Donishmand bolajonlar bizlarni tanidingizlarmi? Bizlar kitoblar olami < Bilimlar mamlakatidanmiz> donishmand


Bolalar : ha rozimiz Qizlar va yigitlar ijrosida chamanda gul raqsi ijro etiladi. O`qituvchi


Download 23.83 Kb.
bet2/4
Sana24.12.2022
Hajmi23.83 Kb.
#1057779
1   2   3   4
Bog'liq
alifbe senariy

Bolalar : ha rozimiz
Qizlar va yigitlar ijrosida chamanda gul raqsi ijro etiladi.
O`qituvchi: Maktabga ilk qo`yganda qadam
Kim baxsh etgan nuri ziyoni
Sizga hamroh va yaqin hamdam
Kim sizga keng ochgan dunyoni
Bolalar : Qadrdon “Alifbe” kitobi
O`qituvchi : Unday bo`lsa so’z quvonch bilan
Taklif etsak qadrdonimiz
Shodligimiz ko`raylik baham
Axir udir dilu jonimiz

Bolalar: Bilim bergan bizlarga
Jajji o’g’il qizlarga
Har bir so`zi asal bol
Alifbejon kelaqol
Bolalar alifbeni olqishlar bilan kutib oladilar.
ALIFBE: Assalomu alaykum ko`zlari porloq o`zlari quvnoq ilmga chanqoq bolajonlarim men sizlarning sevimli kitobingiz alifbe bo`laman. Sizlarni bayramingiz bilan chin qalbimdan qutlayman . sizlar juda quvnoq hamda mehribon ekansizlar . meni avaylab- asrab qunt bilan o`qib o`rgandingizlar . buning uchun men sizlardan juda minnatdorman. Endi ruhsatlaringiz bilan harflarimni siz va mehmonlarga tanishtirib o`tsam.
Har biri jimjimador
Qani safga tursinlar
O`z sirin aylab bayon
Harflar tilga kirsinlar.

Alifbe kitobi: barakalla bolajonlar juda ko`p narsalarni o`rganib olibsizlar
2-DONISHMAND Alifbejon , endi biz sizga o`zimiz o`rgangan raqslar guldastasini namoyish qilamiz.
Qizlar ijrosida doirangni chal raqsi ketadi
Alifbe kitobi: rahmat aziz bolalar endi men sizlar bilan hayrlashaman
Xayr deyman sizga omad
Sizga tilab sharaf shon
Ulg`ayinglar olim bo`lib
Bo`ling albat chin inson
Bilimlarning sirli-sirli
Hazinasin ochinglar
Johillikdan yiroq bo’ling
Yomonlardan qochinglar
Bolalar : Hayr alifbejon hayr.
1-DONISHMAND Sayohatimizni davom ettiramiz . Endigi bekatimiz “Maqollar” deb nomlanadi . bolajonlar sizlar fan cho`qqilarini zabt etish uchun bilim olmoqdasiz, Bilim xaqida qanday maqollarni bilasiz.
Bilim aql o’chog’i

Bilim baxt keltiradi

Bilagi zo`r birni yig`ar
Bilimi zo`r mingni yig`ar

Kitob bilim bulog`I


Kitobxonning o`rtog`i

1-DONISHMAND Navbatdagi bekat tez aytishlar deb nomlanadi.

Tolib tomdan tanga topib oldi.

Kenja Karimni deydi
Karim Kenjani deydi.

Qora tovuq qaqqillaydi


Oyoqlari shaqqillaydi

Download 23.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling