohida e’tibor qaratilmaydi. Tadqiqotda hayotda kerak boʻladigan bilim, koʻnikma va malakalarning oʻzlashtirilishiga hamda oʻquvchilarni fanlarning oʻzaro bog‘liqligidan xabardorligini baholashga e’tibor qaratiladi. (oldiga qoʻyilgan masalani yechishda turli fanlarni oʻrganish jarayonida olingan bilimlaridan yoki boshqa axborot manbalaridan olingan bilimlaridan foydalanishlariga e’tibor beriladi). PISA dasturida oʻquvchilarning matematik savodxonligi 54 ta topshiriq (84 ta savol), oʻqish savodxonligi 8 ta topshiriq ( 28 ta savol), tabiiy fanlardan bilimi 13 ta topshiriq (35 ta savol), Shu yoʻnalishlar boʻyicha oʻquvchilarning kompetentliligi, muammolarni yecha olish koʻnikmalari 10 ta topshiriq (19 ta savol) yordamida aniqlanadi. Savollarning 50 foizi javobi tanlanadigan (test) boʻlsa, 12 foiz savollarning javoblari oʻquvchi tomonidan aniq soʻz yoki raqamlar vositasida ifodalanishi, savollarning qolgan qismiga oʻquvchi erkin javob yozishi kerak boʻladi. Ba’zi bir topshiriqlaraynan bir hayotiy vaziyatlarga doir, turli murakkablikka ega bir necha savoldan iborat boʻladi. Testlar bir necha variantda tuziladi. Bunda bir guruhdagi topshiriqlar bir necha variantga kiritilishi mumkin. Oʻquvchilar haqidagi ma’lumotlaranketa soʻrovnomasi yordamida toʻplanadi. (anketani toʻldirishga 40 daqiqa ajratiladi). Maktab ma’muriyati ham qisqacha anketa toʻldiradi, maktab xodimlarining soni, oʻqituvchilar mustaqilligi, maktab resurslari, tajribalari haqida ma’lumotlar toʻplash amalga oshiriladi. Olingan ma’lumotlardan oldindan belgilangan omillarning ta’lim natijadorligiga ta’sirini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Dastlabki qadamlarda (1999-yili) PISA tadqiqotining mualliflari 15 yoshli oʻquvchilarning zamonaviy jamiyatga moslashishga tayyorligini aniqlash masalasini qoʻyganlar. Bu holat PISA tadqiqotining yoʻnalishlaridan biri sifatida – 15 yoshli oʻquvchilarning kundalik hayotdagi muammolarni hal qilish uchun matematika fanidan foydalanish darajasini tayyorgarligini baholash yoʻnalishini belgiladi. Tadqiqot 3 yillik davrlardan iborat boʻlib, bunda har 9 yilda boshqa yoʻnalishlarga nisbatan matematika yoʻnalishiga kattaroq e’tibor qaratiladi. 2021- yildagi asosiy yoʻnalish – matematik savodxonligi qilib olinadi. Tadqiqot natijalari har uch yilda turli mamlakatlar ta’lim tizimini belgilovchi koʻrsatkichlar bilan birga e’lon qilinib boriladi. Bu axborot ishtirokchi mamlakatlarga oʻz yutuqlarini boshqa mamlakatlarning yutuqlari bilan qiyoslash va bu orqali xalq ta’limi tizimi boʻyicha siyosatni aniqlashda foydalanish imkonini beradi. 2015-yil tadqiqotlarining qiziqarli natijalari: Tabiiy fanlar • Singapurlik maktab bolalari fanlar boʻyicha imtihon-sinovlarda ishtirok etayotgan boshqa davlatlar vakillarini ortda qoldirgan. • Ishtirokchilarning faqat toʻrtdan biri kelajakda fan bilan Shug‘ullanishga qaror qilganini bildirgan. • Oxirgi oʻn yil ichida Kolumbiya, Isroil, Xitoy, Portugaliya, Qatar va Ruminiyada maktab oʻquvchilari tomonidan fanlarni oʻzlashtirish darajasi sezilarli darajada oʻsgan. Matematika • Matematika boʻyicha imtihon-sinovlarda Osiyo mamlakatlari vakillari boshqalardan ancha oʻzib ketgan. • Oxirgi uch yil ichida Albaniya, Kolumbiya, Montenegro, Peru, Qatar va Rossiyaning oʻrtacha koʻrsatkichi sezilarli darajada oʻsgan. Oʻqish (tez va ifodali oʻqish) • Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (a’zolari – AQSH, Yaponiya, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Islandiya, Norvegiya, SHveytsariya, Turkiya davlatlari, Shuningdek Yevropa Ittifoqiga kiruvchi 25 mamlakat)ga a’zo davlatlardan ishtirok etganlarning 20 foizi oʻqish sohasida bazaviy bilimga ega emas. Gender • Oʻg‘il bolalar qiz bolalarga qaraganda fanlarni oʻzlashtirishda yaxshi koʻrsatkichga ega. Ishtirokchi davlatlarning faqat toʻqqiztasi buning aksi kuzatilgan. • Oʻg‘il bolalar oʻzlarining ilm-fanga boʻlgan qobiliyatlariga qiz bolalarga qaraganda qoʻproq ishonishadi. • Dunyo boʻyicha ifodali oʻqish borasida qiz bolalar oʻg‘il bolalarni ortda qoldiradi. Imkoniyatlar tengligi • Kanada, Daniya, Estoniya, Xitoy ta’lim olish imkoniyatlari va huquqlar tengligi masalasida ancha yaxshi koʻrsatkichlarga ega. • Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga a’zo davlatlarda maktab oʻquvchilarining oʻzlashtirish darajasi ularning ijtimoiy-iqtisodiy holatiga bog‘liq ekan. Davomat • Maktab oʻquvchilarining koʻp dars qoldirish holatlari boʻyicha birinchi oʻrinda Montenegro (60 foiz), ikkinchi oʻrinda Italiya (55 foiz) qayd etilgan. Uchinchi oʻrinda keltirilgan Turkiya soʻnggi uch yilda koʻrsatkichlarini ancha yaxshilab olgan. • Muntazam dars qoldiruvchilar sinov-imtihonlarda juda past natija koʻrsatishgan. Download 493.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling