Don va donni qayta ishlash jarayonlarining ilmiy asoslari Reja
V. Don va don mahsulotlarini jo‘natishni rasmiylashtirish
Download 82.04 Kb.
|
Don va donni qayta ishlash jarayonlarining ilmiy asoslari Reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
V. Don va don mahsulotlarini jo‘natishni rasmiylashtirish
32. Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilingan don va don mahsulotlarining tizimdan tashqari iste’molchilarga sarfi (berish va yuklab jo‘natish) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli topshiriqlari asosida amalga oshiriladi. Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilingan don va don mahsulotlarining korxonaga sarfi (berish va yuklab jo‘natish) uchun buyruqlar (221-shakl) va naryadlar, shuningdek ular asosida jo‘natuvchi korxonalar va oluvchi korxonalar o‘rtasida tuzilgan shartnomalar hujjat (asos) bo‘lib hisoblanadi. 33. Tizimdan tashqari iste’molchilarga don va don mahsulotlari berish buyruq (221-shakl) bilan rasmiylashtiriladi, ularning tizim ichida tashilishi naryadlar (222-shakl) bilan rasmiylashtiriladi. 34. Korxonaga tushadigan barcha buyruqlar va naryadlar don mahsulotlarini berish uchun olingan va yozilgan buyruqlar va naryadlarni hisobga olish jurnallarida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Har bir buyruqqa don mahsulotlari berilishining hisobi kartochkasi yuritiladi. Unda omborga berilgan buyruqlar va ularning bajarilishi, berilgan don va don mahsulotlari va ularning ushlab qolinishi qayd etiladi. Buyruqlar va naryadlar don va don mahsulotlari yuklab jo‘natilganini tasdiqlaydigan hujjatlar bilan birgalikda korxona buxgalteriyasiga beriladi. 35. Don mahsulotlarini yuklab jo‘natish va berish hujjatlarida – transport yuk xatlarida va boshqa shaharga yuklab jo‘natish bo‘yicha korxonalar tomonidan yoziladigan schyot-fakturalarda naryad yoki buyruqning tartib raqami ko‘rsatilishi kerak. 36. Don va don mahsulotlarining har bir turkumi buyruq (16-shakl) asosida korxonaning moddiy javobgar shaxsi tomonidan, tortish yo‘li bilan aniqlanadigan (standart og‘irlikdagi qoplarga qadoqlangan mahsulotdan tashqari) miqdor bo‘yicha va korxona laboratoriyasi aniqlagan sifat ko‘rsatkichi bo‘yicha beriladi (yuklab jo‘natiladi). Yuk jo‘natuvchida vagon yoki elevator tarozilari bo‘lmasa, og‘irlikni aniqlash jo‘natiladigan stansiyaning vagon tarozilarida temir yo‘lning taroziboni tomonidan yuk jo‘natuvchi bilan birgalikda aniqlanadi va ularning yuk xatdagi imzosi bilan tasdiqlanadi. 37. Yuklarni tortish natijalari tarozi jurnallariga (28 va 29-shakllar) kiritiladi. Tirkamali avtomobillarda olib chiqib ketilayotgan turkum don bo‘yicha jurnallarda (28 va 29-shakllar) avtomobil va tirkamaning raqami ko‘rsatiladi. 38. Standart og‘irlikdagi qoplarga solingan un, yorma va makkajo‘xori urug‘liklari, boshqa urug‘larni berish tarozida tortilmasdan amalga oshiriladi, ularning og‘irligi esa qoplar soni va standart og‘irlik yoki har bir yuk o‘rnida yetkazib beruvchi tomonidan ko‘rsatilgan og‘irlik bo‘yicha aniqlanadi. 39. Berish (yuklab jo‘natish)da don va mahsulotning sifati korxona laboratoriyasi tomonidan aniqlanadi, tekshirish natijalari tekshirish kartochkasiga va jurnalga kiritiladi. 40. Oluvchilarga yem aralashmasi va omixta yem berishda ularning har bir turkumiga sifat guvohnomasi beriladi (43-shakl). 41. Sifat guvohnomasini (43-shakl) rasmiylashtirishda korxona laboratoriyasi unda berish paytida aniqlangan mahsulotning amaldagi namligini ko‘rsatadi, sifatning boshqa ko‘rsatkichlari mazkur guvohnoma bo‘yicha aks ettiriladi. 42. Oluvchi don va mahsulot sifatiga norozilik bildirgan taqdirda, ular oluvchi ishtirokida ko‘rsatib o‘tilgan laboratoriya tomonidan takroran analiz qilinadi yoki namuna sifat to‘g‘risidagi uzil-kesil xulosa uchun vakolatli davlat organiga yuboriladi. 43. Yuk temir yo‘l stansiyasi yoki bandargohga topshirilgandan keyin korxonaning vakolatli shaxsi stansiyadan (bandargohdan) yuk kvitansiyalari (temir yo‘l kvitansiyalari va daryo yuk xatlari)ni oladi hamda o‘sha kunning o‘zida ularni don mahsulotlarini yuklab jo‘natgan moddiy javobgar shaxsga beradi. 44. Don va mahsulotning og‘irligi yuk tovar-transport yuk xatiga (21-shakl) imzo chekilgan holda topshiriladigan haydovchi yoki kuzatib boradigan shaxs ishtirokida moddiy javobgar shaxs yoki tarozibon tomonidan aniqlanadi. 45. Moddiy javobgar shaxs yuk kvitansiyalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshiradi, ularni qayta tortish jurnali bilan solishtiradi va shundan keyin don mahsulotlarini yuklab jo‘natishga temir yo‘l vedomostlari yoki daryo yuk xatlari (20-shakl) to‘ldirib yuklab jo‘natishni rasmiylashtiradi. 46. Moddiy javobgar shaxs don va don mahsulotlari yuklab jo‘natilgandan keyingi kundan kechikmay transport-yuklab jo‘natish hujjatlarini hisobot bilan birgalikda korxona buxgalteriyasiga topshiradi. 47. Don va mahsulot temir yo‘l yoki daryo transportiga yuklanganda ortilgan har bir don va mahsulotning turkumiga laboratoriya sifat guvohnomasi yozadi va unda yuk xati bo‘yicha og‘irlikni va laboratoriya bo‘yicha aniqlangan sifatni ko‘rsatadi, standart og‘irlikdagi qoplarga solingan un va yorma bo‘yicha esa, bundan tashqari, qoplashdagi namlik va yuklab jo‘natish sanasi ko‘rsatiladi. Donni temir yo‘l transportiga ortishda bitta temir yo‘l xati bo‘yicha bitta oluvchining nomiga bir necha vagonlarga yuklangan donning bir xildagi turkumiga bitta sifat guvohnomasi berishga ruxsat beriladi. Ushbu hollarda sifat guvohnomasida vagonlarning raqami ko‘rsatiladi. Bunday tartib tarqatish stansiyalarida yuklab jo‘natishda tatbiq etilmaydi. 48. So‘tadagi makkajo‘xorini yuklab jo‘natishda sifat guvohnomalarida donning amaldagi chiqishi ham ko‘rsatiladi. 49. Sifat guvohnomasi IChTL boshlig‘i (laboratoriya mudiri) yoki uning o‘rnidagi shaxs tomonidan imzolanadi. 50. Don va don mahsulotlarini avtomobil transportiga yuklash moddiy javobgar shaxs tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtiriladigan buyruq (16-shakl) asosida amalga oshiriladi. Don va don mahsulotlarini avtomobil transportida tashish uchun berish tovar transport xati bilan rasmiylashtiriladi (21-shakl). 51. Don va don mahsulotlarining har bir turkumiga laboratoriya tomonidan belgilangan shakl bo‘yicha sifat guvohnomasi yoziladi. 52. Don va mahsulotni korxona ichida tashishga rahbar tomonidan imzolangan yuk xatlari (19-shakl) rasmiylashtiriladi. Don va mahsulotni bir hudud doirasida ombordan omborga tashishda og‘irlik bir marta har ikkala moddiy javobgar shaxs hozirligida aniqlanadi. Don yoki mahsulot bir moddiy javobgar shaxsning ixtiyorida bo‘lgan omborlar bo‘yicha alohida miqdor-sifat hisobi yuritiladigan ombordan omborga tashilganda og‘irlik moddiy javobgar shaxs tomonidan korxona rahbari tayinlagan xodim hozirligida aniqlanadi. 53. Korxona ichida tashiladigan don va mahsulotning sifati, standart og‘irlikdagi qoplarga solinganlar bundan mustasno, laboratoriya tomonidan aniqlanadi va sifat ko‘rsatkichlari yuk xatida (19-shakl) ko‘rsatiladi. 54. Don mahsulotlarini korxona ichida tashishga farmoyish (19-shakl) korxona rahbari tomonidan belgilangan muddat davomida amal qiladi. 55. Navli urug‘liklarning har bir turkumini berishda quyidagi hujjatlar rasmiylashtiriladi: a) Urug‘likka attestat (86-shakl) — barcha o‘simliklarning elita urug‘iga va super elitasiga, shuningdek makkajo‘xorining o‘zidan-o‘zi changlangan liniyalari urug‘iga; b) Urug‘likka guvohnoma (85-shakl) — qolgan barcha reproduksiyalar urug‘iga; v) Makkajo‘xorining gibrid urug‘lariga guvohnoma (84-shakl) — makkajo‘xorining gibrid urug‘lariga. 56. Ushbu hujjatlarda nav sifatlari topshiruvchilarning nav hujjatlari asosida, ekish sifatlari esa — urug‘chilik bo‘yicha vakolatli organ tomonidan berilgan Urug‘ning konditsionligi to‘g‘risidagi guvohnoma asosida aks ettiriladi. Urug‘larning namligi urug‘lik ortib jo‘natilgan yoki berilgan kunda korxona laboratoriyasi tomonidan amalga oshirilgan tekshirish asosida ko‘rsatiladi. 57. Urug‘likka attestatlar va urug‘likka guvohnomalar korxona rahbari, IChTL boshlig‘i va moddiy javobgar shaxs tomonidan imzolanadi. 58. Navli urug‘larni berishda transport hujjatlariga navli urug‘larning mazkur turkumiga berilgan urug‘likka attestat yoki guvohnoma ilova qilinadi. Guvohnoma yoki attestat nusxalari yuklab jo‘natilgan urug‘likning schyot-fakturasiga ilova qilinadi va laboratoriyada qoladi. 59. Ishlab chiqarish jarayonida urug‘liklarning nokonditsion turkumlari aniqlangan taqdirda ularga qo‘shimcha ishlov berish, ularni konditsiyaga yetkazish choralari ko‘rilishi kerak. Ularni konditsiyagacha yetkazish imkoni bo‘lmagan taqdirda ushbu turkum urug‘lik resurslaridan chiqariladi. Foydalanilgan adabiyotlar: Косимов. А, Кучкоров. К. Биохимия. -Тошкент: Укитувчи, 1988.- 420 6. M.N. Valixonov. Biokimyo. Toshkent: 2010. https://azkurs.org/mavzu-don-va-donni-qayta-ishlash-ilmiy-asoslari.html Download 82.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling