Don- dukkakli ekinlarni umumiy tavsifi. No’xat ekini


Download 1.51 Mb.
bet1/5
Sana29.03.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1307993
  1   2   3   4   5
Bog'liq
FAXRIYOR


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI
TAQDIMOT
Fan: Mevachilik va sabzavotchilik
Mavzu: No’xat
Bajardi:321-20 QXMS va DIT guruh F. Quvondiqov
Qabul qildi: X.Aralov

No’xat ekini

  •  Dukkakli ekinlarni xalq xo’jaligidagi ahamiyati va tarqalishi
  • No’xatning ahamiyati, biologiyasi.
  • No’xatning yetishtirish texnologiyasi.

Reja:

Dukkakli - don ekinlari dukkakdoshlar oilasiga mansub bo’lib, bu guruxga no’xat, yasmiq, ko’k no’xat, soya, loviya, mosh, vika, oddiy no’xat va lyupin o’simliklari kiradi.


Dukkakli don ekinlarining eng avvalo, doni poyasi va barglari tarkibidagi oqsil miqdori ko’pligi bilan xarakterlanadi. Bu ekinlarni ko’pchiligini donini tarkibida 20-30% oqsil bor. Bu g’alla ekinlari donidagi oqsilga qaraganda 2-3 marta ko’pdir.
Bu ekinlarning donini tarkibida A, V, V2, S, D, YE, RR va boshqa vitaminlar bor. Bu ularning oziq-ovqatlik va yem-xashaklik qimmatini yanada oshiradi. Bu dukkakli ekin donidan tashqari, poyasidan to’yimli pichan, silos, xashaki un tayyorlanadi.

Dunyo dexqonchilikda dukkakli don ekinlari 135 mln.gektar atrofida ekiladi. Dukkakli don ekinlari Xindiston, Xitoy va Amerikada keng tarqalgan. Respublikamizda dukkakli don ekinlari 1998 yili 22,2 mingga atrofida ekildi. O’zbekistonda ko’proq mosh, soya, oddiy no’xat loviya ekiladi.


No’xat qimmatli oziq-ovqat va xashaki o’simlikdir. Uning doni tarkibida O’rtacha 19-30% oqsil, 4-7% moy, 46-60%. kraxmal, V.vitamin, turli mineral tuzlar va ovqat xazm qilishga yordam beradigan eng muxim aminokislotalar br.

No‘xat – dukkaklilar oilasiga mansub bir yillik va ko‘p yillik o‘tsimon o‘simlik turkumi; dukkakli don ekini. Vatani Osiyo. Poyasi o‘tsimon, tik o‘sadi, dag‘al, qovurg‘ali, sershox, tukli, balandligi 30-70 sm. Bargi murakkab, patsimon. Guli ikki jinsli, kapalaksimon, mayda. Mevasi dukkak, dukkagida 1-2 ta, goh 3 ta don bo‘ladi. Don rangi oq, pushti, to‘q-sariq, issiqsevar va yorug‘sevar, bahorgi ekin. Boshqa dukkakli ekinlarga nisbatan qurg‘oqchilik va sho‘rga chidamli, urug‘i 2-5°C haroratda unib chiqadi, past haroratda sekin o‘sadi. Maysasi bahorgi -6-8°C gacha qorasovuqlarga chidaydi. Namlik meʼyordan ortiq bo‘lsa kasallanadi, shona va guli to‘kiladi. O‘zidan changlanadi. O‘suv davri 70-190 kun. Don tarkibida 19-33% oqsil, 4-7% moy, 0,2-4,0% kul, 48-61% azotsiz ekstrativ moddalar, 2-12% klechatka, vitaminlar hamda aminokislotalar mavjud. Bir mavsumda bir gektar yerda no‘xat ildizlari 50-70 kg sof modda hisobida azot to‘playdi. Keng qatorlab (qator orasi 45-60 sm) yoki yoppasiga qatorlab (qator orasi 15 sm), baʼzan sepma usulida 5-10 sm chuqurlikda ekiladi. O‘zbekistonda aksariyat lalmi yerlarda ekiladi. Gullash davrida suvni kam meʼyorda berish yaxshi natija beradi, to‘liq pishganda guli to‘kiladi, dukkagi deyarli chatnamaydi, hosili don kombaynlarida yig‘ib olinadi.


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling