Donishmand cho’pon
"Parashyutdan sakrash" o`yini
Download 379.5 Kb.
|
16. "Parashyutdan sakrash" o`yini
Ushbu o`yinni yangi mavzuni mustahkamlash, takrorlash – mustahkamlash darslarida qo`llash mumkin. "Parashyutdan sakrash" o`yini uchun magnitli doska, qalin qog`ozdan yasalgan parashyutlar va topshiriqqa muvofiq gap yoki so`zlar yozilgan qog`ozlar kerak bo`ladi. Berilgan topshiriqqa muvofiq so`zlarning javobi parashyutlarning pastki qismiga yoziladi. Parashyutlar soni varaqlar soniga teng bo`ladi. “Sifatning ma’noviy guruhlari” mavzusini o`tishda yoki ma’noviy guruhlar o`rganib bo`lingach, takrorlash va mustahkamlash darslarida parashyutdan sakrash o`yinini quyidagicha tashkil etish mumkin. Doskaning yuqori qismiga parashyutlar, parashyutlarning ostki qismiga sifatning ma’noviy guruhlari nomi yozib qo`yiladi. Doskaning pastki qismiga esa sifat ma’noviy guruhiga kiruvchi so`zlar yozilgan varaqlar yopishtiriladi. Bu o`yinda ishtirok etuvchi o`quvchilar sifatning ma’noviy guruhiga kiruvchi so`zlar yozilgan qog`ozni o`sha so`z mansub bo`lgan guruh nomi yozilgan parashyut to`g`risiga yoki pastiga qo`yishlari kerak. O`yin aksincha tashkil etilishi mumkin, ya’ni sifat ma’noviy guruhi nomi yozilgan parashyutni, shu guruhga kiruvchi so`zlar yozilgan qog`oz oldiga yopishtirilishi ham mumkin. Qolgan o`quvchilar javoblar to`g`riligini kuzatib borishadi. Agar o`quvchi parashyutlar to`g`risiga, shu parashyutga tegishli bo`lgan so`zlar yozilgan qog`ozni to`g`ri joylashtira olsa, parashyutdan sakragan hisoblanadi va o`qituvchi tomonidan rag`batlantiriladi. Bu o`yin juda qiziqarli bo`lib, o`quvchilarning darsga bo`lgan qiziqishini va faolligini oshiradi. O`yinga xos kerakli jihozlarni va ularning to`g`ri bajarilish holatini chizmada quyidagicha ko`rsatish mumkin.
“Parashyutdan sakrash o`yini”ni “Fe’lning ma’noviy guruhlari”, “Otlarning ma’noviy guruhlari”, “Yuklamalar” mavzularini o`rganishda ham qo`llash mumkin. Download 379.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling