Donishmand cho’pon


Download 379.5 Kb.
bet13/28
Sana08.03.2023
Hajmi379.5 Kb.
#1251876
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28
Sovg`ani ochish

Bu o`yin yakunlovchi mashg`ulotlarda o`tkaziladi. Uni o`tkazishdan maqsad:



      • har bir qatnashchi guruh ishiga qo`shadigan hissasini aniqlaydi;

      • boshqalar fikrini hurmat qilishga o`rgatish;

      • yakunlovchi mashg`ulotlarni yaxshi kayfiyat bilan tugatish (sovg`a bilan).

Ijodiy guruh a’zolari 10-15 o`quvchidan oshmasligi kerak. O`yin uchun 15 minut vaqt ajratiladi. O`yinni o`tkazish uchun tavsiyalar:

  1. O`qituvchi o`yinni sinf o`quvchilariga sovg`a tarqatish bilan boshlaydi (konfetlar, popkorn, otkritkalar, slaydlar, disketlar kabi).

  2. Sovg`a o`quvchilar ichida bo`linishi kerak. Sovg`a bir o`quvchidan ikkinchisiga o`tganda yana qayta ochiladi. Guruhda nechta o`quvchi bo`lsa, sovg`a shuncha marta ochiladi va qayta o`raladi.

  3. O`quvchilar sovg`ani bir-birlariga berayotganlarida chiroyli lutf qiladilar. Masalan:

      • meni xursand qilgan do`stimga;

      • mening eng yaqin do`stimga;

      • mening hurmatimni qozongan do`stimga;

      • menga eng qiziqarli yangi ma’lumot bergan do`stimga.

Oxirgi ishtirokchi sovg`ani guruh a’zolariga bo`lib beradi. O`zaro muloqotdagi lutf she’riy shaklda ham bo`lishi mumkin. Bu o`yin o`quvchilarning o`zaro do`stlik tuyg`ularini mustahkamlaydi. O`quvchilarda ekspromt tarzda bog`li matn tuzish ko`nikmasini shakllantiradi.



    1. "O`z o`rningni top" o`yini

Didaktik o`yinlar o`quvchilarning darsga bo`lgan qiziqishlarini oshirishga yordam beradi. O`quvchilar mashg`ulot jarayonida o`tkaziladigan didaktik o`yinlarga qiziqib ishtirok etadilar. Shu orqali o`tilayotgan mavzuni oson va tez tushunib oladilar. To`g`ri tashkil qilingan didaktik o`yin o`quvchini dars jarayonining faol ishtirokchisiga aylantiradi, uni zerikishdan va toliqishdan asraydi.


Didaktik o`yinlardan barcha fanlarni o`tishda foydalanish mumkin. Ona tili darslarida ham bunday o`yinlardan foydalanish yaxshi samara beradi. Ona tili ta’limining “Fonetika”, “Leksikologiya”, “Morfologiya” kabi bo`limlarida didaktik o`yinlardan foydalanish imkoniyatlari keng. Biz 7-sinfda "Olmosh" so`z turkumini o`rganish jarayonida o`tkaziladigan didaktik o`yinlar haqida so`z yuritamiz. Olmosh turkumi bir necha ma’noviy guruhlarga bo`lib o`rganiladi. Olmoshning ma’noviy guruhlari o`rganib bo`lingach, o`quvchilarning bilimlarini mustahkamlash va sinash maqsadida bir qator o`yinlar o`tkazish mumkin. Shunday o`yinlardan biri "O`z o`rningni top" o`yinidir. O`yin quyidagi tartibda o`tkaziladi. O`qituvchi olmosh turkumiga mansub bo`lgan so`zlarni bir necha qog`ozlarga alohida – alohida yozib, ularni stol ustiga teskari holda qo`yadi. Olmoshning ma’noviy guruhlari nomlari yozilgan qog`ozlarni esa bir necha o`quvchiga berib, ularni doska oldiga chiqaradi. O`quvchilar qo`llarida olmoshning biror ma’noviy guruhi nomi yozilgan qog`ozni ushlagan holda qator turadilar. Qolgan o`quvchilar esa bir necha kichik guruhlarga bo`linadi. Har bir guruh olmoshning biror ma’no guruhi nomi bilan nomlanadi. Guruh a’zolari tartib bilan stol oldiga kelib, qog`ozlarni olib, undagi so`z bilan tanishadilar va mazkur so`z olmoshning qaysi turiga mansub bo`lsa, o`sha ma’noviy guruh nomini ushlab turgan o`quvchi qatoridan o`rin oladilar. Shu tariqa barcha o`quvchilar o`z o`rnini topadilar. O`yin yakunlangach, o`qituvchi o`quvchilar qatori bilan tanishib chiqadi va adashgan o`quvchilarni safdan chiqarib, o`z o`rniga o`tishiga yordam beradi. Adashmasdan o`z o`rnini topgan guruh o`yin g`olibi deb e’lon qilinadi. O`quvchilar bu o`yinda ishtirok etishlari uchun olmoshning ma’noviy guruhlari bilan yaxshi tanish bo`lishlari lozim. Aks holda o`yinda yaxshi ishtirok eta olmaydilar.
O`yinning keyingi bosqichida topshiriq bir oz murakkablashadi va tartibiga o`zgartirish kiritiladi. Olmoshning ma’noviy guruhlari doskaga yozib qo`yiladi. Stol ustiga esa olmosh turkumiga mansub bo`lgan so`zlar bilan bir qatorda boshqa turkumga mansub so`zlar ham aralash holda qo`yiladi. O`quvchi endi o`zi olgan so`zning olmosh turkumiga mansub yoki mansub emasligini ham o`ylab ko`rishi kerak. Olmosh turkumini yaxshi o`rgangan o`quvchi o`yinning bu bosqichida ham qiynalmaydi. Guruh a’zolari navbat bilan chiqib so`zlar yozilgan kartochkalarni oladilar va bu so`z olmoshning qaysi guruhiga mansub bo`lsa, uni o`sha guruhga yozib qo`yadilar. Guruhning qolgan a’zolari ham o`yinni shu tartibda davom ettiradilar. O`yin yakunlangach, o`qituvchi yozilgan so`zlarni ko`rib chiqadi va qaysi guruh xatoga yo`l qo`yganligini aniqlaydi. So`zlarni o`z o`rniga xatosiz holda qo`ygan guruhni g`olib sifatida e’lon qiladi. Har bir guruhga tegishli ballarni qo`yadi.



Download 379.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling