Don va unsimon oziqalarni gigiyenik baholash. Reja Kirish Asosiy qism


Download 0.58 Mb.
bet3/4
Sana19.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1623971
1   2   3   4
Bog'liq
Don va unsimon oziqalarni gigiyenik baholash

Kunjara va shrotning sifatini aniqlash - Shrotdan maydalangan kunjarani farqlash uchun namunadan 15 g stakanga solib, ustiga 100 - 150 ml qaynatilgan suvdan qo‘yib yaxshilab aralashtiriladi. 1 soat ichida shrot cho‘kmaga tushadi va ustidagi suyuqlik tiniqlashadi, zig‘ir kunjarasi bo‘lsa unda shilliq xamirsimon massa hosil bo‘ladi.

Kunjara va shrotni oziqalarni gigienik baholash natijalari.







Kursatgichlari

Oziqa namunalari

№ 1

№ 2

№ 3

1

Hidi










2

Rangi










3

Namligi










4

Sifati










5

Gossipol miqdori










Darsning maqsadi: Ildiz mevali oziqalarni orgonoleptik va laboratoriya usuli bilan baholashni o‘rganish.
Darsga kerakli ko‘rgazmali qurollar, asboblar va reaktivlar. Ildiz mevali oziqalar, sentrifuga, mikroskop, sim tur, qog‘oz filtr, yopkich oyna, shpatel, shisha buyum oynasi, 48% li ammoniy natriy kislotasi, 80 – 90% li sirka kislotasi, konsentrlangan sulfat kislota, 5% li vodorod peroksid, difenilamin kristali, distillangan suv.
Darsning mazmuni. Ildiz mevali oziqalarni sifati orgonoleptik va laboratoriya usulida aniqlanadi.
O‘rtacha namuna olish - Oziqa saqlanayotgan joydan har xil qalinlikdan hammasi bo‘lib 60 kg olinib, ularni og‘irligiga qarab uch bo‘lakga: kattalari, urtalari va maydasiga ajratiladi. Uchchala gruppadan teng miqdordan umuman ildiz mevali oziqadan 6 kg olinib analizga junatiladi.
Ildiz mevali oziqalardagi gelmintlar tuxumini tekshirish - tekshiriladigan oziqaning ildiz kurtakchalaridan bir nechasi olinib, suvli idishga soladi. 1-2 soat utgandan keyin keyin ildizlar olinib yana ustidan toza suv qo‘yib yuviladi. Ildizlar yuvilgandan keyin shu sim turdan o‘tkazilib, qog‘oz filtr orqali filtrlanadi. Sim turda tuproqning hamma katta bo‘laklari, qog‘oz filtrda esa mayda bulaklari va gelmintlarining tuxumlari qoladi. Filtrlash tugaganidan keyin qog‘oz filtr olinib Petri kosachasiga quyilgan osh tuzining to‘yingan eritmasiga solinadi. Yopqich oyna bilan filtr qog‘ozda ushlab qolingan hamma narsalar sidirib olinadi. Navbatdagi eritma sentrifuga probirkalariga yoki stakanga qo‘yilib, yaxshilab aralashtiriladi. Suzib yurgan o‘simlik qoldiqlari shpatel yordamida olib tashlanadi va aralashma 1 soat davomida tindiriladi. Suyuqlik ustida hosil bo‘lgan pardani olib, mikroskop ostida qaraladi. Agar suyuqlik oz bo‘lsa, probirkaga qo‘yilib, sentrifugada 2 - 3 minut davomida aylanadi. Hosil bo‘lgan parda diametri 1 smdan katta bo‘lmagan ilmoq bilan olinib, shisha buyum oynasi ustiga qo‘yiladi. Pardadan tashqari tagiga cho‘kkan cho‘kmadan ham gelmintlarning tuxumini izlash kerak.
Kartoshkadagi solaninni aniqlash - solanin glyukozidi odatda kartoshkada juda oz miqdorda bo‘ladi. Agar kartoshka saqlanadigan joy kukarib ketsa, solaninning miqdori 500 mg gacha etib boradi. Bunday kartoshkani hayvonlar esa zaharlanishi mumkin.
Kartoshkadagi solaninni aniqlash uchun 1mm qalinlikda bir necha kartoshka qalamchalari kesib olinib shisha idishga solamiz ustiga 2-3 tomchi o‘tkir sirka kislotasidan 80-90 % keyin konsentrlangan sulfat kislota hamda 5 %li vodorod peroksiddan tomizamiz. Kartoshkada solanin moddasi yig‘ilgan bo‘lsa o‘sha joy tuq malina yoki qizil rangga kiradi. O‘sib ketgan, xom va zamburug‘lar bilan ifloslangan kartoshkalar yaxshilab pishirilgandan keyingina mollarga beriladi. Kartoshka poyalarida kartoshka gullaganda solanin 0,1 % bo‘ladi, quritilganda 0,01 % qoladi.
Lavlagidagi nitritlarni aniqlash - uchun yangi kesilgan lavlagi ustiga bir necha dona definilamin kristali sepilib, ustiga bir necha tomchi konsentrlangan sulfat kislotasi tomizaladi. Kuk rangga kirishi lavlagida nitritlarning ko‘pligini bildiradi, och qizil rangga kirishi nitritlarni kamligi va rangsizligi yo‘qligini bildiradi.
Lavlagidagi nitritlarni aniqlashning yana bir usuli qo‘yidagidan iborat. Lavlagining har joyidan va mag‘zidan 10-15g olinib, kolbaga solinadi hamda ustiga 30 ml distillangan suv qo‘yilib 15 minut davomida qaynatiladi. Kolbadagi suyuqlik bir qavatli filtrdan o‘tkaziladi. Filtrat chinni piyolachada parlantiriladi. Piyola tagida sariqroq rangdagi cho‘kma qoladi, shu cho‘kmada bir necha dona difenilamin kristalidan sepilib, sulfat kislota bilanho’l lanadi. Agar nitritlar ko‘p bo‘lsa, cho‘kma tuq kuk rangga kam bo‘lsa och qizil rangga kiradi.


Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling