Doniyorova Gavharning
-fasl. Lafziy san’atlarning qo’llanilishi
Download 431 Kb.
|
Bobur ruboiylarida badiiy san’atlarning qo’llanilishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tasbe
2-fasl. Lafziy san’atlarning qo’llanilishi.
Ma’lumki, lafziy san’atlar she’riy nutqdagi so’zning tovushi bilan bog’liq, ko’proq shakl hodisasi sifatida qo’’llanadi.Bobur ruboiylarida lafziy san’atlar g’oyatda rang-barangdir. Nido - shoir baytda biror kishi, narsa, qush, hayvonlar, tabiat hodisalariga murojaat yoki xitob qilishidir. Misol: Ey gul, borib ahbobg’a nomimdan degil! Har kim meni bilsa, bu payomimni degil! Mendin demagil gar unitilgan bo’lsam, Har kimki meni so’rsa, salomimni degil! Bu she’rda shoir gulga murojaat qilmoqda. Ey, qo’rg’on eli, qoldimu darmonlaringiz? Chiqmay nedurur bu jahl qilg’onlaringiz? Jondek kishilar ochligidin chun chiqadur, Siz chiqmasangiz- chiqsa kerak jonlaringiz! Ruboiyda nido san’ati qo’llangan Shoir qo’rg’on eliga murojaat qilmoqda. Ishtiqoq- bir o’zakdan hosil bo’lgan ma’nodosh so’zlarni muayyan g’oyaviy-badiiy maqsadda ishlatish san’atidir. Ishtiqoqni qo’llashning sharti so’zlar bir o’zakdan bo’lishi shart: Yor yuzumni ko’rib dardu g’amim bo’lsa kerak, Yuz ko’rib dardu g’amim chorasini qilsa kerak. Baytdagi “yuz”, “yuzumni” so’zlari ishtiqoqni vujudga keltirmoqda. Misollar: Ey, kim, manga mujda berding ul jonondin, Qilding, meni ozod g’ami hijrondin. Bu mujdani ne nav sifat qilg’aymen, Go’yoki xabar berding o’likka jondin. Bu ruboiydagi “jonon”, “jon” so’zlari o’zakdoshdir. Qaytarish san’ati bir so’zni misraning boshi va oxirida takrorlanishidir. Misol: Yoz bo’ldiyu bo’ldi yana jannat kibi yoz, Xush kishikim aysh ila o’tgay yozi. Birinchi misrada qo’llangan “yoz” so’zi misraning boshi va oxirida, ikkinchi misra oxirida ham qo’llangan. Tasbe – birinchi misra oxiridagi so’zning ikkinchi misra boshida takrorlanishidir. Misol: Qayonga boqsang itingmen o’zumni yetkurayin, Yetishmasam sanga boqish duo qilib turayin. Hojib – she’rda qofiya oldidan takrorlanib keluvchi so’z yoki so’zlardir. Misol: Davron meni o’tkardi saru somondin, Oxirdi meni bir saru xonumondin. Gah boshima toj, gah baloyu ta’na, Nelarki boshimg’a kelmadi davrondin. Bu ruboiyda “saru” so’zi hojibdir. Yuzung bila lablaring erur gul muldek, Balkim, yuzing olida erur gul quldek. Bobur kibi ishqdin dam urmaydur edim, Ey gul, meni ishqing ayladi bublbuldek. Bunda hojib (qofiya oldidan takrorlanib keluvchi so’z yoki so’zlar) san’atini “erur gul” so’zlari hosil qilgan. Shuningdek ruboiyda nido (ey gul), tashbeh (muldek, quldek, bulbuldek) san’atlari ham mohirona qo’llanganligini ko’ramiz. Download 431 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling