Topshiriq. Quyidаgi mаtnni o‘qing. Mаtndа gаp qаysi shoira hаqidа ketyapti? Bu ijodkor hаqidа to‘liqroq mа’lumot bering


Download 16.82 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi16.82 Kb.
#204408
Bog'liq
Topshiriq


TOPSHIRIQ. Quyidаgi mаtnni o‘qing. Mаtndа gаp qаysi shoira hаqidа ketyapti? Bu ijodkor hаqidа to‘liqroq mа’lumot bering.

Shoira, chig‘atoy tilida ijod qilgan Qo‘qon (o‘zbek) adabiyotining mumtoz namoyondasi. Shoiraning shaxsiy hayoti muvaffaqiyatsiz o‘tadi: erta yetim qolib, ona shahrini tark etadi va ikki nafar farzandi bilan Qo‘qonga ko‘chib o‘tadi. U lirik she’rlar devonining muallifi sifatida mashhur. Uning g‘azallariga yuqori she’riy mahorat hos. She’rlarida e’tirozlarni uchratish mumkin: shoira Sharqdagi ayollarning qaramlik holatini ayblaydi. Shoira she’rlaridagi asosiy mavzu yaxshilikka chorlash, do‘stlik va muhabbat tuyg‘ularini madh etish hisoblanadi. She’riyatidagi turkiy an’analarga xoslikni Navoiy va Fuzuliy satrlari keltirilgan muxammaslarida kuzatish mumkin. Shoira chiston, ya’ni jumboq she’rlar janriga yangilik olib kirgan. Bir qator olimlar uni ma’yus shoira deb atashadi. Bu albatta, bejiz emas, zero, “farzandlaridan ayrilgan ona” sifatida uning iztirobli ichki dunyosini bayon qiluvchi she’rlari juda ko‘p.



Shoirani kimligini topishda yordam: Uning anor haqidagi mashhur chistoni o‘zining muhim mazmuni va yuksak badiiyligi bilan shoira ijodining yorqin bir sahifasi sifatida ko‘zga tashlanadi:

Bu na gumbazdur, eshigi, tuynugidin yo‘q nishon,

Necha gulgun pok qizlar manzil aylabdur makon?

Tuynugin ochib, alarning holidan olsam xabar,

Yuzlarida parda tortug‘liq tururlar, bag‘ri qon.

Javobi: Jahon otin Uvaysiy (1871-1845)

TOPSHIRIQ. Quyidаgi mаtnni o‘qing. Mаtndа gаp qаysi ijodkor hаqidа ketyapti? Bu ijodkor hаqidа nimalarni bilasiz?

Milliy adabiyotimiz tarixida XIX asr oxiri-XX asr boshlari Qoʻqon adabiy muhitida yetishib chiqqan ijodkorlar adabiy merosi alohida oʻrin tutadi. Ijodining ilk davrida qisman shaklbozlik unsurlari, san’atpardozlik mayllariga berilish ham uchraydi. Lekin tezda bu xil an’analardan voz kechib, jamiyatdagi illatlarga, eskilik aqidalariga tanqidiy nazar bilan qaraydi. U dunyoqarashi va intilishlari bilan muhit o‘rtasidagi ziddiyat uning ijodida tanqidiy yo‘nalishni maydonga keltirgan. Bu uning hajviyotida ko‘proq aks etgan. Hajviyoti mazmunan satira va yumorga bo‘linadi. Satiralarida chor amaldorlari, ayrim mahalliy boylarning kirdikorlari ochib tashlangan («Tanobchilar» va boshqa) «Saylov», «Dar mazammati zamona» va boshqada o‘lkaga kirib kelayotgan kapitalistik va g‘ayriaxloqiy munosabatlar hamda ularning oqibatlari ko‘rsatilgan. Turli shahar va qishloqlarga qilgan sayohatlari taassurotlari asosida 4 qismli «Sayohatnoma» asarini yozgan. Asar yengil, o‘ynoqi vaznda yozilgan, 4 misrali bandlardan tashkil topgan. Unda xalq turmushining og‘irligi, qishloqlarning vayronaligi realistik tasvirlangan. Shoir yaxshilikni ma’qullab, go‘zallikni madh etgan, kamchiliklar ustidan kulib, tanbeh bergan, yovuzlikni, turli illatlarni tanqid qilgan.



Ijodkorning kimligini topishda yordam: U lirik shoir sifatida qanchalik mashhur boʻlgan boʻlsa, kuchli satirik sifatida ham xalq orasida shunchalik katta shuhrat qozongan. Shoir bu tur asarlari uchun mavzu va timsollarni oʻsha hayotdan olib, oʻziga yaxshi tanish voqea-hodisalarni tanqidiy tahlil etadi. Mashhur “Tanobchilar” satirasining yaratilishida Navoiy merosidan bahramand boʻlgan. Xalqchil shoir oʻsha mustamlaka tuzum ustidan: “Dunyo qurulgʻon dor ekan!”, deya keskin hukm chiqardi. Bu bilan birga muallifning vatanparvarlik tuygʻulari, ona yurtiga sadoqat va iftixor hislari aniq sezilib turadi.

Javobi: Muqimiy
Download 16.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling