Xulosa
Don, un va unsimon oziqalarning yangiligini aniqlash - laboratoriyada kislotaliligini tekshirish bilan donning eski yoki yangiligi aniqlanadi. Don qancha iflos yoki eski bo‘lsa, unda erkin kislotalar miqdori shuncha ko‘p bo‘ladi. Donning 10 kislotaligi 100 gr donning kislotaliligini neytrallash uchun sarf bo‘lgan 0,1 n ishqor eritmasiga to‘g‘ri keladi. Kislotaligi 3,3 – 4,50 bo‘lsa don buzila boshlagan, 5,5 bo‘lsa saqlash xavfli, 7,5 bo‘lsa saqlash mumkin emas, 9,50 bo‘lsa bunday donlarni hayvonlarga berish mumkin emas.
Kislotalikni aniqlash uchun 5 gr don olinib yaxshilab maydalab stakanga solinadi, ustiga 40 ml distillangan suv qo‘yilib, 2-3 minut chayqaladi va shisha tayoqcha bilan aralashtiriladi. Keyin 3-5 tomchi
1 % li fenoftalin indikatori tomizilib, 0,1 natriy yoki kaliy gidroksidi bilan och binafsha rangga kirguncha titrlanadi. Ishqorni saqlangan miqdorini 20 ga ko‘paytirilib, unga bo‘linsa gradusi kelib chiqadi.
Unsimon oziqalarning tozaligini aniqlash - probirkaga 2 g namuna solinib, ustiga 5 ml 10% li uyuvchi ishqor eritmasi qo‘yiladi 20 minutdan keyin hosil bo‘lgan kleysimon suyuqlikni +300C gacha qizdiriladi va 1:2 nisbatdagi eritilgan sulfat kislota tomiziladi. Agar un buzilgan bo‘lsa, vodorod sulfit yoki palag‘da tuxum hidini beradi.
Asosiy adabiyotlar:
Suvankulov Y.A. – «Qishloq xo‘jalik hayvonlari gigiyenasi», Toshkent, 1994 y
Qo‘shimcha adabiyotlar:
Plyaщenko S.I., Xoxlova I.I. – «Mikroklimat i produktivnost jivotnыx», Leningrad, 1996 g
Kuznetsov A.F., Demchuk M.V. – «Gigiyena selskoxozyaystvennыx jivotnыx» Moskva, 1991
Medvedskiy V.I. «Soderjanie, kormlenie i uxod za jivotnыmi». Minsk, 2007
Kochish I.I., Kolyujnыy N.S., Volchkova L.A., Nesterov V.V. «Zoogigiyena», Moskva, 2008
Do'stlaringiz bilan baham: |