Donishmand cho’pon


Download 379.5 Kb.
bet17/28
Sana08.03.2023
Hajmi379.5 Kb.
#1251876
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28
17. "Sirli doiracha" o`yini

Ma’lumki, o`quvchilar sir-sinoatlarga boy narsalarga juda qiziqishadi. Ta’limda "Sirli burchak", "Sirli katakchalar" singari o`yinlar avvaldan qo`llanib kelingan. "Sirli doiracha" o`yini ham ana shunday o`yinlardan biri hisoblanadi. "Sirli doiracha" o`yini uchun doirachalar chizilgan qog`ozlar tayyorlanadi. O`quvchilar topshiriqqa asosan doirachalarni tutashtirib chiqadilar. Topshiriq to`g`ri bajarilsa, doiracha ortida yashiringan sir ma’lum bo`ladi. Bu o`yinni tilning deyarli barcha sathlarida qo`llash mumkin. Jumladan, “Leksikologiya” bo`limida “Sinonim so`zlar” mavzusini, “Morfologiya” sathida “Otning ma’noviy turlari”, “Turdosh va atoqli otlar”, “Ko`makchi”, “Yuklama” mavzularini o`rganishda "Sirli doiracha" o`yinidan foydalanish yaxshi samara beradi. Ushbu o`yinni “Yuklamalar” mavzusini o`rganishda quyidagicha tashkil etish mumkin.


M
20 5
a’lumki, yuklamalar yozilishiga ko`ra 2 turga ajratiladi. Ya’ni o`zidan oldingi so`zga qo`shib yoziluvchi va o`zidan oldingi so`zdan chiziqcha (-) bilan ajratiluvchi yuklamalar mavjud. Ba’zi hollarda o`quvchilar bu yuklamalarni farqlay olmaydilar. "Sirli doiracha" o`yini o`quvchilarning shu haqdagi bilimlarini tekshirish uchun qo`llaniladi. O`yinni o`tkazish uchun zarur bo`lgan varaqlar va topshiriqlar avvaldan o`qituvchi tomonidan tayyorlab qo`yiladi. Buning uchun varaqlarga doirachalar chiziladi. Doirachalar ichiga esa yuklamalar yoziladi. 1 – guruh uchun topshiriq shundan iboratki, ular so`zlarga qo`shib yoziluvchi yuklamalar yozilgan doirachalarni tutashtirib chiqishlari kerak. Ular doirachalarni to`g`ri tutashtirishsa, qandaydir shakl kelib chiqadi. 1 – guruh o`quvchilari o`zlari uchun berilgan topshiriqni quyidagicha bajarishlari kerak.

Topshiriq shu tartibda bajarilsa, 1 – guruhning sirli doirachalari ortida "5" raqami yashiringani ma’lum bo`ladi.


Xuddi shu tartibda 2 – guruh uchun ajratilgan doirachalarni ham ko`rib o`taylik. O`quvchilar doirachalar ichidagi so`zlardan chiziqcha bilan ajratiluvchi yuklamalarni o`zaro tutashtirishlari kerak bo`ladi:

Topshiriq chizmada ko`rsatilgan tartibda bajarilsa, sirli doirachalar ortida "besh yulduz" surati yashiringani ma’lum bo`ladi.


Doiracha ortidagi sirni qanchalik to`g`ri ochganlariga qarab, g`olib guruh aniqlanadi.
Bu o`yin o`quvchilar tafakkurini o`stiradi va ko`rish xotiralarini mustahkamlashga yordam beradi.



Download 379.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling