Donishmand cho’pon
Download 379.5 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 14. «So`zdan-so`z» o`yini
13. "Saralab ol" o`yini
Bu o`yin ham “Olmosh” turkumini o`rganishda qo`llanishi mumkin. Bu o`yin yakunlovchi o`yinlardan biri bo`lib, biror bo`lim yoki so`z turkumi yakunida o`tkazilishi mumkin. O`yinning o`ziga xos o`tkazilish texnologiyasi mavjud. “Olmosh” so`z turkumining ma’noviy guruhlari o`rganib bo`lingach, shu o`yindan foydalanilsa, maqsadga muvofiq bo`ladi. O`qituvchi bu o`yinni o`tkazishga puxta tayyorlanishi lozim. Buning uchun olmosh turkumiga mansub bo`lgan so`zlar to`rt burchak shaklida qirqilgan qog`ozlarga yoziladi. Xuddi shunday qog`ozlarga ot, sifat, son, fe’l, ravish turkumiga mansub bir necha so`zlar ham yoziladi. Ular aralashtirilib yuboriladi. Masalan: hamma, u, kim, kitob, omad, siz, yaxshi, necha, bordi, kelyapti, onam, kim uchun, nima qilyapti, o`qiyapti, hech kim, bolalar, har kim, inson, o`zim, do`stim, qo`qqisdan, qanday. Bunday so`zlar bir necha guruhga mo`ljallab tuziladi va har bir guruhga alohida yuqoridagi kabi turli turkumga mansub bo`lgan so`zlar beriladi. Guruh a’zolari berilgan bir necha so`zlar ichidan olmosh turkumiga mansub bo`lgan so`zlarni saralab oladilar va ularni ma’noviy guruhlarga ajratadilar. Saralab olingan so`zlar guruhning biror a’zosi tomonidan o`qib eshittiriladi. Qolgan guruh a’zolari esa bunga o`z munosabatini bildiradi. Shu tarzda guruhlarning topshiriqni qanday bajarganliklari aniqlab olinadi. Xatolikka yo`l qo`ygan guruhlarning xatolari tuzatiladi. G`olib bo`lgan guruh alohida rag`batlantiriladi. Bunday o`yinlar orqali o`quvchilar guruh bo`lib ishlashga o`rganadilar, o`yinlar vositasida kichik guruhlar faolligi ortadi, ta’lim ishtirokchilarining diqqati ta’lim jarayoniga to`liq jalb etiladi. Bu o`yinlardan boshqa so`z turkumlarini o`tishda ham foydalanish mumkin. 14. «So`zdan-so`z» o`yini Bu o`yin ta’lim jarayonida bir necha yillardan beri qo`llanib kelmoqda. Bu o`yinda bir so`zdan bir necha so`zlar keltirib chiqarish talab qilinadi. Bu o`yin turi o`quvchilarni fikrlashga, izlanishga undaydi, ularda topqirlik qobiliyatini yuzaga chiqaradi. Biz bu o`yinni aynan takrorlamoqchi emasmiz, balki uni ma’lum bir mavzuga bog`liq holda o`tkazish yo`llari xususida fikr yuritmoqchimiz. Berilgan so`z tarkibidagi harflarning turli kombinatsiyasidan foydalanib, bir necha so`zlar hosil qilish mumkin. Demak, bu o`yinni ma’lum bir mavzu bilan bog`liq holda o`tkazsa ham bo`ladi. «So`zdan-so`z» o`yinidan tilning barcha sathlarini o`qitishda foydalanish mumkin. Leksikologiya bo`limida shakldosh, zid ma’noli so`zlar mavzularini o`rganishda bu o`yindan foydalanish mumkin. Buning uchun o`qituvchi shakldosh yoki zid ma’noli so`zlarni keltirib chiqarish mumkin bo`lgan so`zlarni tanlay bilishi va shundan keyin uni o`quvchilar e’tiboriga havola qilishi lozim. Omonim (shakldosh) so`zlar mavzusi o`rganilgach, o`quvchilarga quyidagi so`zlarni berish va ulardan shakldosh so`zlarni keltirib chiqarish vazifasi topshiriladi. Mustaqil, ishtirokida, sayozliklardan. Mustaqil so`zidan qil (qilmoq fe’li, sochning qili), til (tilmoq fe’li, tana a’zosi nomi), ishtirokida so`zidan tor (cholg`u asbobi, sifat turkumiga xos so`z), kir (kirmoq fe’li, sifat turkumiga xos so`z), ot (ism, hayvon nomi, otmoq fe’li), osh (taom nomi, oshmoq fe’li) shakldosh so`zlari keltirib chiqariladi. Zid ma’noli so`zlar mavzusida bu o`yindan qisman foydalanish mumkin. Mavzu yuzasidan mashqlar ishlanib, kerakli tushunchalar berilgandan so`ng o`quvchilarga qarag`ayzorlar, ko`zmunchoq so`zlarini berib, antonim so`zlari keltirib chiqarish topshiriladi. Qarag`ayzorlar so`zidan oq-qora, ko`zmunchoq so`zidan och-ko`mmoq so`zlarini hosil qilish mumkin. Bu o`yindan morfologiya bo`limida ham keng foydalanish mumkin. Ot so`z turkumida berilgan so`zlardan atoqli otlar hosil qilish topshirig`i beriladi. Bilimdorlarga so`zidan quyidagicha otlar hosil qilish mumkin: 1. Atoqli otlar. Nodir, Rim, Ali, Dilbar, Lola, Nil, Narimon. 2. Turdosh otlar. a) qavm-qarindoshlik otlari: aka, ona, bola; b) mahsulot nomlari: don, limon, in, bino, bol; v) mavhum otlar: darmon, ilm, ishon. Qolgan so`z turkumlarida ham o`yinni shu tarzda o`tkazish mumkin. Sintaksis bo`limiga xos bo`limlarni mustahkamlashda ham bu o`yindan foydalanish imkoniyati bor. Faqat bu bo`limda «So`zdan-gap» tarzida o`tkaziladi. 5-sinfda «Sodda yig`iq gap», «Sodda yoyiq gap» mavzulari o`rganilganda, shu o`yindan foydalanish mumkin. Buning uchun o`quvchilarga bilimdonlarimizga so`zi beriladi va undan sodda gaplar keltirib chiqarish topshiriladi. O`quvchilar quyidagicha sodda yig`iq gap va sodda yoyiq gaplar tuzish mumkin: Nodir oldi. Ona bo`ldi. Ona Rimga bordi. Bolalar Lolani izladi va hokazo. Umuman olganda, «So`zdan-so`z» o`yini qiziqarli o`yinlardan bo`lib, undan qay darajada foydalanish o`qituvchining mahoratiga bog`liq. Download 379.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling