Donishmand cho’pon


Download 379.5 Kb.
bet12/28
Sana08.03.2023
Hajmi379.5 Kb.
#1251876
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28
Mening vaqt pirogim

Bu o`yin ham rag`batlantiruvchi o`yinlardandir. O`yinni o`tkazishdan maqsad:



      • o`z faoliyatini nazorat qilish va shaxsiy ma’lumotlar bilan fikr almashishni rag`batlantirish;

      • o`z kun tartibini to`g`ri rejalashtirishda sinf o`quvchilarining qo`llab-quvvatlashlaridan foydalanish.

Bu o`yinni o`tkazish uchun 12-15 minut vaqt ajratiladi. Kichik guruhlar 4-6 o`quvchidan oshmasligi kerak.
O`qituvchi o`yin shartlarini tushuntiradi:
men sizlarga hozir bir varaqdan qog`oz va bir nechtadan rangli qalamlar tarqataman. O`z kun tartibingizni pirog shaklida chizing.

Masalan:

Ikkinchi pirogni ham chizing. Unda kun tartibingiz qanday bo`lishini xohlashingiz aks etsin.
Bu o`yin o`quvchilarni vaqtdan unumli foydalanishga o`rgatadi. Uydagi faoliyat mazmuniga e’tibor berishni o`rgatadi. Uzluksiz ta’lim samaradorligini ta’minlaydi.



    1. Popurri yoki ijodiy mashqlar

Bu o`yin ijodkorlikka da’vat etuvchi o`yinlardandir. O`yinni o`tkazishdan maqsad:



      • tasavvurni o`stirishga da’vat etish;

      • guruh bo`lib ishlashdagi zerikarli bir xillikni o`zgartirish.

Kichik ijodiy guruh a’zolari 8 o`quvchidan oshmasligi kerak. O`yin uchun 10 minut vaqt ajratiladi. O`yinni o`tkazish uchun tavsiyalar:
Guruh a’zolari davra qurib o`tiradilar. Sinf derazasiga yaqin o`tirgan o`quvchi o`z tasavvurida tug`ilgan qisqa jumlani aytadi (1-2 gapdan oshmasin). Masalan: Kuz keldi. Daraxtlarning bargi sarg`aymoqda. Navbatdagi o`quvchi uzoq o`ylamasdan bog`li matn tuzishni davom ettiradi. Guruh a’zolari mavzu bo`yicha bog`li matn tuzishda assotsiatsiya, kontrast va alternativ holatlarni hisobga oladilar. Har bir qatnashchi 2-3 jumladan qo`shib, matn tuzishda qatnashadi. So`ngra guruh a’zolari mashq natijalarini muhokama etadilar.



  1. Muhokamani sinf eshigiga yaqin o`tirgan qatnashchi boshlab beradi. Uning chap tomonidagi o`quvchi muhokamani davom ettiradi (Mavzu: “Kuz”. Tayanch tushunchalar: hosil fasli, mehnat samarasi, hosil bayrami, o`zbek xalq bayramlari, qovun sayli, shirinak o`yini...).

Muhokama davomida ijodiy tuzilgan bog`li matnning izchil rejasi tuziladi.

  1. O`yin o`qituvchining sharhi bilan yakunlanadi.

Mazkur o`yin orqali o`quvchilarning tasavvur kuchi tekshiriladi. Jamoa bo`lib bog`li matn tuzish ko`nikmasi hosil qilinadi.




    1. Download 379.5 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling