Doniyorova Gavharning
Download 431 Kb.
|
Bobur ruboiylarida badiiy san’atlarning qo’llanilishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bobur ruboiylarida badiiy san’atlarning qo’llanilishi
- Mavzuning o’rganilganlik darajasi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI O’ZBEK ADABIYOTI KAFEDRASI Doniyorova Gavharning “5220100 - Filologiya” ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun Bobur ruboiylarida badiiy san’atlarning qo’llanilishi mavzusida yozgan Ilmiy rahbar: o’qit. O.Botirova “Himoyaga tavsiya etilsin” O’zbek filologiyasi fakulteti dekani__________ dots. I.Xudoynazarov “___” _________ 2011-yil Qarshi-2011 Mundarija Kirish.
1-fasl. Bobur – buyuk mumtoz shoir. 2-fasl. Boburning lirik merosi. II BOB. Badiiy san’atlar – she’r nafosati. 1-fasl. Shoirning ma’naviy san’atlardan foydalanish mahorati. 2-fasl. Lafziy san’atlarning qo’llanilishi. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. KIRISH
Bugungi kunda avlodlarimiz kamoloti yo’lida xizmat qiladigan mumtoz adabiyotimizning muqaddas namunalarini chuqur ilmiy talqin etish , omma ongiga singdirishning naqadar muhimligi haqiqatdir. Chunki, adabiyotini, tarixini, mumtoz merosini haqiqiy tanish xalqni yuksakka ko’taradi. Ma’naviy dunyosini teranlashtirib, xalqlar o’rtasida qadr-qimmatini oshiradi. Insonlarni hamiyatli, mehr-oqibatli qilib ulg’aytiradi. Zotan, bu fazilatlar mumtoz adabiyotimizning asosiy omili bo’lgan insonparvarlik aqidalarining qon tomiridir. O’zbek mumtoz adabiyotining yirik namoyandasi, mashhur davlat arbobi, atoqli sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur qoldirgan ilmiy, tarixiy va adabiy meros uzoq asrlar davomida butun dunyo tadqiqotchilarining diqqat-e’tiborini o’ziga tortib kelmoqda. Zahiriddin Muhammad Bobur zabardast shoir bo’lib, u har jihatdan barkamol she’riy meros qoldirgan. Uning badiiy nasrning yetuk namunasi hisoblangan “Boburnoma” asari millаt mа`nаviy-intеllеktuаl hаyoti rivоjini bеlgilоvchi bаdiiy bаrkаmоl аsаrlаrdan hisoblanadi. Bobur yaratgan she’riyatsiz millаt mа`nаviy-mаdаniy hаyotini tаsаvvur qilish qiyin. Zеrо, jаmiyat mа`nаviyatini yuksаltirish hаr dоim hаm bаdiiy so’z sаn`аtining zimmаsidа bo’lgаn. Shu o’rindа Prеzidеntimiz I.А.Kаrimоvning quyidаgi gаplаrini eslаsh o’rinlidir: “Mа`nаviyat hаqidа gаp kеtаr ekаn, mеn аvvаlо, insоnni ruhiy pоklаnish vа yuksаlishgа dа`vаt etаdigаn, insоn ichki оlаmini bоyitаdigаn, uning iymоn irоdаsini, e`tiqоdini mustаhkаmlаydigаn, vijdоnini uyg’оtаdigаn qudrаtli bоtiniy kuchni tаsаvvur qilаmаn”1. Shu ma’noda, Zahiriddin Muhammad Bobur badiiy mеrоsini o’rgаnish tаdqiqоtning dоlzаrbligini bеlgilаydi. Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Istiqlol tarixi saboqlarini eslasak, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi mumtoz shoirlarimizning ma’naviy boyligini tadqiq etish, o’zlashtirish va yoshlar ongiga singdirishdek xayrli ishlarga qo’l urilgan, ammo ayrim hollarda biryoqlamalikka yo’l qo’yilganligi ma’lum. Sho’rolar davrida Bobur ijodiga biryoqlama yondashildi. Uni qoralashga, faoliyatini o’rganmaslikka harakat qilindi. Boburning bizgacha yetib kelgan lirik she’rlari 1917-yil Petrogradda sharqshunos olim A.Samoylovich tomonidan chop etiladi. Keyinroq ular 1931-yili Istanbul shahrida “Milliy tatabbu’lar majmuasi”da ham nashr etiladi. 1940-yili Bobur hayoti va ijodi 9-sinfda o’rganilishi Davlat Dasturida belgilandi. “Adabiyot darsligi”da Navoiy, Turdi, Muqimiy qatori Bobur hayoti va ijodi ham kiritildi. 1947-yili dastur asosida VII sinfda Bobur merosini o’rganish qayd etiladi. Bobur asarlari “Bolalar adabiyoti’ga kiritiladi.Uning asarlari lug’ati tuziladi. Keyingi yillarda Boburning turli asarlari chop etildi. Boburshunos olimlar tomonidan ko’plab tadqiqotlar yaratildi. Uning she’riyati, “Boburnoma” asari alohida o’rganildi. Ammo bu tadqiqotlar hali yetarli emas. Shoirning serqirra ijodi, adabiy mavqei, dunyoqarashi, badiiy uslubi, ijodiy metodi, janrlarga ijodiy munosabati kabi masalalar yanada chuqur o’rganilishi zarurdir. Bizning ushbu kamtarin ishimiz ham bu borada olib borilayotgan ishlar qatoriga hissa qo’shishidan umidvormiz. Download 431 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling